Kusr ishining obyekti va predmeti. Kichik tadqiqot ishining predmeti maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining shaxsiga qo’yilgan talablarini shakllantirish usullari. Ishning obyekti esa maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining shaxsiga qo’yilgan talablarini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining metodologik asosi: Ishni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5190 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarish va tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjat, “Maktabgacha ta’lim tarbiya to‘g‘risida”gi qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan qonun, shuningdek, mavjud adabiyot va ilmiy tadqiqot ishlariolib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari, sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlarga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |