О‘zbekiston Respublikasi
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
“DINSHUNOSLIK” modulidan
sirtqi bо‘lim talabalari uchun
sessiya oralig‘i nazorat ishlari
Fakulteti Tarix
|
yо‘nalishi
Tarix uqitish metotikasi
|
guruhi 204
|
Ismi familiyasi
RUSTAMOV XUSAN
|
Toshkent-2021 y.
Dinshunoslik modulini о‘rganishning zaruriyati:
Dinshunoslik asoslari о‘qitilishi tarixiy zaruriyat ekanligi. Dinshunoslik asoslari О‘rganishning ilmiy-amaliy va falsafiy ahamiyati. Dinshunoslik asoslari kursining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali masalalarni tahlil etishda ilmiy va obyektivlik uslubini qо‘llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolatiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy - falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan iborat.
Sо‘nggi davrda dunyoda yuz berayotgan qonli tо‘qnashuvlar asosan diniy va milliy asosda yuz berayotganini hisobga olib, talabalarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ularga dinlarning tinchlikparvar, insonparvar mohiyatini ochib berish zaruriyati; v.x.zo
Din bu insoniyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir.
Xalqimizga azal-azaldan xos bо‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muxit barqarorligini ta’minlashda dinni ilmiy ma’rifiy nuqtai nazardan ilmiy manbalar asosida tushuntirish zaruriyati; Kо‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab avaylash, dunyo ilm faniga va madaniyati rivojiga ulkan xissa qо‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini о‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda, jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
Fanning maqsadi –talabalarda din haqida ilmiy bilmlar berish, tо‘g‘ri insonparval duyoqarashni shakllantirish, shaxsiy fikrlariga ega bо‘lishini ta’minlash,
Ta’lim berish jarayonida talabalar ilmiy dunyoqarashinni shakllantirish, xolis fikrlashga о‘rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifalari –
Talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, tarixi, tadrijiy taraqqiyoti, ta’limoti, asosiy manbalari, xozirgi davrdagi xolati ijtimoiy hayotda tutgan о‘rni xaqida tushunchalar berishdan iborat.
Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yо‘nalishlari, mazhablari haqida tо‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan tо‘g‘ri dunyoqarashni shakllantishdan iborat.
Shuningdek, asosiy vazifalaridan biri xozirgi kunda О‘zbekiston jahon xamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishda diniy bag‘rikenglik xam katta axamiyatga ega. Shuningdek, kо‘p millatli О‘zbekistonda mahalliy xalqlarning kо‘pchiligini islom diniga e’tiqod qiladi, demak yoshlarga islom dining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qо‘shgan xissasini, ijtimoiy hayotimizdagi о‘rnini kо‘rsatib berishdan iborat.
“Dinshunoslik” о‘quv modulini
о‘zlashtirish jarayonida quyidagi mavzular doirasida talabaning bilim, kо‘nikma va malakalariga quyidagi talablar kuyiladi. Talaba:
Talabalar qо‘yidagi mavzular yuzasidan nazariy bilimlarga ega bо‘lishi lozim.
Mavzular:
Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
Urug‘-qabila va milliy dinlar
Jaxon dinlari: Buddizm
Jaxon dinlari: Xristianlik.
Islom dini va ta’limoti
О‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash:О‘zbekiston tajribasi
MAXSUS SIRTQI TALABALARI UCHUN DINSHUNOSLIK MODULIDAN ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI
1 – VARIANT
1 – topshiriq. Quyidagi mavzular yuzasidan SAVOLLARGA JAVOB YOZING.
Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy meros.
Zardushtiylikka oid qarashlar
Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti
Adabiyotlar:
Yо‘ldoshxо‘jayev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar matni). - Toshkent: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
Mо‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.
Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (о‘quv qо‘llanma). - Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
– topshiriq. Quyidagi mavzu yuzasidan REFERAT TAYYORLANG
Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogird an’analari
Do'stlaringiz bilan baham: |