Nazorat savol va topshiriqlari:
Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan tanishtirish masalasi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning o’lchami bilan tanishtirish (mashg’ulotlardan qismlar ko’rsatish).
Bolalarni kattalikni o’lchashga o’rgatish
Har xil yoshdagi guruhlarda bolalarni buyumarning o’lchamlari bilan tanishtirish uchun didaktik o’yinlardan foydalanish.
Bolalar bog’chasida mashg’ulotlar o’tkazish uchun material tanlashga qo’yiladigan talablar.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattaliklar bilan tanishtirish bo’yicha ma’lumot to’plash.
Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar
1. T.1997. Uzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish — T., «Uqituvchi» 1995.
3. Bikbaeva N.U. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish» T., 1996 y.
5-Mavzu: Bolalarda shartli o’lchov yordamida yordamida turli o’lchamlarni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
REJA:
1 O‘lchamning asosiy xususiyatlari.
2 .Ilk va maktabgacha yoshda bolalarning predmetlarning o‘lchamni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda so‘zning roli.
1-ilova
|
Ta’rifi
|
D.Galanini
|
«Predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin». Predmetlarni taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati o‘rnatiladi.
Ammo har doim ham bevosita taqqoslashga duchor qilinavermaydi. Biz ko‘pincha berilgan predmetni tanish predmetlarning kattaliklari haqidagi o‘zimizda hosil bo‘lgan umumiy tasavvurlarda (fikrda) taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok qilinayotgan predmetning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu borada predmetlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi.
|
V.V.Davidov
|
O‘lchamlar — bu ob’ektning shunday holatiki, ma’lum chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida ob’ektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi. Berilgan stol uzunliginig o‘zgarishi, uning kattaliginigina o‘zgartiradi ammo uning mazmuni va sifatini o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.
Kattalikning uchinchi xossasi — nisbiyligidir. Haqiqatdan ham, bir predmetning o‘zi kattaligi bo‘yicha qanday predmet bilai taqqoslanayottaniga qarab katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik predmetning shunday xosasiki, uni predmetdan ajratib alohida tasavur qilib bo‘lmaydi, kattalikni predmetdan ajratib bo‘lmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |