O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   362
Bog'liq
fayl

I.V.Straxov
  benihoyat 
katta  hissa  qo‘shgan.  Uning  fikricha,  bunda  muhimi  -o‘quvchilarga  ta’sir 
etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga 
muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga 
olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda 
mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. 
Pedagogik  taktning  yaqqol  ifodalaridan  biri  -  har  qanday  pedagogik 
ta’sirga  nisbatan  qo‘llaniladigan  chora-tadbirlarni  (rag‘batlantirshp,  jazolash, 
pand-nasihat)  his  eta  bilishdan  iboratdir.  Farosatli  o‘qituvchi  bolalarga  e’tibor 


303 
 
berib,  ziyraklik  bilan  qaraydi,  ularning  individual  psixologik  xususiyatlari  bilan 
hisoblashadi.  
Pedagogik  taktning  yo‘qligi  ko‘pincha  og‘ir  oqibatlarga  olib  keladi. 
O‘qituvchining  pedagogik  takti  masalasi  munosabati  bilan  shuni  ham  aytish 
joizki,  qachon  o‘quvchilar  o‘qituvchining  ijobiy  hislatlari  to‘g‘risida  gapirar 
ekanlar, ular hamisha o‘qituvchining adolatliligi kabi hislatlarini birinchi o‘ringa 
qo‘yadilar. 
8.  Pedagogik  xayol
  —  bu  kishining  o‘quvchilar  shaxsini  tarbiyaviy 
tomondan  loyihalashtirishda  o‘z  ish-harakatlarining  natijasini  oldindan  ko‘ra 
bilishda  namoyon  bo‘ladigan  qobiliyatdir.  Bu  qobiliyat  o‘qituvchi  ma’lum 
o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda 
u  yoki  bu  xildagi  hislatlarni    rivojlanishini  oldindan  ko‘ra  bilishida  namoyon 
bo‘ladi.  Bu  qobiliyat  pedagogik  optimizm,  tarbiyaning  kuchiga,  o‘quvchilarga 
bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.  
9.  Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
 —  bu  qobiliyat  bir vaqtning o‘zida 
diqqatni  bir  qancha  faoliyatga  qarata  olishda  namoyon  bo‘lib,  o‘qituvchi  ishida 
g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. 
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini  o‘quv  materialini 
qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday 
ochib  berishga  yoki  o‘quvchi  fikriga  baralla  qaratadi  va  shu  bilan  birga  bir 
vaqtning  o‘zida  barcha  o‘quvchilarni  kuzatib,  ularni    toliqqan-toliqmaganligiga, 
e’tiborli  yoki  e’tiborsizligiga,  darsni  tushunish-tushunmasligiga  ahamiyat  berib, 
o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-
atvoriga  (yurish-turishiga,  o‘zini  tutishiga,  mimika  va  pantomimikasiga)  e’tibor 
beradi.  Tajribasiz  o‘qituvchi,  ko‘pincha  o‘quv  materialini  bayon  etishga  berilib 
ketib, o‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan 
chiqarib  qo‘yadi,  agar,  bordiyu,  o‘quvchilarni  diqqat-e’tibor  bilan 
kuzatishga  harakat  kilsa,  bunday  hollarda  o‘z  bayonotining  izchilligini 
yo‘qotib qo‘yadi. 
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  qobiliyatlardan  tashkari,o‘qituvchi  inson 
shaxsining  maqsad  sari  intilishi,  uddaburonlik,  mehnatsevarlik,  kamtarlik 
kabi qator ijobiy hislatlariga ega bo‘lishi lozim.  
U  o‘quvchilarni  tarbiyalar  ekan,  o‘zining  xulq-atvori,  yurish-turishi, 
xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.  
O‘kituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir. 
Xulosa kilib, shuni  aytish  joizki, o‘kituvchining  barcha  ijobiy,  umuminsoniy 
axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi 
hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. 
Jumladan,  o‘kituvchining  tashki  kiyofasi uning obro‘si  shakllanishiga  ta’sir  etadi. 
O‘kituvchining  ozodaligi,  ixchamligi,  uning  poqizaligi,  saranjom  –  sarishtaligi, 
o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi 
taassurot koldiradi.  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish