Tuzilishi. Gidra tana devori tashqi ektoderma
va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki
qavatni bazal parda ajratib turadi.
Ektoderma va
endoderma gastral tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi.
Gastral bo‘ shliq og‘iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og‘iz teshigini 5 dan12 tagacha
paypaslagichlar o‘rab olgan. Gastral bo‘shliq paypaslagichlar ichida davom etadi (33-rasm).
Gidroidlarda ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashadi. Shu sababdan
ularda halqum - ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak bo‘lmaydi.
Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va endoderma qavatlarida
silindrsimon yoki kubsimon epiteliy - muskul hujayralari ko‘p bo‘ladi. Hujayralarni bazal
membranaga tegib turgan kengaygan tomonida muskul tolalari bor. Tolalar ektodermada tana
bo‘ ylab, endodermada ko‘ndalang halqa shaklda joylashgan. Boylama muskullar qisqarganida
gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Halqa muskullar qisqarganida gidra tanasi
ingichkalashib uzayadi.
Epiteliy-muskul hujayralar orasida
otuvchi hujayralar-
pinetrantlar bo‘ladi.
Pinetrantlar ichida
otuvchi kapsula bo‘ladi. Kapsula suyuqligida mayda tukchali ilmoqsimon
sanchiluvchi stilet bor. Otuvchi hujayraning maxsus sezgir tukchasi-
knidotsel bo‘ladi (34-rasm).
Knidotsel 18 ta barmoqsimon o‘simtalar -
mikrovorsinkalar bilan o‘ralgan xivchindanb iborat.
Biror hayvon xivchinga tegib ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib, otuvchi hujayrani
qo‘zg‘atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga sanchiladi.
Kapsula ichidagi suyuqlik tola nayi orqali o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Suyuqlik mayda
hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi;
uning o‘rniga boshqasi hosil bo‘ladi.
Volventlar leb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar
suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ularning ipi o‘lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni
ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar
- glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Iplar
yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib oladi.
Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ko‘p bo‘ladi. Ektodermadagi
epiteliy -
muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda
interstitsial hujayralar to‘p bo‘lib
joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni hosil qiladi. Endoderma qavati asosan
hazm qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan epiteliy-muskul
va maxsus bez hujayralardan iborat.
Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega; ular soxta oyoqlar hosil qilib, gastral bo‘shliqdagi
zarralarni qamrab oladi. Endodermada bezli hujayralar gastral bo‘shliqqa hazm shirasi ishlab
chiqarishi tufayli oziq tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladi. Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan,
qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi.
Ko’ payishi va rivojlanishi. Gidralar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish
kurtaklanishdan iborat. Bundaa tana o‘rta qismida bo‘rtiq -
kurtak hosil bo‘ladi (35-rasm).
Kurtakning uchki qismida og‘iz teshigi va paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Kurtak ona
organizmidan ajraladi; suv tubiga tushib, mustaqil yashashga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish kuzda
sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko‘pchilik gidralar ayrim jinsli; ayrim oraliq hujayralar
bevosita tuxum hujayraga aylanadi; yoki ko‘p marta bo‘linib, spermatozoidlarni hosil qiladi.
Odatda tovonga yaqin joyda tuxum, og‘izga yaqin joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: