O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


O‟zbekistonda  zoologiyaning  rivojlanishi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

O‟zbekistonda  zoologiyaning  rivojlanishi  sharqning  buyuk  allomalari  Abu  Rayhon 
Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning nomi bilan bog‘liq. Zoologiya sohasidagi dastlabki tadqiqotlar 
kishilar sog‘lig‘ini saqlash uchun zarur bo‘ lgan dori-darmonlar tayyorlash bilan bog‘liq edi. XI 
asrning  buyuk  mutafakkirlaridan  biri  Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1043)  o‘zining  tibbiyot 
sohasidagi  asarlarida 101 xil  hayvonlar va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘  g‘risida  yozib 
qoldirgan.  Uning    "Hindiston"  (1030)  asarida  karkidon,  fil,  kiyik,  delfin  kabi  hayvonlar  haqida 
qiziqarli  ma‘lumotlar  keltirilgan.  Ayniqsa,  delfinlarning  tashqi  ko‘  rinishi,  tovush  orqali 
munosabatda  bo‘lishi,  karkidonning  tuzilishi  va  tarqalishi  to‘g‘risidagi  ma‘lumotlari  e‘tiborga 
loyiq. 
Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  "Kitob  ash-shifo"  asarida  odamlarning  ichagida  parazitlik 
qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni davolash to‘ g‘risida juda ko‘ 
p  ma‘lumotlar  keltiradi.  Olim  ularni  "katta  va  uzun  qurt",  "dumaloq  qurt",  "qovoq  urug‘iga 
o‘xshash  qurt",  "mitti  qurt"  deb  ataydi.  Qovoqsimon  qurt,  mitti  qurt  (kichik  zanjirsimon) 
tushunchalari  zoologiyada    hozir  ham  saqlanib  qolgan.  "Kitob  ash-shifo"  yirik  falsafiy  asar 
bo‘lib, unda  geologiya,  botanika, matematika, astronomiya, mantiq,  ilohiyotga oid  ma‘lumotlar 
ham keltirilgan. Olimning tabiiy fanlarga oid ilmiy ishlari K. Linneyga ham ma‘lum bo‘lgan. K. 
Linney o‘zi tasvirlagan o‘simliklardan birini Avitsenna  deb atagan. 
Hayvonot  dunyosi  to‘  g‘risida  ilmiy  ma‘lumotlar  Zahiriddin  Muhammad  Boburning 
(1483-1530)  shoh asari "Boburnoma"da ham  keltirilgan. Asarda u o‘zi  hukmronlik qilib turgan 
Hindistonda  uchraydigan  60  dan  ortiq  umurtqali  hayvonlar  to‘g‘risida  yozib  qoldirilgan. 
"Boburnoma"da  keltirilgan  hayvonlar  yashash  muhitining  xususiyatlariga  ko‘  ra  quruqlik 
hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratiladi. 
Yuqorida  keltirilgan  ma‘lumotlar  hozirgi  O‘rta  Osiyo,  jumladan  O‘zbekistan  hayvonot 
dunyosini  o‘rganishga  uzoq  davr  mobaynida  juda  kam  e‘tibor  berilganligini  ko‘rsatadi.  Bu 
sohadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asrning ikkinchi yarmida N. A. Severtsov boshlab berdi. 
U o‘z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshon va Pomir 
tog‘lari  hayvonlari  va  tabiatini  o‘rgandi.  O‘rta  Osiyo  hayvonot  dunyosini  o‘rganishda 
tabiatshunos olim A. P. Fedchenko xizmatlari ayniqsa katta bo‘ ldi. U 1868-1871 yillarda Oloy 
va  Zarafshonda  o‘  tkazgan  ekspeditsiyalarida  4000ga  yaqin  hayvon  turi  (asosan  hasharotlar)ni 
o‘z  ichiga  olgan  20000  ga  yaqin  kollektsiya  to‘pladi.  U  birgina  Zarafshon  vodiysi  yuqori 
qismidan  1000  dan  ortiq  hayvon  turini  yig‘adi.  Sayyoh  ipakchilik  bilan  ham  qiziqadi.  A.  P. 


Fedchenko  birinchi  bo‘lib  O‘zbekistonda,  xususan,  Samarqandda  rishtaning  biologiyasini 
o‘rganadi. 
A. P. Fedchenkoning zamondoshi V. F. Oshanin (1844 - 1945) Oloy vodiysi, Zarafshon 
va  Turkiston  tizma  tog‘lari  va  Pomir  tabiatini  tekshiradi;  Amudaryoning  yuqori  qismida 
tarqalgan  hasharotlarni  o‘rganadi.  U  "Turkiston  chala  qattiq  qanotlilar  faunasining 
zoogeografiyasi"  (1891)  kitobida  700  dan  ortiq  hasharotlar  turi  haqida  ma‘lumot  beradi.  V.  F. 
Oshaninning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi. 
O‘rta Osiyo hayvonlarini o‘ rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal sur‘atlar bilan 
olib  borildi.  Asrning  20  va  30-yillarida  O‘  rta  Osiyo  hududida  yashovchi  aholi  o‘  rtasida  keng 
tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni  amalga oshirishga katta e‘tibor berildi.  Buning 
uchun zoologlar oldiga  parazit va kasal  tarqatuvchi hayvonlarni  o‘rganish vazifasi  qoyildi.  Shu 
maqsadda  O‘  rta  Osiyo  boylab  bir  necha  ekspeditsiyalar  tashkil  etiladi.  N.  I.  Xodukin  (1896-
1954), L. M. Isayev (1868-1964) bezgak pashshalarini o‘rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini 
ishlab  chiqishadi.  L.  M.  Isayev  tashabbusi  bilan  O‘zbekistonda  bezgakni  tadqiq  etuvchi 
stansiyalar  va  Tibbiyot  parazitologiyasi  instituti  tashkil  etildi.  Olim  rishta  parazitini  o‘rganib, 
unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi. O‘sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 
50-yillarda O‘ rta Osiyoda bezgak va rishta kasalliklari batamom tugatildi. 
Asrimizning  20-yillarida  zoologiya  sohasidagi  asosiy  tadqiqotlar  yangi  tashkil  etilgan 
Turkiston  universitetida  olib  borildi.  A.L.  Brodskiy  (1882-1943)  bir  hujayrali  hayvonlarni  o‘ 
rganishni  boshlab  berdi.  U  Qizilqum  faunasini  tekshirib,  chig‘anokdi  soxtaoyoqlilarning  yangi 
turlarini  topadi  va  ularni  dengiz  soxtaoyoqlilari  bilan  yaqinligini  isbotlaydi.  Bu  tadqiqot  O‘rta 
Osiyo qumliklari o‘rnida qadimda dengiz bo‘ lganligidan dalolat beradi. D. N. Kashkarov (1878-
1941) O‘rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. T. 3. Zohidov Qizilqum hayvonlari 
ekologiyasini o‘rgandi: zoologiya sohasida bir necha  yirik asarlar  yozdi; V. V. Yaxontov (1899-
1970) hasharotlarni, A. M. Muhammadiyev (1906-1988) suv umurtqasizlarini o‘rganish borasida 
tadqiqotlar olib borishdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda M. N. Narziqulov va R. O. 
Olimjonov  (hasharotlar),  A.  T.  To’laganov  (fitogelmintlar),  M.  A.  Sultonov,  I.  X.  Ergashev,  J. 
Azimov  (zoogelmintlar),  S.  N.  Alimuhamedov  (zararkunanda  bo‘  g‘imoyoqlilar)  va  boshqa 
olimlar  ham  muhim  ilmiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirishdi.  Ayni  kunda  zoologiya  sohasidagi 
izlanishlar  ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqla. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish