hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga moslanishi
natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning)
progressiv yo‘l bilan rivojlanishi hozir ham davom etmoqla.
Ayrim zoologlarning fikricha sarkodalilar, xususan chig‘anoqsiz amyobalar eng qadimiy
hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og‘iz, poroshitsa, pellikula)ning
rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy bo‘lmasligi hamda harakatlanish organoidining
ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ularni morfologik jihatdan eng sodda
hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Lekin 1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning
anorganik moddalari bilan oziqlangan bo‘ lishi kerak, shuning uchun dastlabki organizmlar
o‘simliklarga o‘xshash autotrof oziqlangan degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikrni
boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko‘pchilik sarkodalilar o‘z taraqqiyot
sikli davomida xivchinli stadiyalarni o‘tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli
gametalar hosil qiladi. Buni sarko-dalilarning qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining
takrorlanishi deb tushuntiriladi. Ayrim aralash oziqlanadigan miksotrof xivchinlilarning avtotrof
(fotosintez) oziqlanishdan osonlikcha geterotrof (saprofit) oziqlanishga o‘tishini yuqoridagi
fikrning isboti taraqasida ko‘rsatiladi. Xivchinlilarning xivchini prokariot organizmlar
(bakteriyalar)ning xivchini bilan tenglashtiriladi. Keltirilgan dalillarga ayeoslanib, sarkodalilar
eng kadimgi geterotrof xivchinlilardan kelib chiqqan; xivchinlilar barcha sodda hayvonlar, shu-
ning bilan birga butun hayvonot dunyosining ajdodi hisoblanishi zarur bo‘ladi. Lekin elektron
mikroskopda olib borilgan tekshirishlar xivchinlilarning xivchini ancha murakkab tuzilganligi,
ular morfologik va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra prokariot bakteriyalar xivchinidan katta farq
qilishini ko‘rsatdi. Yuqorida keltirilgan dalillar hozirgi xivchinlilar yoki sarkodalilarni barcha
sodda hayvonlarning ajdodlari emasligini ko‘rsatadi
5
.
A. I. Oparin o‘zining yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi gipotezasida organik
moddalar tirik organizmlar paydo bo‘lishidan oldin nobiologik yo‘l bilan sintez bo‘lgan deyiladi.
Dastlabki organizmlar esa atrof-muhitdagi organik moddalarni diffuziya yo‘li bilan qabul qilib,
oziqlangan bo‘lishi kerak. Shunga asosan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan,
hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo‘lgan geterotrof eukariot
organizmlardan kelib chiqqan, deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Xivchinlilar bir hujayrali hayvonlarning bundan keyingi evolyutsiyasida katta o‘rin
tutgan. Infuzoriyalar kipriklarining xivchinlarga o‘xshash tuzilganligi ularni xivchinlilardan kelib
chiqqanligini ko‘rsatadi. So‘ruvchi infuzoriyalar kiprikli infuzoriyalardan kelib chiqqan bo‘lib,
keyinchalik o‘ziga xos oziqlanish tasirida kipriklarini yo‘qotgan.
Sporalilar tipining kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog‘langan. Koktsidiyalar va qon
sporalilari gametalarining haqiqiy xivchinlilarga o‘xshashligi buni isbot qiladi. Bundan tashqari
xivchinlilar va sporalilar hayot siklida zigota reduktsiyali bo‘linish (meyoz) sodir bo‘ladigan,
hayotining asosiy qismini gaploid xromosomalik holda o‘tkazadigan hayvonlar hisoblanadi.
5
И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 81-
Do'stlaringiz bilan baham: