307
Qobiliyatli, ijodkor inson –u har doim o‘ziga xos shaxsdir. Pedagogda
individuallikning shakllanishi bolani ijodiy shaxs sifatida tarbiyalashga yordam
beradi. Har qanday katta odam ongli ravishda pedagoglik kasbini tanlar ekan, u
tanlagan yo‘lini amalga oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bo‘lib shakllanadi va
shak-shubhasiz individualdir. O‘qituvchi va tarbiyachilar ichida turli-tuman
shaxslar qancha ko‘p bo‘lsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlarida bu bolalar
ko‘pdan-ko‘p, shu bilan birga foydali individual xususiyatga ega bo‘lishlarining
ehtimoli shuncha yuqoridir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi ega bo‘lishi lozim
bo‘lgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari, pedagogik qobiliyatning
ko‘pdan-ko‘p jihatlari bilan ularning individuallikka intilishlarini qanday bog‘lash
mumkin? Pedagogik faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular
quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Pedagogik faoliyatning individual yo‘nalishi haqida gapirganda, odatda shu
nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vositalari va o‘zini tutish shakllarini
tanlashda pedagog o‘zining individual imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Har xil
individuallikga ega bo‘lgan pedagoglar ko‘pdan- ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misollar
ichidan aynan bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har xil foydalaniladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani qabul qilinishi va
uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tahlil qila turib pedagog doimo shuni yodda
tutishi lozimki, bunday tajriba, malaka amaliy jihatdan olib qaralganda uning
muallifi shaxsidan ajralmas bo‘ladi va o‘qituvchining individualligi hamda
umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlashmasidan tashkil topadi.
Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa o‘qituvchilar yoki
tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning kelajagi yo‘q hamda bu hol yomon
natijalar beradi. Buning yuzaga kelish sababi shundaki, pedagogning psixologik
individualligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan boshqacha
bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik tajribaning muhim
qismini ajratib olib, ongli ravishda muammo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta
ishlab, hal etish lozim. Boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani
shundayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab, doimo
o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual hislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu
holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash samarasini kamaytirmaydi, balki sezilarli
darajada oshiradi, unga yuqori pedagogik tajribani o‘rganish orqali erishiladi.
O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida sub’ektning ta’lim
olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon bo‘ladi, bu uning o‘quv usuliga
ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan individual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb
bilan ko‘rsatilishi mumkin: “ijobiy” – “salbiy”. Quyida keltirilgan jadval o‘quv
jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi. O‘qituvchi dars jarayonida buni
inobatga olgan holda yondoshishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quv jarayonida o‘quvchilarning individual farqi
(G.Klaus bo‘yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: