Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Benzol qator aromatik monokarbonkislotalari 1000C dan yuqori haroratda suyuqlanadigan rangsiz kristall moddalardir. Agar karboksil guruhiga nisbatan para-holatda o’rinbosar bo’lsa, bunday kislotalar yuqori haroratda suyuqlanadilar. Aromatik karbon kislotalar teng uglerod sonli yog’ qator kislotalariga qaraganda yuqori haroratda suyuqlanadilar va qaynaydilar. Aromatik monokarbonkislotalar sovuq suvda yomon, issiq suvda yaxshi eriydilar.
Monokarbonkislotalarning suvli eritmalarida ular yaxshi dissotsiyalangan bo’ladilar va ularning kislotalik doimiyligi yog’ qator kislotalarnikiga nisbatan katta, masalan, sirka kislotaning dissotsiyalash doimiysi 1,8.10-5 ga, benzol kislotaniki esa 6,6.10-5 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |