O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


O‟simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

O‟simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi.
Bu kenja sinfga yashil 
rangli, yorug‘lik ta‘sirida fotosintez qiladigan xivchinlilar kiradi.
Tuzilishi.
Yashil xivchinlilar hujayrasi duksimon, silindrsimon, sharsimon yoki boshqa 
shaklda bo‘lib, sirtdan kletchatka yoki unga o‘xshash pellikula bilan qoplangan. Usimliksimon 
xivchinlilar xivchinlari 1-2 tadan bir necha yuz, hatto minggacha bo‘lishi mumkin. Tananing 
xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar uzunligi ham har xil, ba‘zan 
tanadan ham uzun bo‘lishi mumkin. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o‘xshab buralib kirishi 
natijasida hayvon oldingi tomoni bilan suzadi. Ko‘pchilik turlarida yorug‘likni sezishga yordam 
beradigan qizil dog‘ ko‘zchasi 
- stigma
ham bor. 
Oziqlanishi.
Xivchinlilarning xlorofill saqlovchi xromatoforlari plastinka yoki donachaga 
o‘xshash bo‘lib, har bir hujayrada ularning soni 1-2 ta yoki juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular ham 
o‘simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot 
va fosforni o‘zlashtirish hisobiga organik moddalar sintezlaydi. Ayrim avtotrof xivchinlilar 


qorong‘ida yoki muhitda erigan organik moddalar ko‘p bo‘lganida yashil rangini yo‘qotib, 
saprofit 
oziqlanishga o‘tadi. Ba‘zi evglenasimonlar bir vaqtning o‘zida avtotrof va geterotrof 
oziqlanishi mumkin. Bu xildagi aralash oziqlanish 
miksotrof 
deyiladi. Yashil xivchinlilar 
hujayrasida kraxmal yoki unga o‘xshash uglevodlar, masalan, paramila to‘planadi. Chuchuk suv 
xivchinlilarida osmoregulyatsiya va ayirish fuynksiyasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. 
Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo‘lmaydi. 
Ko’payishi.
Ko‘ pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bunda 
dastlab yadro mitoz bo‘linadi, so‘ngra hujayrasi oldingi tomondan orqaga asta-sekin bo‘linadi. 
Xivchini yosh hujayralardan biriga o‘tadi, ikkinchisida esa yangidan hosil bo‘ladi. Boshqa 
hollarda bo‘linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil 
bo‘ladi. Ba′zi xivchinlilar sista davrida ham ko‘payadi. Bunda ular xivchinini tashlab, 
yumaloqdanadi; hujayrasi sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sistaga aylanadi. Sista ichida 
tanasi ketma-ket bo‘lina boshlaydi. Hujaraning yiriklashmasdan bo‘lingani 
- palintomiya
tufayli 
juda kichik hujayralar hosil bo‘ladi. Palintomiya ko‘p hujayralilar tuxum hujayralarining 
maydalanishiga o‘xshab ketadi. 
Koloniyali yashil xivchinlilar.
O‘simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari 
koloniya bo‘lib yashaydi. Koloniya bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan hujayralarni ajralib 
ketmasdan o‘zaro bog‘langan holda qolishi natijasida kelib chiqqan. Chuchuk suvlarda tarqalgan 
yashil plastinkaga o‘xshash gonium (
Gonium pektorale)
koloniyasi 16 ta yashil ikki xivchinli 
hujayralardan iborat. Hujayralar quyuq shilimshiq modda orqali o‘zaro bog‘langan. Gonium 
xivchinlarning eshkakka o‘xshab tebranishi tufayli suzib yuradi. 
Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (
Eudorina elegans
) koloniyasi esa 
ko‘pincha 32 (ba‘zan 8 yoki 16) yashil hujayradan tashkil topgan, shar shaklda bo‘ladi. Koloniya 
diametri 50 mkm dan 20 mkm gasha yetadi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil 
bo‘ linib ko‘payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o‘zida ko‘ payishga kirishadi. 
Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo‘linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yosh 
koloniyadagi hujayralar soni ona hujayralari soniga teng bo‘ladi. Keyinchalik ona koloniya 
yemirilib, yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. 
Chuchuk suv havzalarida tarqalgan 
Volvox aureus
sharsimon koloniyasi 500-1000, 
V.globatorniki 20 mingga yaqin hujayralardan iborat (8-rasm). Volvokslar koloniyasining asosiy 
qismini quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘st hosil qiladi. Hujayralar 
koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya bo‘shlig‘i quyuq massa bilan to‘lgan. 
Koloniyadagi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada 
stigma
(qizil dog‘ ko‘zcha) va ikkita 
xivchin bor. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida o‘zaro tutashgan. Volvoksda faqat 
koloniyaning ostki tomonida joylashgan 4-10 ta hujayralar) bo‘linish xususiyatiga ega. Ular 
vegetativ hujayralar
deyiladi. Hujayralar ketma-ket bir necha marta bo‘linib, bir necha yosh 
koloniyalarni hosil qiladi. Yosh koloniyalar yiriklashib, ona koloniyani yorib tashqariga chiqadi. 
Ko‘pchilik yashil xivchinlilar faqat jinssiz ko‘payadi. Jinsiy ko‘payish asosan koloniya bo‘lib 
yashovchi va ayrim yakka xivchinlilar uchun xos. Yakka yashovchi xivchinlilar jinsiy hujay-
ralari bir xil kattalikda bo‘lib 
izogametalar 
deyiladi. Jinsiy ko‘payishning bu xili 
izogamiya

ya‘ni teng gametalik deyiladi. 


Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum 
hujayra - 
makrogametalar
ga aylanadi, 5-10 ta hujayralar urug‘ hujayralarni hosil qiladi. 
Makrogametalar hujayralarning bo‘linmasdan yiriklashuvi, 
mikrogametalar
esa har qaysi 
hujayraning palintomik usulda 256 bo‘lakka bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Harakatsiz 
mikrogameta tuxum hujayra, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug‘ hujayraga mos 
keladi. Mikrogametalar faol harakatlanib, makrogametalarni topib urug‘lantiradi. Urug‘langan 
makrogameta (zigota) qalin po‘stga o‘ralib, qishlab qoladi. Qulay sharoit zigota 
palintomiya
orqali yangi koloniyani hosil qiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish