XULOSA VA TAVSIYALAR..............................................................................52
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............................................54
ILOVALAR ...........................................................................................................57
GLOSSARIY…………………………………………………………………….59
KIRISH
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va asoslanishi. Organik kimyo boshqa fanlar singari inson amaliy faoliyatining mahsuli sifatida XIX-asrning boshida dunyoga keldi va hozirgi vaqtda yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX-asrda shakllangan bo’lsada, insonning ba’zi bir organik moddalar bilan tanishuvi va ulardan amaliy maqsadlarda foydalanishi juda qadim zamonlardan boshlangan, chunki organik moddalar o’simliklar va hayvonlar organizmida hayot faoliyatni tashuvchi moddalardir.
Mustaqillik yillarida Respublikamizda amalga ashirilgan islohatlar doirasida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalarida faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or texnologiyani tatbiq, etish o’qitish jarayonida zamonaviy texnik vositalar xizmatidam foydalanishga erishish, ta’lim oluvchilar tamonidan o’zlashtirilayotgan bilim, shuningdek, kasbiy ko’nikma va malakalar darajasini jahon ta’limi standartlari darajasiga ko’tarishga erishish, barkamol shaxs va malakali mutaxasislarni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mavjud ko’satgichi bugunga kun talablariga to’la muvofiq kelishi yo’lida muayyan xarakatlarni amalga oshirish maqsadga muofiqdir.
O‘zbekiston Pespublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning Xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish»1 ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida elektron dasturiy vositalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi, metodik ta’minoti, faoliyatga oid kompetensiyalar tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi li qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim mussasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 228-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4805-son 2020 yil 12 avgustdagi «Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari» to’g’risidagi qaroroi va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha ta’lim maskanlarida sifatli kadrlarni yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr o'rtalarida paydo bo'ldi. 1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o`simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani oldi. Keyinchalik XX asrga kelib, organik birikmalar olishda, xomashyo manbai sifatida karbon kislotalar tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yogʻ, efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga kiradi va tabiiy birikmalardan (yuqori yogʻ kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda, spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislotali achitish) yoʻli bilan karbon kislotalar olish ham keng tarqalgan. Karbon kislotalar va ularning hosilalari xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi.Paxta moyidan olinadigan distillangan yogʻ kislotalari asosida turli xil sovunlar tayyorlanadi. Telomerizatsiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yogʻ kislotalar asosida lok, emallar ishlab chiqarishga yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |