O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata)  sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata)  sinfi 
 Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko‘pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujay-
ralilar  orasida  ancha  yirik  hayvonlardir.  Tanasining  kattaligi  30—40  mkm.dan  1  mm  gacha  va 
undan  ham  yirikroq  bo‘ladi.  Kipriklar  ular  hayotining  hamma  davrlarida  saqlanib  qoladi. 
Sitoplazmasi  ikki  qatlamga  -  tashqi  ektoplazma  va  ichki  endoplazmaga  aniq  ajralib  turadi. 
Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan (20-rasm). Pellikula ikki qavatli, 
har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil toptan. Ikkala qavat oralig‘i ochiq bo‘ladi. Pellikula 
sirti  bir-biri  bilan  tutashib,  turli  shakllar  hosil  qiluvchi  yo‘g‘on  tolalar  yordamida  juda  ko‘p 
katakchalarga  bo‘lingan.  Katakchalar  pellikula  sirtini  panjaraga  o‘xshab    o‘rab  turadi. 
Katakchalarning shakli har xil, tufelkada ular olti burchakli asalari inlariga o‘xshaydi (21-rasm).  
        Pellikuladagi tolalar tayanch skelet funktsiyasini o‘taydi; infuzoriya tanasi muayyan 
shaklini  belgilab  beradi.  Infuzoriyalar  ektoplazmasida  kalta  tayoqchaga  o‘xshash  tanachalar  - 
trixotsistlar  bo‘ladi.  Trixotsistlar  tana  sirtiga  nisbatan  perpendikulyar    joylashgan  bo‘lib, 
pellikulaning  sirtki  qavatiga  maxsus  o‘simta  orqali  tegib  turadi.  Trixotsistlar  himoya  vazifasini 
bajaradi.  Biron  qo‘zg‘alish  ta‘sirida,  masalan,  suvning  kimyoviy  tarkibi  o‘zgarganda  yoki 
yirtqich  hayvonlar  hujum  qilganida  trixotsistlar  tashqariga  otilib  chiqib,  uzun  ipchalarni  hosil 
qiladi.  Ipchalar  dushman  tanasiga  botib  kirib,  uni  cho‘chitadi.  Yirtqich  infuzoriyalarda 
trixotsistlar  ishlab  chikargan  modda  o‘ljani  falajlash  xususiyatiga  ega.  ovqat  hazm  qilish 
organoidlari  faoliyati  bilan  bog‘liq.  Sodda  tuzilgan  infuzoriyalarning  (Prorodon,  Holophrya 
avlodi)  og‘iz  teshigi  (sitostom)  tanasi  oldingi  uchida  joylashgan.  Og‘iz  atrofidagi  kipriklar 
boshqa kipriklarga o‘xshash bo‘ladi. Boshqa infuzoriyalarda og‘iz teshigi tanasi qorin tomonida 
peristom  deb  ataluvchi  og‘izoldi  chuqurchasi  tubida  joylashgan.  Og‘iz  teshigi  halqum  - 
sitofarinks  orqali  endoplazma  bilan  bog‘langan.  Og‘iz    atrofidagi  kipriklar  ko‘pincha  o‘zaro 
yopishib,  maxsus  membranalarni  xosil  qiladi.  Tufelkaning  og‘iz  teshigi  atrofida  uch  qator 
membranellalar  joylashgan.  Ular  tebranib,  oziqni  og‘iz  teshigiga  suradi.  Og‘iz  apparati  ancha 
murakkab  va  xilma-xil  tuzilgan.  Infuzoriyalarning  ko‘pchi  chiriyotgan  bo‘laklari,  mayda  suv 


o‘tlari  bilan  oziqlanadi.  Ularning  og‘iz  teshigi  doimo  ochiq  bo‘lganidan  oziq  halqumga 
to‘xtovsiz kelib turadi. Tufelka halqumiga suv oqimi bilan zarralar oziq uchun yaroqli bo‘lmasa 
ham kelaveradi.  
Suv  oqimi  bilan  kelgan  zarrachalar  halqumning  tubiga  cho‘kib  qoladi.  Bu  cho‘kmaga 
endoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo‘ladi. Oziqqa to‘lgan vakuola 
halqumdan  ajralib,  endoplazmaga  o‘tadi  va  sitoplazma  oqimi  bilan  tana  ichida  aylanib  yuradi. 
Endoplazmada  bir  qancha  vakuollar  bo‘lishi  mumkin.  Vakuollar  harakati  davomida 
endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta‘sirida oziq hazm bo‘ lib, sitoplazmaga so‘riladi. Hazm 
bo‘lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi 
— poroshitsa orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. 
Tufelkaning  ovqat  hazm  qilish  vakuolalari  1,5—2  daqiqada  hosil  bo‘lib  turadi  Dastlab 
hazm  vakuolasi  ichidagi  muhit  kislotali,  hazm  bo‘lish  jarayonining  keyingi  davrlarida  ishqoriy 
bo‘ladi.  Bu  ko‘p  hujayrali  hayvonlar  ichidagi  oziq  moddalarning  hazm  bo‘lish  jarayoniga 
o‘xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to‘xtovsiz oziqlanadi. 
Aksariyat ko‘ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi 
vakuolalari  bo‘ladi.  Ayrim  sodda  tuzilgan  vakillarida  vakuola  xuddi  amyoba  xivchinlilarga 
o‘xshash  oddiy  pufakchadan  iborat.  Lekin  ko‘pchilik  infuzoriyalarning  qisqaruvchi  vakuolalari 
ancha  murakkab  tuzilgan  sistemani  hosil  qiladi.  Tufelkaning  ikkita  qisqaruvchi  vakuolalari 
tanasining oldingi  va  keyingi  qismida joylashgan. Har qaysi  vakuola markaziy  rezervuardan va 
rezervuar  atrofida  joylashgan  5—7  ta  yig‘uvchi  naylardan  iborat.  Rezervuar  juda  ingichka 
naycha  orqali  tashqi  muhit  bilan  bog‘langan.  Sitoplazmadan  ajralayotgan  suyuqlik  dastlab 
yig‘uvchi  naylarda  to‘planadi.  Ular  qisqarganda  suyuqlik  rezervuarga  o‘tib,  uni  to‘ldiradi. 
So‘ngra  rezervuar  qisqarib,  suyuqlik  naycha  orqali  tashqariga  chiqarib  yuboriladi.  Yig‘uvchi 
naylar  va  rezervuar  faqat  suyuqlikka  to‘lgan  davrdagina  aniq  ko‘rinadigan  bo‘ladi.  Odatda 
oldingi  va  keyingi  vakuolalar  galma-galdan  qisqarib  turadi.  Tufelka  vakuolasining  pulsatsiya 
sikli uy haroratida 10— 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalarning 
qisqarish  vakuola  pulsatsiyasi  ancha  past  bo‘ladi.  Qisqaruvchi  vakuolalar  osmoregulyatsiya 
vazifasini  bajaradi.  Ko‘pchilik  infuzoriyalar  kislorod  miqdori  har  xil  bo‘lgan  muhitda  hayot 
kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muxitda hayot kechiradigan tufelka, bu 
gaz  juda  kamayib  ketgan  muhitda  ham  bemalol  yashay  oladi.  Lekin  bu  jarayonda  aerob 
moddalar  almashinuvi  anaerob  almashinuv  (glikoliz)ga  o‘tadi.  Ayrim  infuzoriyalar  (masalan, 
kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay 
oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi. 
Yadro  infuzoriyalarda  2  xil  bo‘lib,  bitta  katta  yadro  -  makronukleus  va  bitta  yoki  bir 
necha  kichik  yadrolar  esa  mikronukleuslar  deyiladi.  Tufelkaning  bitta  katta  va  bitta  kichik 
yadrosi bor, ular ikkalasi  ham  tanasining o‘rtasida joylashgan.  Infuzoriyalar makronukleusi  har 
xil  shaklda:  yumaloq,  loviyasimon  (tufelka),  taqasimon  (suvoyka),  zanjirsimon  (karnaycha) 
bo‘ladi.  Ko‘pchilik  infuzoriyalar  makronukleusi  xromatin  (DNK)ga  boy  poliploidli  bo‘ladi. 
Makronukleus  xromosomalari  replikatsiya  (sonini  ikki  marta  oshib  ketishi)  xususiyatiga  ega. 
Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi boyicha informatsion va boshqa RNKlar 
sintez  qilinadi.  Sitoplazma  ribosomalarida  RNK  yordamida  oqsil  sintezlanadi.  Mikronukleus 
yumaloq  yoki  tuxumga  o‘xshash  bo‘ladi.  Mikronukleuslar  poliploid  emas,  unda  RNK  sintez 


bo‘lmaydi,  lekin  mikronukleuslar  xromosomalari  replikatsiya  xususiyatiga  ega.  Mikronukleus 
xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish