O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

   
 
          Gidropoliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlar va blastostil ,ya′ni meduza 
hosil  qiladigan  individlarni  hosil  qiladi.  Blastostil  shaklan  o‘zgargan  gidrant  bo‘lib,  undan 
paypaslagichlari va og‘iz teshigining bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma o‘ralgan. 
Uning  uchki  qismida  qopqoqchasi  bor.  Blastostil  kurtaklanish  orqali  jinsiy  nasl-  meduzalarni 
hosil  qiladi.  Obeliya  koloniyasida  meduza  ana  shunsday  hosil  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  gidroidlarda 
gidrantlar  kurtaklanib  meduzalar  hosil  qiladi.  Obeliya  blastostillarida  hosil  bo‘lgan  meduzalar 
qopqoqcha  ochilishi  bilan  suvga  chiqib  suzib  ketadi.  Meduzalar  -  ayrim  jinsli,  tanasi  soyabon 
shaklida bo‘ladi. ularda jinsiy hujayralar shakllanadi.  
Meduzalar nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarqoq 
joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralar to‘plamidan iborat nerv 
tugunlari - gangliylar bo‘ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari o‘simtalari bilan birga yaxlit nerv 
halqasini  hosil  qiladi.  Nerv  halqasi  soyabon  yelkanchasi  muskullari  va  sezgi  organlari  ishini 
boshqaradi. Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash - statotsistlar va ko‘zga o‘xshash sezgi 
organlari  joylashgan  (37-rasm).  Muvozanat  saqlash  organlari  tashqi  epiteliyni  tana  ichiga  botib 
kirishidan  kelib  chiqqan  chuqurchalaridan  iborat.    Odatda  chuqurchalar  ektodermadan  ajralib 
chiqib, yopiq pufakcha - statotsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy hujayralar bilan 
qoplangan. Pufakcha ichiga bitta yoki bir necha ohak toshchalar - statolitlar ajralib chiqadi. Sez-
gir  hujayralarining  sezgir  qilchalari  toshchalar  ta‘sirida  qo‘zg‘aladi.  Meduzalarning  sodda 
ko‘zchalari  oddiy  ko‘z  dog‘chalari  va  ko‘z  chuqurchalari  shaklida  bo‘ladi.  Ko‘zchalar  ko‘z 
chuqurchasi tubida pigmentlashgan hujayralar joylashgan.  
Meduzalar-  ayrim  jinsli;  jinsiy  bezlar  soyabon  ostida  radial  naylar  yaqinida,  yoki  og‘iz 
poyachasida  ektoderma  bilan  mezogleya  oralig‘ida  joylashgan  hujayralardan  iborat.  Meduzalar 
suv oqimi yordamida yoki soyabon cheti va yelkanida joylashgan muskul tolalarining qisqarishi 
tufayli  suzib  yuradi.  Soyabon  va  yelkan  muskullarining  birdaniga  qisqarib  bo‘shashi  natijasida 
soyabon  chuqurchasidan  suv  chiqariladi  va  unga  suv  kiradi.  Suv  soyabon  ostidan  siqib 
chiqarilganida meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzib ketadi. 
Jinsiy ko’ payishi va nasl almashinish. Gidromeduzalar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘ payadi. 
Yetilgan 
jinsiy 
hujayralar 
meduza 
tanasi 
devorini 
yorib 
suvga 
chiqadi 
va 
urug‘lanadi.Urug‘langan  tuxum  hujayradan  planula  lichinkasi  chiqadi.  Planula  oval  shaklda; 
tanasi  mayda  kiprikchalar  bilan  qoplangan.  Planula  suvda  bir  qancha  vaqt  suzib  yurgach, 
kiprigini yo‘qotib, suv tubidagi presdmetlarga yopishib oladi. Tanasi oral tomonida og‘iz teshigi 
va  paypaslagichlar  shakllanishi  bilan  planula  polipga  aylanadi.  Polip  o‘sib,  kurtaklanish  orqali 
yangi  koloniya  hosil  qiladi.  Organizmlar  hayot  siklila  jinssiz  va  jinsiy  naslining  gallanishi 
metagenez deyiladi. 


Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bunday 
turlarda meduza nasl gidroid nasldan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat 
vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat  meduzalar holida hayot kechiradigan turlari (Trachylida 
turkumi)  ham  bo‘ladi.  Bunday  meduzalar  planulasi  polipga  aylanmasdan  yana  meduzani  hosil 
qiladi. 
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni o‘z ichida oladi. 
Leptolida turkumi vakillari tropik va mo‘ ‗tadil iqlimda keng tarqalgan. Nasl almashinishi 
orqali  ko‘payadi.  Dengiz  tubida,  suv  o‘tlari  va  chig‘anoqdar  ustida  kalin  bo‘lib  o‘sadi.  Tanasi 
uzunligi  1  mm  dan  1  m  gacha  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  turlari  dengizlarda,  ayrim  turlari  chuchuk 
suvlarda  (Limnomeduzae  turkumi  va  Graspedacusta  avlodi)  uchraydi.  Yapon  dengizi  va  Kurill 
orollari  yaqinida  tar-qalgan  butli  meduza  Gonionemus  juda  zaharli  hisoblanadi.  Ayrim  o‘troq 
yashovchi turlari korall poliplarga o‘xshash ohak skeletga ega bo‘ladi. 
Trachylida  turkumi  vakillarining  hayot  siklida  faqat  meduza  nasli  bo‘ladi,  nasl 
almashinmaydi.  Bu turkumga hamma okeanlarda  keng tarqalgan  Adlantha  avlodi turlari kiradi. 
Ayrim turlari (masalan, GuninaLeptolida turkumi turlari hosil qiladigan meduzalarda parazitlik 
qiladi. Polypodium hydriforme osyotrsimonlar tuxumida parazitlik qiladi. 
Hydrida  —  gidralar  turkumiga  yakka  yashaydigan  poliplar  kiradi.  Gidralar  nasl 
almashinmasdan ko‘payadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish