O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Gastrovaskulyar  sistemasi.  Kvadrat  shakldagi  og‘iz  teshigi  soyaboni  ostki  qismi 
o‘rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan (39-rasm). Og‘iz burchaklaridan xartumga o‘xshash 
yo‘g‘on  o‘simtalar-  og’iz  bo’laklari  osilib  turadi.  Xartum  oziqni  tutish  vazifasini  bajaradi. 
Ildizog‘iz  meduzalarning  ko‘p  burmali  xartumi  qo‘shilib  o‘sgan;  og‘iz  o‘rnida  mayda 
teshikchalar hosil bo‘ladi. Teshikchalar orqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar 
o‘tadi.  Og‘iz  teshigi  qisqa  endodermal  halqum  orqali  oshqozonga  ochiladi.  Oshqozon  chala 
to‘siqlar  yordamida  to‘rtta  kameraga  bo‘lingan.  Kameralarda  juda  ko‘p  bezli  hujayralarga  ega 
bo‘lgan gastral iplar joylashgan. Oziq bezlar ishlab chiqaradigan fermentlar ta‘sirida oshqozonda 
hazm  bo‘la  boshlaydi.  Oziq  zarralarini  endodermadagi  hazm    hujayralari  qamrab  olib  hazm 
qiladi. 
Meduzalar  oshqozonidan  8  yoki  8  karra  mikdorida  radial  naylar  boshlanadi.  Aureliya 
meduzasi  oshqozonidan  16  ta  nay  boshlanadi.  Naylardan  8  tasi  shoxlangan  bo‘lib,  4  tasi 
oshqozon  bo‘lmalari  qoq  o‘rtasidan,  4  tasi  oshqozon  to‘siqlari  ustidan  boshlanadi.  Shoxlangan 
naylar  orasida  8  ta  shoxlanmagan  naylar  bor.  Barcha  shoxlangan  va  shoxlanmagan  naylar 
soyabon  chetidagi  halqa  nay  bilan  tutashadi.  Naylar  oshqozon,  og‘iz  teshigi  va  halqum  bilan 
birga    gastrovaskulyar  sistemani  hosil  qiladi.  Bu  sistema  orqali  kislorod  va  oziq  moddalar 
meduza  tanasiga  tarqaladi;  almashinuvi  mahsulotlari  chiqarib  yuboriladi.  Ko‘pchilik  meduzalar 
har  xil  organizmlar,  jumladan  yirik  plankton  bilan  oziqlanadi.  Ildizog‘iz  meduzalar  ozig‘i  juda 
mayda  plankton  hisoblanadi.  Bu  jihatdan  ildizog‘iz  meduzalarni  g‘ovaktanlilarga  o‘xshash 
filtrlovchi organizmlar deyish mumkin. 
Nerv  hujayralari  soyabon  cheti  boylab  joylashgan  nerv  halqasini  hosil  qiladi.  Nerv 
halqasi  boylab  har  qaysi  ropaliya  yaqinida  bittadan  nerv  tuguni  joylashgan.  Ropaliyalar 
qisqargan  va  shaklan  o‘zgargan  paypaslagichlardan  iborat.  Har  bir  ropaliyada  bir  nechta 
ko‘zchalar  va  bitta  statotsist  joylashgan.  Ko‘zchalar  har  xil  tuzilgan.  Gidroid  meduzalarnikiga 
o‘xshash sodda ko‘zchalar bilan birga birmuncha murakkablashgan pufakcha tipidagi ko‘zchalar 
ham bor. Ko‘zchalar odatda ko‘z chuqurchasini epiteliy ostiga cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish