1883 yilda nemis zoologi F. Shultse Gratse shahridagi universitet akvariumlaridan birida
tuzilishi jihatdan bir hujayralilar bilan ko‘p hujayralilar o‘rtasida turgan hayvonni uchratganini
ma‘lum qiladi va uni trixoplaks deb ataydi. Lekyn keyinchalik trixoplaks hech qanday asossiz
meduzalarning lichinkasi deb e‘lon qilinishi tufayli unga bo‘lgan qiziqish susayib ketadi. Bu
voqeadan taxminan yuz yil keyinroq sodda hayvonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi nemis
olimi K. Krell laboratoriya sharoitida bu hayvonning jinssiz ikkiga bo‘linish bilan
ko‘payishidan tashqari jinsiy ko‘payishini ham aniqlab, trixoplaksni mustaqil hayot kechiradigan
voyaga yetgan hayvon ekanligini isbotladi
7
.
Trixoplaks tashqi ko‘rinishidan amyobalarga o‘xshab ketadigan, suv o‘simliklari ustida
sirpanib harakatlanadigan, 4 mm kattalikdagi plastinkasimon dengiz xayvoni. Trixoplaksning
harakat yo‘nalishi aniq bo‘lmasdan goh oldinga, goh orqa tomonga qarab o‘zgarib turadi. Shu
sababli tanasining oldingi va keyingi tomonlarini aniqlab bo‘lmaydi (26-rasm). Trixoplaks
tanasining suv osti narsalariga yopishib harakatlanuvchi tomoni shartli ravishda qorin deb qabul
qilingan. Bu qismdagi hujayralarning har biri bittadan xivchinga ega. Tanasining ichki tomoni
soxta oyoq yordamida harakatlanadigan amyobasimon hujayralar bilan to‘lgan. Bu hujayralar
krrin tomondagi hujayralardan xivchinlarini yo‘qotib, ichkariga botib kirishi natijasida hosil
bo‘ladi, deb taxmin qilinadi. Bu hujayralarning funktsiyasi yaqin davrgacha noma‘lum edi. 1986
yilda nemis zoologi G. Venderot tajribalar asosida bu hujayralarning fagotsitar funktsiyasini
ko‘rsatib berdi. U laboratoriya sharoitida saqlanayotgan trixoplakslarni jonsizlantirilgan achitqi
hujayralari bilan oziqlantirib, oziq zarralari xivchinlarning harakati tufayli trixoplaksning yelka
tomoniga qarab haydalishini va bu yerda amyobasimon hujayralar tomonidan yutilishini kuzatdi.
Oziq zarralarini yutish uchun trixoplaks tanasining orqa tomoniga ko‘tarilgan amyobasimon
hujayralar yana avvalgi holatiga qaytadi. Bunday o‘ziga xos oziqlanish usulini G. Venderot
transepitelial sitofagiya
deb ataydi. Bundan tashkari trixoplaksning orqadan qorin tomonga
cho‘zilgan duksimon hujayralari qisqarish xususiyatiga ega. Trixoplaks umumiy tana tuzilishi,
oziqlanishi jihatdan ko‘p hujayrali hayvonlarning I. I. Mechnikov taxmin qilgan ajdodlariga
o‘xshab ketadi. Hamma tuban tuzilishga ega bo‘lgan ko‘p hujayrali hayvonlar singari
trixoplaksda ham regeneratsiya qobiliyati kuchli rivojlangan, hatto uning bir-biridan ajralgan
ayrim hujayralaridan yangi yosh hayvon taraqqiy etadi.
Plastinkalilar tipiga Trichoplax adhaerens va T.reptans deb ataluvchi ikkita tur kiradi.
Birinchi tur Atlantika okeani, O‘rtayer va Qizil dengizlarda uchraydi. Ikkinchi tur T.reptans
Italiyaning Neapol shahridagi zoologiya stantsiyasining akvariumida topilgan. Trixoplakslarni
bundan keyin mukammal o‘rganish orqali ko‘p hujayrali hayvonlarni bir hujayrali hayvonlardan
kelib chiqqanligini isbotlovchi yangi eng muhim dalillarga ega bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: