guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat,
muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir.
Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad
yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun
umumiy narsalar ko‘p: o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin
yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada biror
tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa
bor – bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy
munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni
tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos
qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi
227
boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy
mezonidir.
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha
klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreevaning “Ijtimoiy
psixologiya” darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga
qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo
shartli va real guruhlar
ga
bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi
hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari
asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga
qarab
katta, kichik guruhlar
ga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va
uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbvtida endi shakllanayotgan – diffuz
hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga
bo‘linadi.
Kichik guruh uncha ko‘p bo‘lmagan , odatda ikki kishidan bir nechta o‘n
kishilarni birlashtirigan bo‘ladi. Bu guruhlarda munosabatlar, aloqalar shaxsiylik
va bevositalik asosida mustahkam qurilgan bo‘ladi. Avvalari kichik guruhning
quyi miqdori ikki kishidan - diadadan iborat degan fikr xukmron bo‘lib kelgan
GURUH
Guruhiy
qiziqishlar
Guruhiy
fikrlar
Guruhiy
maqsadlar
Guruhiy
ehtiyojlar
Guruhiy
normalar
Guruhiy
qadriyatlar
228
bo‘lsa, keyingi 20 yillar bu raqam uchlik, ya’ni tirada bilan to‘ldirildi. Uchinchi
shaxning kirititilishi, guruhdagi munosbatlar xarakteriga katta o‘zgarishlar olib
keladi.
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada
asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan
bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka
holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa
odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi
savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki,
bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (
interaksiya
) emas, balki
ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (
koaksiya
) ta’siri
o‘rganildi.
XX asrning 30-yillarida guruhning kishilar ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini
o‘rganish bo‘yicha, bir qator psixologlar tomonidan eksperimental tadqiqotlar
o‘tkazilgan. Bunda shaxsning guruhdagi idroki, diqqati, xotirasi, hissiyoti,
tafakkuri kabi ruhiy xususityalari tadqiq etilgan. Olingan ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi
oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi.
229
Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi
V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham
qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada
Do'stlaringiz bilan baham: |