O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ta’limning frontal, guruhiy va individual metodlari birligi va ularni optimal tarzda birga qo‘shib olib borish prinsipi



Download 3,13 Mb.
bet116/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Ta’limning frontal, guruhiy va individual metodlari birligi va ularni optimal tarzda birga qo‘shib olib borish prinsipi. Bu prinsip xatti-harakatlarni sifatli bajarishga erishishda bolalarning emotsional – ongli, maqsad ko‘zlangan faoliyatidagi yagona yo‘nalganlikni, ta’limning turli metodlari qo‘llanilganda uyushqoq- likni ko‘zda tutadi. Chunonchi: frontal metod qo‘yilgan vazifani bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; guruhiy metod mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; individual metod tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan differensial rahbarligini talab qiladi. Ta’lim metodlarining yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foydalanish, bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish prinsipi. Bu prinsipning asosiy sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va faolligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir.
Hayot uchun muhim bo‘lgan rang-barang malaka va ko‘- nikmalarga bajariladigan mashqlarni yangilab va o‘zgartirib turish bilangina erishish mumkin. Mashqlarni yangilash jarayonida harakat, malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyiydi. Bu bolaga yangi harakat faoliyatini o‘zlashtirishga, o‘zlashtirgan harakatlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Harakat faoliyati formalarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta- sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qo- nuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Izchillik, muntazamlilik va yuklamani dam olish bilan almashtirib turish ham majburiy shart hisoblanadi. Yangi birmuncha murakkab mashqlarni bajarishga o‘tish, yuklamaga nisbatan shakllanayotgan ko‘nikma va moslashishlarning mustahkamlanishiga ko‘ra sekin-asta kechishi lozim: yangi, yuqori darajada shug‘ullanganlikka erishish imkoniyatini yaratadigan moslashishga oid o‘zgarish uchun muayyan vaqt talab etiladi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha prinsiplar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro kirishuvchan va mushtarakdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ko‘rsatib o‘tilgan barcha prinsiplar faqat o‘zaro aloqadorlikdagina amalga oshirilishi mumkin.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish