moslashuvchan va ko‟pincha maqsadli harakatlari notirik olamda mavjud emas. Hayot fizik qonunlarga boysinadi
Yetarli ma‟lumotga ega bo‟lmagan kishi uchun hayotning ushbu sakkiz xususiyati fizikaning eng asosiy qonunlarga ziddek tuyuladi. Vitalizm, hayot qandaydir mistik hayotbaxsh kuch tomonidan yaratilgan degan g‟oY. Bir zamonlar keng tarqalgan bu g‟oya fizik va kimyoviy qonunlarga zid. Biologik tadqiqotlar barcha tirik tizimlar fizika va kimyoning asosiy qonunlariga rioya etishini ko‟rsatgan holda vitalizm g‟oyasini butunlay rad etdi. Energiya va uning almashinishini tushuntiruvchi qonunlar (termodinamika) hayotni anglash uchun ayniqsa muhim (4-bobga q.). Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning almashish qonunidir. Energiya (o‟z-o‟zidan) paydo yoki yo‟q bo‟lmaydi, ammo bir shakldan ikkinchisiga o‟tishi mumin. Hayotning barcha jabhalari energiya va uni almashinishini talab etadi. Yerdagi hayotni ta‟minlash uchun energiya quyoshdagi termoyadro reaksiyalaridan ajralib chiqadi va yerga yorug‟lik va issiqlik ko‟rinishida yetib keladi. Yashil o‟simliklar va sianobakteriyalar (ko‟k va yashil suvo‟tlar) tomonidan yutilgan quyosh nuri fotosintez orqali kimyoviy bog‟larga aylanadi. Kimyoviy bog‟lardagi energiya potensial energiya bo‟lib, u bu bog‟ parchalanganda ajralib chiqadi; bu energiya ko‟p sondagi hujayra ichidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. O‟simliklarda boshqa shaklga o‟tgan va jamlangan energiya, keyinchalik, ularni yeydigan hayvonlar tarafidan ishlatiladi, va bu hayvonlar ham o‟z navbatida, ularni yeydigan hayvonlarni energiya bilan ta‟minlaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‟ra fizik tizimlar tartibsizroq bo‟lgan holatga, yoki entropiyaga intilishga moyil bo‟lishadi. O‟simliklar tarafidan yutilgan va jamlangan energiya, keyinchalik turli mexanizmlar orqali ajraladi va nihoyat issiqlik shaklida tarqalib ketadi. Tirik hujayralardagi murakkab molekulaviy tuzilma bu tuzilma enerigiya bilan ta‟minlanib turgandagina hosil bo‟ladi va yashay oladi. Hujayralarlagi materiallarning "hayotidagi" so‟nngi bosqich ularning kimyoviy bog‟larining issiqlik ko‟rinishidagi energiya shaklida tarqalib va parchalanib ketishidir. Organizmlarning tobora murakkablasha borishidan iborat bo‟lgan evolyusiya jarayoni bir qarashda termodinamikaning ikkinchi qonunini buzgandek tuyuladi, ammo bu jarayon ashub qonunni aslida buzmaydi. Organizmlarning murakkabligi quyoshdan biosferaga oqib kelayotgan energiyadan uzluksiz foydalanish va tarqalishi tufayli erishiladi va saqlanadi. Hayvonlarning tirik qolishi, o‟sishi va ko‟payishi oziqa moddalarining murakkab molekulalarini sodda organik chiqindilarga aylantirishdan ajraladigan energiyani talab etadi. Hayvonlarning energiyani oziqlanish va nafas olish orqali iste‟mol qilishlari