Bob bo’yicha hulosalar
Barkamol shaxsni har tomonlama rivojlantirish muammosining yechimi, bugungi kunda jamiyat hayotida alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bugungi kunga qadar ta’lim-tarbiya jarayonida mavjud bo‘lgan ayrim an’analardan voz kechish zaruriyati tug‘ilmokda. Jumladan, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan an’anaviy ta’lim jarayoni orasida mutanosiblikni ta’minlagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tizimini belgilab berish muhim masalalardandir. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni erkin rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan insonning xaq-huquqlari haqidagi qonun-qoidalarga amal qilib, jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lishga undash orqali amalga oshiriladi. Axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish jihatdan rivojlantirish shuning uchun ham zarurki, bu jarayonda barqaror rivojlanadi va bolalarga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi. Birinchidan, mazkur muammoning amaliyotdagi holati tahlili shuni ko‘rsatdiki, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish jihatdan rivojlantirishga aksariyat holatlarda e’tibor qaratmaydilar. Ikkinchidan, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida, bolalarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish jihatdan rivojlantirishda, axborot texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari vujudga keldi. Axborot texnologiyalari vositasida bolalarda axborot madaniyati haqida bilimini shakllantirishning pedagogik jihatdan tashkil etish o‘z samarasini beradi.
Axborotlashgan pedagogik ta’limda didaktika va axborot, jamiyat a’zosining intellektual rivojlanishini jadallashtirish zarurligini aniqlovchi ta’lim-tarbiya maqsadlariga erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sirga ega bo‘lib, bolaning intellektual salohiyatini namoyish etishni va rivojlanishini o‘zining asosiy maqsadi etib qo‘yadi. Bu maqsadga, zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini joriy etish orqaligina to‘liq erishish mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini taklif etadi. Bu muhitdagi didaktika fikrlashni, shaxsning salohiyati va imkoniyatlarini, estetik tarbiyani, unda axborot madaniyatini tarbiyalashni, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishni, o‘quv-axborot faoliyati bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishning pedagogik maqsadlari bayon etiladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalari o‘quvchi shaxsining:
- fikrlashini;
- estetik tarbiyasini;
- kommunikativ qobiliyatini;
- optimal qaror qabul qilish malakasini;
- axborot madaniyatining rivojlanishini ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari, o‘quv-tarbiya jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtiradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish o‘quvchi-yoshlarida axborot madaniyatini shakllantirish sifati va samaradorligi oshirish jarayonida ularning axloqiy sifatlarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasini ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, o‘quvchi-yoshlarida axborot madaniyatini shakllantirish jarayoni, shuningdek, o‘quvchilarni zamonaviy talablar asosida turli g‘oyalarni tahlil etish jarayonida faol ishtirok etishlari borasidagi ijtimoiy zaruriyatdir. Ikkinichidan, tarbiyalanuvchi shaxsida axborot madaniyatini shakllantirish hamda ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadlarini to‘g‘ri belgilash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |