O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


III-BOB: . MA’NAVIYATNING PAYDO BO’LISHI, MOHIYATI



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/60
Sana23.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#404033
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
manaviyatning paydo bolishi mohiyati togrisidagi konsepsiyalar

III-BOB: . MA’NAVIYATNING PAYDO BO’LISHI, MOHIYATI 
TO’G’RISIDA MAKTAB O’QUVCHILARIGA ZAMONAVIY 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUSHUNTIRISH. 
 
1.
 
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha tajriba-sinov,  
eksperiment o’tkazish usuli. 
 
Bugungi  kunda  ma’naviyat  masalasi  ijtimoiy  hayotimizning  dolzarb 
masalalaridan  biriga  aylanib  qoldi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimovning  har  bir  nutq  va  ma’ruzalari,  maqola  va  chiqishlarida  yuksak 
ma’naviyat  kelajak  poydevori  ekanligi  qayta-qayta  ta’kidlanmoqda.  Bu  borada 
yurtimizda  ko‘plab  amaliy  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  ma’naviy 
muammolarning muayyan qirralarini o‘rganish, tadqiq va tahlil etishga bag‘ishlab, 
bir qancha ilmiy, ommabop kitob va risolalar, maqolalar yozildi va yaratilmoqda. 
Inson  hayotida  moddiy ehtiyojlar qanchalik  muhim ahamiyat kasb etsa,  ma’naviy 
ehtiyojlarga  talab  undan  ham  kuchliroqdir.  Milliy  ma’naviyatni  tiklash  va 
yuksaltirishda  uning  ijtimoiy  taraqqiyot  muayyan  davriga  xos  muammolarini 
tadqiq etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy  jarayonlar  taraqqiyoti  jarayonida  milliy  ma’naviyat  yuksala  bordi. 
Boshqacha aytganda, ijtimoiy hodisalar bilan ma’naviyat chambarchas bog‘liqdir. 
O‘rganilayotgan  muammo  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimovning  quyidagi  nazariy  fikrlari  ilmiy  qiziqish  uyg‘otadi:  «Xalqning 
ma’naviyati  va  madaniyati,  uning  haqiqiy  tarixi  va  o‘ziga  xosligi  qayta 
tiklanayotganligi  jamiyatimizni  yangilash  va  taraqqiy  ettirish  yo‘lida 
muvaffaqiyatni  olg‘a  siljishida  hal  qiluvchi,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  belgilovchi 
ahamiyatga egadir
1
.  
Xalqimizning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishi  ma’naviy-ruhiy  jonlanish, 
mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirishga yoppasiga ongli 
                                                
1
 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –Toshkent: O’zbekiston, 1998. –B.126.
 


76 
 
ravishda  safarbar  bo‘lgani  milliy  ma’naviyatning  yuksalib  borayotganidan  dalolat 
beradi. Aql-idrokli, fahm-farosatli har bir odam insoniyat, tabiat, hayvonot, qushlar 
olamidan,  xullas,  barcha  narsadan  o‘ziga  tegishli  saboq  oladi.  O‘zbeklar  tarixdan 
dono, zukko, ma’naviy jihatdan yuksak xalqdir. Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan 
islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, bozor iqtisodiyoti va 
boshqa  sohalar  bo‘yicha  tegishli  ma’naviy  saboqlar  olganligi  aniq  va  ravshan 
haqiqatdir.  Darhaqiqat,  faqat  ma’naviy  erkin  ozod  xalq  teran  va  komil  tafakkur 
tufayli  har  sohada  katta  yutuqlarga  erishishi  mumkin.  Islohotlar  jarayonida 
erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar ma’naviyat ozodligi va erkinligining tantanasi 
tufaylidir.  
Shuning  uchun  o‘zbek  xalqining  milliy  ma’naviyatini  yuksaltirish  masalasi 
davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  masala  qilib  qo‘yildi.  Shu  savollarga  aniq  javob 
topish  va  bu  sohadagi  masalalarni  tadbiq  etish  islohotlar  jarayonida  muhim  va 
dolzarb  muammodir.  O‘zbekistonda  mustaqillik  qo‘lga  kiritilishi  bilan 
«ma’naviyat» so‘zi bilan aloqadorlikda bo‘lgan «ma’naviy taraqqiyot», «ma’naviy 
borliq»,  «ma’naviyatsizlik»,  «ma’naviy  uyg‘onish»,  «ma’naviy  poklanish», 
«mustaqillikning  ma’naviy asoslari» kabi  so‘z va so‘z birikmalari tez-tez ishlatila 
boshladi.  Garchi  «ma’naviyat»  atamasi  rasmiy  hujjatlar,  ilmiy  adabiyotlar, 
matbuotda  ko‘proq  ishlatilayotgan  bo‘lsada,  ilmiy  tushuncha  sifatida  etarli 
darajada tadqiq qilinmagan va ochib berilmagan. Yaqin o‘tmishda turli xil falsafiy 
lug‘atlarda bu so‘zga hatto joy ham topilmagan. Moskvada 1983 yil nashr qilingan 
«Falsafiy ensiklopediya slovari»da  ham  bu  haqda so‘z  yuritilmagan.  Ayni  paytda 
ma’naviyat  va  undan  kelib  chiqqan  birikmalardan  foydalanish  doirasining 
kengayishi  uning  lug‘aviy  va  atama  sifatida  mazmunining  tez  boyib  borishiga 
imkon  yaratdi.  Bu  ma’naviyatni  mustaqil  ilmiy  tushuncha  sifatida  va  uning 
«ma’naviyat»,  «ong»,  «tafakkur»,  «dunyoqarash»  kabi  tushunchalar  bilan  o‘zaro 
aloqasi  shuningdek,  badiiy,  siyosiy,  ahloqiy  qadriyatlar  tizimidagi  o‘rnini 
o‘rganish  va  ular  o‘zaro  munosabatlarini  tahlil  qilishni  taqozo  qiladi.  Ma’lumki, 
ma’naviyat so‘zi rus tiliga «duxovnost» deb tarjima qilinadi. Lekin ma’naviyat rus 
tilidagi  «duxovnost»ga  nisbatan  kengroq,  ko‘p  qirrali  mazmunga  ega.  Uning 


77 
 
tushuncha  sifatida  qator  tarixiy  davrlar  mobaynida  shakllanishiga  islom  falsafasi, 
kalom ilmi, so‘ngroq tasavvuf o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovet davrida «ma’naviyat» - 
«duxovnost»  so‘zlari  moddiy  ishlab  chiqarish  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lmagan 
ahloqiy,  diniy  normalar,  e’tiqod,  qarashlar  va  amaliyotni,  inson  va  jamiyatning 
aqliy faoliyati natijalarini ifodalash uchun ishlatilgan.  

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish