5.Yechimni bajarish, uni o'qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi.
Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda masalani arifrnetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o'rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so'z boradi.
6. Masala yechimini tekshira olish malakasi.
Masala yechimini tekshirish quyidagi usullarda qo'llaniladi:
a) olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o'rnatish;
b) teskari masala tuzish va yechish;
v) masalani boshqa usullar bilan yechish;
g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash);
d) grafik tekshirish.
Dars ishlanma:
Sana:__________20___-yil Fan nomi: Matematika Sinf: 1- “____”
Dars mavzusi: O’xshashlik va farqlanish
Dars maqsadi:
a)ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga narsalarning rangi , shakli , o’lchami haqida tushuncha berish .
b)tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarda ahil jamoa bo’lib ishlashlakasinitarkib toptirish,miqdorlarni to’g’ri aniqlash ko’nikmasinishakllantirish.
d)rivojlantiruvchi maqsadi:o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, tog’ri va aniq hisoblash malakasini rivojlantirish
Kommunikativ kompetensiya:o‘z fikrini aniq ifodalay olish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
darslik va boshqa manbalardan foydalana olish;
Dars turi:yangi bilim,ko’nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars
Dars metodi: an’anaviy, savol-javob,suhbat, “G’aroyib xalta ” o’yini .
Dars jihozi:darslik,mavzuga oid rasmlar,tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar, notebook,multimedia
Darsning borishi
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Taskiliy qism.
a)O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,navbatchi axborotini o’tkazish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.Vatanimiz haqida suhbat o’tkazish.
II.O’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkaziladi.
O’tgan darsda nimalarni o’rgandingiz ?
Prezidentimiz tomonidan qanday sovg’alar oldik ?
Berilgan o’quv qurollar nomini ayting .
Ular soni nechta ?
III.Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiriladi.O’quvchilarga narsalarning
rangi , shakli , o’lchami mavzusini o’rganilishi tushuntiriladi.
Multimedia ilovalar orqali yangi mavzu haqida tushunchalar beriladi.
O ’quvchilarga 3, 4 ta har xil o’lchamdagi rangli kvadratlar ko’rsatiladi. Bu shaklning nomi, rangi, o’lchami tushuntiriladi. Sinf xonasida kvadrat shakliga ega bo’lgan narsalar so’raladi . Turli o’lchamdagi koptoklar ko’rsatiladi. Ularning shakli , rangi , sanog’i , o’lchami so’raladi .
Darslikda berilgan rasmlar ustida ishlash .
Birinchi rasmda nimalar rasmini ko’ryapsiz ?
Bu kuchukchalar nechta ? 5 ta Rangi qanaqa? 2 ta oq va 3 ta qora
Quyonchalar soni nechta ? 5 ta
“G’aroyib xalta “ o’yini . Xaltaga turli shakldagi buyumlar , turli xil mevalar , solinadi . O’quvchilarga topshiriq beriladi .
Sariq rangdagi mevani toping .
Doira shaklidagi narsani toping .
Eng kichik kvadratni toping .
Daftar bilan ishlash .
O’ng tomondagi rasmlar nomini ayting .
O’zbek musiqa cholg’u asboblari . Nay , dutor , doira .
Chap tomondagi rasmlarni kuzating . Qizcha qanday shakllardan foydalanib chizilgan ? Uycha – chi ?
Dam olish daqiqasi .
Sport - tinchlikka posbon ,
Futbol esa qanotdir .
Unga muxlis keng jahon .
Zavqidan dillar shoddir .
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bugungi darsda nimalarni o’rgandingiz ?
Geometrik shakllar nomini ayting .
O’quvchilardan narsalarning rangi , shakli , o’lchamini so’rash .
V. Darsni yakunlash. O’quvchilarning darsdagi faoliyatiga qarab rag’batlantirish .
VI.Uyga vazifa: O’rganib kelish .
XULOSA
Maktab matematika kursida xulosalar uchta turi, yani induktiv, deduktiv va analogik xulosalar o`rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |