O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kasb ta’limi fakulteti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana01.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#424693
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
Зияева Ш. Туташмаларни укитиш

 
 
 
 
2.3.4-rasm 
 
 
 
 


44 
2.4-§. Oliy ta’lim muassasalarida “Tutashmalar” mavzusini o‘qitishga oid 
metodik tavsiyalar 
Umumiy o‘rta ta’lim va kasb-hunar ta’limi o‘quvchilaridan “Tutashmalar” 
mavzusi doirasida bilim va ko‘nikmaga hamda uning yuqori ko‘rsatgichi malakaga 
ega bo‘lish talab etiladi.
Bilim
– shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar ma’lum obrazlar 
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar 
majmuidir. Ya’ni o‘quvchi tutashma elementlari, turlari, detal chizmasini 
bajarishdagi amaliy ahamiyati to‘g‘risida ilmiy asosli bilimga ega bo‘lishi lozim. 
Ko‘nikma
– shaxsning muayyan faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatidir. 
Ya’ni o‘quvchi tarkibida tutashma elementlari mavjud bo‘lgan detalning ishchi 
chizmasini mustaqil ravishda bajara olishi lozim. 
Malaka
– muayyan harakat, faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 
Ya’ni o‘quvchi turli murakkablikdagi tutashmalarni o‘rgangan nazari va amaliy 
bilimlari asosida mustaqil ravishda ijodiy yondashib bajara olishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim turlarining uchinchisi oliy ta’lim 
hisoblanadi. Oliy ta’limda turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlanadi. Mamlakatimizda 60tadan ortiq OTMlari mavjud. Shuningdek, xorijiy 
mamlakatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari ham faoliyat yuritadi. 
Respublikamizda texnikaga, qurilishga, avtomobilsozlikka, temir yo‘lga, 
pedagogikaga oid ko‘plab oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularda chizma 
geometriya va chizmachilik fanlari o‘qitiladi. Chunki bo‘lajak muhandis, 
arxitektor, temir yo‘lchi, avtomobilsoz va pedagoglardan buyumning chizmasini 
tuzish va uni o‘qishni bilish talab etiladi.
Ma’lumki, pedagogika OTMlarining «Tasviriy san’at va muhandislik 
grafikasi» ta’lim yo‘nalishiga va Arxitektura Qurilishi institutiga abiturientlarni 
talabalar safiga qabul qilish jarayonida ular “Chizmachilik” fanidan ijodiy imtihon 
topshiradi. Ushbu ijodiy imtihonda tutashma bajarishga oid grafik vazifa ham 


45 
beriladi. Demak, kasb-hunar kollejini bitirgan o‘quvchi tutashma bajarishning 
nazariy asoslarini bilishi va amaliy jihatdan bajara olishi kerak bo‘ladi.
Biz tadqiqotimiz mobaynida bir qator OTMlarining chizma geometriya va 
muhandislik grafikasi fanlari doirasida tuzilgan fan ishchi dasturlarini o‘rganib 
chiqdik. Unda “Tutashmalar” mavzusiga ajratilgan soatlar hajmi va uning 
mazmunini tahlil qildik. 
Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining 5111000 – Kasb ta’limi – yer usti 
transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (ko‘tarish, tashish va yo‘l-qurilish 
mashinalari) ta’lim yo‘nalishida “Chizma geometriya, muhandislik grafikasi va 
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanida “Tutashmalar” 
mavzusiga 1 soat ajratilgan (
dastur mualliflari: L.Q.Hakimov, O.R.Ismatov. 2015- 
yil
). 
Oliy o‘quv yurtlarida, xususan, Nizomiy nomidagi TDPUning 5110800 -
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasidagi 
“Chizmachilik” fani ishchi dasturida “Tutashmalar” mavzusiga 4 soat ajratilgan 
(
dastur mualliflari: Sh.K.Murodov va boshqalar. 2015- yil
). Shuningdek, ushbu 
yonalishda o‘qitiladigan “Grafik tasvirlash asoslari” fanida ham “Tutashmalar” 
mavzusiga 6 soat ajratilgan (
dastur mualliflari: Sh.K.Murodov va boshqalar. 2015- 
yil
). Bu yo‘nalishni muvafaqqiyatli bitirgan pedagoglar kasb-hunar kollejlari va 
umumta’lim maktablarida «Chizmachilik» va “Tasviriy san’at” fanlaridan 
o‘quvchilarga dars beradi. 
Shu sababli, 5110800 - «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim 
yo‘nalishi mavjud bo‘lgan pedagogika OTMlarida «Chizmachilik» fani 
darslarining har bir mavzusi batafsil, keng, ilmiy asosda dalillar bilan o‘qitilishi 
hamda talabalarning maktab va kollejda olgan bilimiga tayangan holda o‘quv 
jarayonini tashkil qilinishi maqsadga muvofiqdir. 
“Chizmachilik” fanining geometrik chizmachilik bo‘limida talabaga ikki 
chiziqni (to‘g‘ri chiziq va aylanani, ikkita aylanani) bir biriga urinishi asosida 
tutashma hosil bo‘lishi, shuningdek, ikki chiziqni uchinchi oraliq chiziq yordamida 


46 
tutashtirish prinsplari ko‘rsatib beriladi. Urinma va tutashmalarning o‘zaro 
umumiy jihatlari, alohida tomonlari tushuntiriladi. Bu jarayonlar ko‘rgazmali 
plakatlar, animatsiyalar orqali kam vaqt sarflash evaziga talabaga yetkazib 
(takrorlab) beriladi. Chunki bu ma’lumotlar maktab va kollejda o‘zlashtirilgan 
bo‘ladi. Ayni vaqtda ba’zi kollejlarda bu mavzu juda kam yoritilmoqda. 
Bundan tashqari geometrik chizmachilikka oid darslarda o‘quvchilarga asosan 
tutashma radiusi va markazi berilgan holatdagi masalalar o‘rgatiladi. Lekin, 
tutashma elementlari hisoblanmish tutashma radiusi va tutashma markazi har doim 
ham berilavermaydi. Bunday holatlarda tutashma elementlarini aniqlash uchun 
qo‘shimcha geometrik yasashlarni tatbiq etishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha 
geometrik yasashlarning eng maqbulini qo‘llay olish uchun esa tutashma 
yasashning nazariy qoidalarini bilish talab etiladi.
OTMlarining ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallab yozilgan darslik, o‘quv va 
metodik qo‘llanmalar, ilmiy nazariy va ilmiy metodik maqolalar o‘rganilib 
chiqildi. Quyida ushbu adabiyotlar nomi va mazmuni tahlil qilinganligi ketma-ket 
ko‘rsatilgan. 
1. 
Qirg‘izboev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi. -T.: 
O‘qituvchi, 1981.-351b
. Mazkur kitob OTMlar uchun klassik o‘quv adabiyoti 
hisoblanadi va undan amalda hozirgi kungacha foydalaniladi. Biroq unda tutashma 
radiusi berilmagan holatda tutashma bajarishga oid grafik masalalar keltirilmagan. 
2. 
Rahmonov I., Abdurahmonov A. Chizmachilikdan ma’lumotnoma, -T.:, 
“A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2005
. Mazkur 
adabiyot mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin chizmachilik fanidan 
chiqqan dastlabki ma’lumotnoma hisoblanadi va undan chizma tuzish qoidalari 
to‘liq yoritilgan. Biroq unda ham tutashma bajarishning ba’zi nazariy qoidalari 
ko‘rsatilmagan. 
3
. Raxmonov I. Chizmalarni chizish va o‘qish. -T.:, “O‘qituvchi”, 1992

Ushbu o‘quv qo‘llanmada bajariladigan grafik ishlarning bosqichli namunalari 


47 
tayyorlangan. Tutashmaga oid namuna ham mavjud. Biroq unda ham tutashma 
bajarishning ba’zi nazariy qoidalari ko‘rsatilmagan. 
4. 
Raxmonov I. va boshqalar. Chizmachilikdan mashqlar va masalalar 
to‘plami. -T.:, “O‘qituvchi”, 1988
. Mazkur qo‘llanmada chizmachilik fanidan 
talabalar bajaradigan deyarli barcha grafik vazifalarning qanday bajarilishi 
ko‘rsatilgan bo‘lsada, ammo tutashma bajarishning ba’zi nazariy qoidalari 
yoritilmagan. 
5. 
Abdurahmonov A. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi. -T.:, 
“A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2005
. Mazkur 
kitobda ham chizmachilik fanidan talabalar bajaradigan deyarli barcha grafik 
vazifalarning bajarilishi va variantlar banki ko‘rsatilgan. Ammo unda ham 
tutashma bajarishning ba’zi nazariy qoidalari berilmagan. 
6. 
Valiyev A.N. Chizmachilik (geometrik chizmachilik). -T.:, “TDPU 
rizografi”, 2013
. Usbu o‘quv qo‘llanmada tutashmaning barcha turlari, nazariy 
qoidalari va qisman masalalar bayon etilgan. Ammo nazariy qoidalarga oid 
variantlar berilmagan. 
7. 
Murodov Sh.K., Valiyev A.N., Valiyeva B.N. Tutashmalarni ta’lim turlarida 
o‘rganish (ilmiy metodik maqola), 
“Pedagogik ta’lim” jurnali 2009 y., № 5., 
72-
80 betlar
. Mazkur maqolada bizning tadqiqotimiz doirasida ilmiy fikr va tavsiyalar 
berilgan. Biz ham ushbu fikrlarni takomillashtirgan holda o‘zimizning 
tavsiyalarimizni berishga harakat qildik. Albatta, maqolada talabalar uchun 
variantlar berilmaydi. 
Bunday o‘quv adabiyotlarini ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ularning 
ko‘pchiligida tutashma bajarishning ba’zi nazariy qoidalari va unga oid variantlar 
banki keltirilmagan. 
Biz OTMning yo‘nalishlariga oid o‘quv adabiyotlaridagi materiallarni 
o‘qitish jarayonida quyidagilarga e’tibor berishni tavsiya qilamiz. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish