O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Zoologiyani  qadimgi  dunyoda  va  o‟  yg‟onish  davrida  rivojlanishi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Zoologiyani  qadimgi  dunyoda  va  o‟  yg‟onish  davrida  rivojlanishi.    Hayvonlar  to‘ 
g‘risidagi dastlabki yozma ma‘lumotlar miloddan avval V—IV asrga oid Misr, Xitoy va Yunon 
adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga oid ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab 
o‘  tgan  Arastu  (Aristotel)  yaratgan.  Uning  asarlarida  452  tur  hayvonning  tuzilishi,  hayot 
kechirishi va tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni qonlilar va qonsizlarga ajratadi. 
Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi. Hayvonlar 
8  kichik  guruhlar:  to‘rt  oyoqlilar,  tuxum  qoyuvchi  ikki  oyoqdilar,  tuxum  qoyuvchi  to‘  rt 
oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar 
korrelyatsiyasi  va  gradatsiya  to‘g‘risida  ham  sodda  fikrlar  mavjud.    Qadimgi  Rim 
tabiatshunoslari  orasida  Gay  Pliniy  (miloddan  so‘  ng  23-79  yillar)  mashhur  bo‘lgan.  Uning  37 
jildli "Tabiat tarixi" asarida o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan hayvonlarga tavsif berilgan. 
Xurofot  hukm  surgan  O‘rta  asrlarda  tabiatni  o‘rganish  qat‘iyan  man  etilib,  ilm-fan 
namoyandalari esa ta‘qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoologiya fanining rivojlanishi batamom 
to‘xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib yuborildi. 
Uyg‘onish  davrida  (XIV—XV  asrlar)  ilm-fan  taraqqiyotining  markazi  G‘arbiy 
Yevropaga  ko‘chdi.  Bu  davrda  barcha  tabiiy  fanlar,  jumladan  zoologiya  sohasida  ham  muhim 
kashfiyotlar  qilindi.  Xristofor  Kolumb,  Marko  Polo,  Magellan  va  boshqa  bir  kancha 
sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari noma‘lum bo‘lgan hayvonlar kashf 
etildi.  Bu  davrda  dunyoning  turli  joylaridan  yig‘ib  kelingan  behisob  materiallarni  sistemaga 
solish  va  umumlashtirish  zarur  edi.  Ayni  shu  davrda  shveytsariyalik  vrach  va  naturalist        
YE.Gesner  (1516—1565)  17  jildli  "Hayvonlar  tarixi"  asarini  yozdi.  Asar  ko‘p  jihatdan  sodda 
yozilgan  va  unda  noaniq  ma‘lumotlar  ko‘p  bo‘lsa  ham  eng  qadimiy  entsiklopedik  manba′ 
hisoblanadi. 
Zoologiya  fanlarining  taraqqiyotida  XVII  asrda  mikroskopning  ixtiro  etilishi  beqiyos 
katta  ahamiyatga  ega  bo‘  ldi.  Golland  olimi  A.Levenguk  (1632—1723)  "Mikroskop  yordamida 
ochilgan tabiat sirlari" kitobi bilan ko‘z ilg‘amas hayvonlar dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim 
M.  Malpigi  (1628—1694)  umurtqali  hayvonlarning  qon  aylanish  sistemasi  kapillyarlari  va 


ayirish  organlari,  hayvonlar  terisining  mikroskopik  tuzilishini  tasvirladi.  Angliyalik  U.  Garvey 
(1578—1657) odamning qon aylanish sistemasini birinchi bo‘ lib tushuntirib berdi. Lekin o‘ sha 
davrda olimlar o‘ rtasida ―jinsiy hujayralar va murtakda bo‘ lajak organizmning barcha organlari 
tayyor holda turadi‖, degan metafizik tushuncha hukmron edi. 
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to‘ g‘risidagi ta‘limot XVIII asrda paydo bo‘ 
ldi.  Bu  ta‘limotning  negizini  shved  olimi  K.Linney  (1707—1778)  ishlari  tashkil  etadi.  Uning 
"Tabiat sistemasi" asarida tur, urug‘, turkum, sinf kabi sistematik kategoriyalar asoslab beriladi. 
Olim  turni  urug‘  va  tur  nomi  bilan  atashni  taklif  etishi  bilan  binar  nomenklaturaga  asos  soldi. 
K.Linney  hayvonot  dunyosini  sutemizuvchilar,  qushlar,  parrandalar,  baliqlar,  hasharotlar  va 
chuvalchanglar sinflariga ajratadi. Lekin Linney turli sistematik guruhlar o‘ rtasida hech qanday 
bog‘lanish yo‘ q, degan g‘oyani himoya qilgan edi. 
K. Linney zamondoshi frantsuz olimi J. Byuffon (1707-1768) o‘sha davrgacha zoologiya 
sohasida ma‘lum bo‘lgan barcha ma‘lumotlarni umumlashtiruvchi 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini 
yaratdi. Asarda u birinchi bo‘lib turlarning o‘zgarishi to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. 
XIX  asr  boshlarida  fransuz  olimi  J.  Kyuve  (1769-1832)  paleontologik  qazilmalarga 
asoslanib  qadimda  yashagan,  lekin  hozir  qirilib  ketgan  hayvonlar  xususida  ma‘lumot  beradi.  U 
organizmning  bir  butunligi  va  turli  organlarning  o‘zaro  bog‘langanligiga  asosida  o‘zining 
organlar  korrelyatsiya  to‘  g‘risida  ilmiy  g‘oyasini  ilgari  surdi.  J.  Kyuv′ye  zoologiya  faniga  tip 
tushunchasini  kiritadi.  U  hayvonot  dunyosini  umurtqalilar  (sutemizuvchilar,  qushlar,  sudralib 
yuruvchilar, baliqlar);  yumshoq tanlilar (mollyuskalar); bo‘ g‘imlilar (halqali chuvalchanglar va 
bo‘ g‘imoyoqlilar), nurlilar (ninaterililar, chuvalchanglar, infuzoriyalar)ga va 19 sinfga ajratadi. 
Lekin  Kuv′ye  ham  Linney  singari  turlarning  o‘zgarmasligi  to‘g‘risidagi  metafizik  g‘oyani 
himoya qilib chiqqan edi. Uning vatandoshi va zamondoshi Sent-Iler (1772-1844) esa turlarning 
tashqi muhit ta‘sirida o‘ zgarishi borasidagi g‘oyani himoya qilgan. 
XIX  asr  biologiya  fanida  tirik  tabiatdagi  murakkab  formalarni  eng  sodda  formalardan 
kelib  chiqishi  to‘g‘risidagi  g‘oyalarning  ustun  kelishi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  davrda 
evolyutsion  g‘oyalarni  rivojlanishida  T.  Shvan  (1810-1882)  va  M.  Shleyden  (1804-1881) 
tomonidan hujayra nazariyasini yaratilishi katta ahamiyatga molik bo‘ ldi. 
 Turlarning o‘ zgarishi, murakkab formalarni oddiy formalardan taraqqiy etib chiqishi to‘ 
g‘risidagi ta‘limotni birinchi bo‘ lib frantsuz naturalisti J. B. Lamark (1744- 1829) taklif etgan. U 
"Zoologiya  falsafasi"  asarida  turlarning  o‘zgarmasligi  xususidagi  metafizik  qarashlarga  zarba 
berib,  o‘zining  evolyutsion  ta‘limotini  asoslab  beradi.  Lekin  Lamark  evolyutsion  jarayonning 
sabablarini ochib berolmadi. Olim K. Linney sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz 
hayvonlarni 14 sinfga ajratishni taklif etdi. 
Zoologiyada  evolyutsion  g‘oyalar  faqat  Ch.  Darvinning  (1809-1882)  "Tabiiy  tanlanish 
yo‘li  bilan  turlarning  paydo  bo‘  lishi"  (1859)  asari  bosilib  chiqqandan  so‘  ng  to‘  la-to‘  kis  o‘z 
asosini  topdi.  Ch.  Darvin  turlarning  o‘  zgarishi  va  organik  olam  evolyutsiyasini  tushuntirish 
bilan birga evolyutsiyaning asosiy omillarini ham ochib berdi. U tirik mavjudotlar tuzilishining 
murakkablashib borishi va tashqi muhitga moslashuvining sababi uzoq davom etgan tabiiy yoki 
sun‘iy tanlanish ekanligini bayon  etdi. Darvin ta‘limoti zoologiya fanlarining taraqqiyoti uchun 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ta‘limot olimlar oldiga hayvonlar evolyutsiyasi yo‘ nalishlari va 
sabablarini ochib berishdek yangi vazifalarni quydi. 


XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  nemis  olimlari  E.  Gekkel  (1834-1919)  va  F.  Myuller 
(1821-1897)  hayvonlarning  individual  rivojlanishi  bilan  tarixiy  taraqqiyoti  o‘rtasidagi 
bog‘lanishni ko‘rsatib beruvchi biogenetik qonunni kashf qilishib, evolyutsion ta‘limotni muhim 
dalillar bilan boyitishdi. 
XIX asrning oxiri va XX asr davomida quruqlik, dengiz va okeanlar faunasini o‘ rganish 
uchun bir qancha  yirik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu sohada ayniqsa "Chelenjer" kemasidagi 
(1872-1876),  "Galateya"  (1956-1960)  va  "Vityaz"  kemalaridagi  Angliya,  Daniya  va  Sovet 
ekspeditsiyalari juda keng miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Rus olimi A. V. Ivanov 
ekspeditsiya  materiallari  asosida  hayvonlarning  pogonoforalar  tipini,  ingliz  olimi  D.  Smit  esa 
Afrikaning  janubiy-sharqiy  qirg‘og‘idan  tutilgan  latimeriya  deb  atalgan  panjaqanotli  baliqni 
kashf etdi. 
Rossiyada  zoologiya  sohasidagi  ilmiy  izlanishlar  Pyotr  I  davridan  boshlangan.  U  turli 
mamlakatlardan  hayvonlarning  kollektsiyasini  keltirib,  kunstkamera  tashkil  etadi.  Rus 
olimlaridan  birinchi  bo‘  lib  K.  F.  Volf  (1734-1794)  turlar  o‘zgarmasligi  to‘g‘risidagi  metafizik 
qarashlarga qarshi chiqib, organizmlarni tuxum hujayradan asta-sekin o‘sib rivojlanishi haqidagi 
o‘zining epigenez nazariyasini metafizik nazariyaga qarama-qarshi qoygan. 
Zoologiyaning rivojlanishida atoqli rus olimi K. M. Berning (1792-1876) xizmatlari katta 
bo‘  ldi.  U  hayvonlarning  individual  rivojlanishi  to‘g‘risidagi  embriologiya  faniga  asos 
solganlardan  biri  hisoblanadi.  Shuningdek  K.  M.  Berning  Azov  va  Kaspiy  dengizlariga  qilgan 
ekspeditsiyalari  bu  havzalarda  baliqchilikni  rivojlantirish  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo‘  ldi. 
Olim  hayvonlar  embrionining  o‘xshashligi  to‘g‘risidagi  qonunni  ochdi.  Bu  qonunga  binoan 
embrionning rivojlanishida dastlab tipga, so‘ng sinf va turkumga, oxirgi navbatda  esa turga xos 
belgilar yuzaga chiqadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish