O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   362
Bog'liq
fayl

mehnat  jamoalaridir.
  Bu 
muhitning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli 
pishib  qolgan,  ma’lum  tajribaga  ega  bo‘lgan,  hayot  haqidagi  tasavvurlari 
shakllangan paytda keladi. Qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat 
malakalari  va  bilimlar  ham  juda  muhim  bo‘lib,  shu  muhitdagi  ijtimoiy  normalar 
harakteriga  ta’sir  qiladi.  Lekin  baribir  shaxsning  kimlar  bilan,  qanday  o‘zaro 
munosabatlar 
muhiti 
ta’sirida 
ekanligi 
uning 
yetuklik 
davridagi 
ijtimoiylashuvining  muhim  mezonlaridandir.  Shuning  uchun  ishga  kirishdagi 
asosiy  motivlardan  biri  -  o‘sha  jamoaning  qanday  ekanligi,  bu  yerdagi  o‘zaro 
munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha 
oylik  -  maosh  masalasi  ana  shulardan  keyin  o‘rganiladi.  Shuning  uchun  mehnat 
jamoalarida  yaxshi,  soqlom  ma’naviy  muhit,  adolat  va  samimiyatga  asoslangan 
munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.  
Shaxs  sotsializatsiyasi  to‘g‘risida  gap  ketarkan,  aytish  kerakki, 
sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, u —  individning ijtimoiy 
muhitga  qo‘shilishi,  ijtimoiy  ta’sirlarni  o‘ziga  singdirishi  va  aktiv  ravishda 
muloqot sistemasiga kirib  borishi  jarayonidir. Bu  jarayon  ikki tomonlama  bo‘lib, 
bir  tomondan,  shaxs  aktiv  ravishda  ijtimoiy  ta’sirlarni  qabul  qiladi,  ikkinchi 
tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. 
Bu  jarayon  normal  individda  tabiiy  tarzda  ro‘y  beradi,  chunki  individda  shaxs 
bo‘lishga  ehtiyoj  hamda  shaxs  bo‘lishiga  imkoniyat  va  zaruriyat  bordir.  Shuning 
uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs 


213 
 
bo‘lishga  intilishni,  undagi  shakllanish  jarayonini  kuzatish  mumkin  (masalan, 
chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi). 
Shaxs  sotsializatsiyasi  yoki  shakllanishining  o‘z  sohasi,  bosqichlari  va 
muassasalari mavjud. 
 
 
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 
1) 
faoliyat  sohasi, 
ya’ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita 
yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, 
boyib  boraveradi.  Har  bir  faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va 
ko‘nikmalarni,  bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo‘lidagi  aktivligi  unda 
o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 
2) 
muloqot  sohasi, 
ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o‘smirlik 
davrlaridagi  muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni 
paydo  qiladiki,  buning  natijasida  u  faol  hayotiy  mavqega  ega  bo‘ladi,  jamiyatda 
o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 
3) 
o‘z-o‘zini  anglash  sohasi
,  ya’ni  ''Men"  obrazining  yil  sayin  o‘zgarib 
borishi  jarayoni  bo‘lib,  avval  o‘zini  boshqalardan  farqliligini,  o‘zicha  mustaqil 
harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini 
baholash,  anglash,  nazorat  qilish-  xususiyatlari  rivojlanadiki,  ular  ham  faol  shaxs 
psixologiyasining tarkibiy qismidir. 
Insonning  ijtimoiylashuvi  jarayoni  inson  butun  hayoti  davomida  davom 
etadi,  chunki  atrofdagi  olam  doimiy  harakatda,  hamma  narsa  o‘zgaradi  va  inson 
yangi sharoitlarda yanada qulay yashash uchun o‘zgarishi kerak. Inson muntazam 
o‘zgarishlarga  uchraydi  va  yillar  davomida  o‘zgarib  turadi,  u  doimiy  bo‘lmaydi. 
Hayot  doimiy  o‘zgarish  va  yangilanishlarni  talab  qiladigan  doimiy  moslashuv 
jarayonidir.  Har  bir  insonning  ijtimoiy  qatlamlarga  integratsiyalashuvi  jarayoni 
juda murakkab va juda uzoq hisoblanadi, chunki u ijtimoiy hayotning qadriyatlari 
va normalarini va muayyan rollarni o‘z ichiga oladi.  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish