O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qayta tayyorlov kursi tinglovchisi Abdullayeva Nigora Satikovnaning


AMIR TEMUR SALTANATINING MA'MURIY VA HARBIY TUZILISHI



Download 1,66 Mb.
bet8/19
Sana21.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#397789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Abdullayeva Nigora diplom ishi

AMIR TEMUR SALTANATINING MA'MURIY VA HARBIY TUZILISHI
Sohibqiron Amir Temur davlat qurilishida O`zbekistonning o`tmishidagi davlatchilik tajribasidan, tartib-qoidalaridan keng foydalandi. O`z zamonasining talab, ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan bo`lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan - dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo`lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, saroy xarajatlari - moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi yana uch vazir bo`lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam, dodxoh,

_______________________



  1. B,Ahmedov, U.Uvatov, G’.Karimov va boshqalar.- Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlar xotirasida. Toshkent “O’qituvchi” 1996-yil

18

yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan.


Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo`shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo`lgan. Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o`lkalarni o`g`illari, nabiralari va xizmat ko`rsatgan amirlarga suyurg`ol tarzida in'om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o`z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o`limidan biroz avval o`g`il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, G`arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni - Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni - Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni - Shohruh Mirzoga, Sulton Mahmud G`aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga — Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O`tror va Ashparadan td Xitoy chegarasigacha — Ulug`bekka, Farg`ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi-g`arbini Ibrohim Sultonga berdi.
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo`shini mavjud edi. Warning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi. Amir Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo`shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo`shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi.
Amir Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman - o`n minglik, hazora - minglik, qo`shun - yuzlik va ayl - o`nlik birikmalariga bo`lingan. Amir Temur o`n minglik askarni boshqarish uchun tuman og`asi, minglik bo`linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo`shunboshi va o`nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta'sis etadi. Ularning haq- huquqlari, oylik maoshini darajasiga mos ravishda belgilab beradi. Janglarda bahodirlik ko`rsatib, g`alaba qozongan amir uchun in'omlar ham belgilab qo`yilgan. Biron qo`shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan.
Askariy qismlarni viloyatlardan to`plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug`ullanar edi.
Amir Temur qo`shinda qattiq harbiy intizom o`rnatadi. Har bir zobit (bo`linmaning qo`shin yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz

19

sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat'iy bajarishga majbur bo`lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo`lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo`lishi lozim hisoblangan.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish