O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Ildiz xivchinlilar- Rhizomastigina turkumi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ildiz xivchinlilar- Rhizomastigina turkumi
sarkodalilar va xivchinlilar tuzilish 
xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ularda 1-3 ta xivchin bilan birga psevdopodiylar bor. 
Bu turkumga mansub mastigamyoba - 
Mastigamoeba aspera
kattaligi 100 mkmga yaqin, 
botqokdiklarda uchraydi (10-rasm). 
Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi
.
Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin 
bilan bog‘langan maxsus organ - 
kinetoplast
bo‘ladi. Ayrim turlari (
Bodo
) erkin yashaydi. 
Asosiy ko‘ pchilik turlari parazit hayot kechiradi. 
Bodolar
10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar. Sitoplazmasining xivchinlar 
asosida joylashgan qismida pellikula bo‘ lmaydi. Ular bu joy orqali bakteriyalarni yutib, 
oziqlanadi. 
Parazit xivchinlilar.
 
Kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit 
yashovchi 
tripanozomalar
katta patologik ahamiyatga ega. Ularning tasmasimon yassi hujayrasi 
20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasi yoni bo‘ ylab orqaga yo‘ 
nalgan. Xivchin yupqa hilpirovchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal 
tanachasi (
kinetoplast)
xivchin asosida endoplazmada joylashgan. Uyqu kasali tripanozomasi -
Trypanozoma rhodesiense
tropik Afrika xalqlarida og‘ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Parazit 
qon plazmasi va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinroq orqa miya suyuqligiga o‘tib oladi. 
Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanib, sekin-asta organizm og‘ir xastalikka chalinadi. 
Kasal kishi ko‘p uxlaydi; davolash choralari ko‘rilmaganda juda ozib halok bo‘ ladi. Uyqu kasali 
tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-tse 
chivinlari (
Glossina morsitans, G.palpalis
) antilopalardan odamga yuqtiradi. Chivinlar ichagida 
parazit bo‘linib ko‘payadi; tana suyuqligi orqali dastlab chivin so‘lak bezlariga, so‘ngra uning 
xartumiga o‘tib oladi. Odam qoniga o‘tgan parazitlar plazmada yana jinssiz bo‘linib ko‘payadi. 
Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-tse chivinlari 
esa kasallik qo‘zg‘atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi. 
Tripanozomalarning bir qancha turlari uy hayvonlarida og‘ir kasallik keltirib 
chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazit qiluvchi 
Trypanosoma brucei
so‘ 
nalar yordamida tarqaladi. Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekistonda va Ural oblasti cho‘llarida 
tuyalar, otlar va eshaklarda og‘ir "suv og‘rig‘i" kasalini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. 
Bu tripanozoma ham so‘nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo‘zg‘atuvchi 
Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o‘tadi. 
Ayrim tripanozomalar o‘simlik to‘qimalarida yashashga moslashgan. Masalan, 
leptomonas (
Leptomonas davidi
) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargini sarg‘ayib to‘kilishiga, 
ba‘zan qurib qolishiga sabab bo‘ladi. 
Leyshmaniyalar
(
Leishmania
) ham tripanasomalarga birmuncha o‘xshash tuzilgan, lekin 
odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan 
xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo‘ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo‘lgan bu parazitlarning 
ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda 
parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (
L. tropica
) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, 


surunkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O‘rta Osiyo xalklari o‘rasida yomon yara yoki 
pashshaxo‘rda nomi bilan ma‘lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo‘ladi. Shish 
yiriklashib, surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib, uning o‘rni chandiq 
bo‘lib qoladi. Tabiatda leyshmaniya kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va yirtqich 
sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniyaning tarqalish manbasi 
hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan iskabtoparlar (
Phlebotomus pappatasii
) hayvonlar 
qonini so‘rganida leyshmaniyani o‘ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniya bo‘linish 
orqali tez ko‘payadi. Xivchini paydo bo‘lganidan so‘ng harakatlana boshlydi. Leyshmanioz
Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G‘arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida, 
O‘zbekistonning janubida tarqalgan. Cho‘l mintaqasida uning tabiiy manbai asosan 
yumronqoziqlar ini bilan bog‘liq. Leyshmaniyalar ham tripanosomalar singari tabiatda yovvoyi 
hayvonlar organizmida mavjud bo‘lib, hasharotlar orqali yuqadi. Rus parazitologi YE. N. Pav-
lovskiy odamlar va hayvonlar o‘rtasida bo‘g‘imoyoqlilar orqali aylanib yuradigan kasalliklarni 
tabiiy manbali transmissiv kasalliklar
deb atagan. 
Odam jigari, talog‘i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi 
Leishmania donovani
kala-azar 
og‘ir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan 
kishida kamqonlik paydo bo‘lib, u ozib ketadi. Jigar va talog‘i shishib halok bo‘lishi mumkin. 
Kala-azarni qo‘zg‘atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy 
va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim xududlarida uchraydi. Har ikkala 
leyshmanioz bilan asosan bolalar kasallanadi. Kasallikdan doimiy keyin immunitet hosil bo‘ ladi. 
Shu sababdan odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish