Kurs ish: kirish, uchta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I.BOB. Mavzuning o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1 Bog’langan og’zaki nutqni rivojlantirish yo’llari
Nutq faoliyatining eng murakkab shakllaridan biri bog’lanishli nutq. O’qilgan matn mazmunini og’zaki va yozma holda bayon etish bog’lanishli nutqning asosiy ko’rinishidir.
Insho esa bog’lanishli nutqning yozma ijodiy shaklidir. Bog’lanishli nutqning bu ikki shakli ham nutq o’stirish,nutqni adabiy so’zlar bilan boyitish, hamda bolalarning tafakkurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
O’quvchilar o’qilgan asar yoki kuzatilgan narsa hamda voqea hodisalar yuzasidan berilgan savollarga kengaytirib to’liq javob berishga, javoblarning mantiqiy tomoniga ahamiyat berib,uni kichik hikoya tarzida ifodalab berishga, o’qitilgan asar, kuzatilgan buyumlardagi asosiy tomonlarni ajrata bilish va ularni aniq gapirib bera olishga o’rgangan bo’lishlari kerak. Bola aynan shu fikrning o’zini boshqa so’zlar bilan gapirib bera bilish va uni aniq ifoda qilish uchun zarur so’z va so’z birikmalari hamda gap tanlash lozimligi tushunishi ona tili dasturining bog’lanishli nutq bo’limidagi asosiy talablardan biridir.
Birinchi sinf o’quvchilari dastlab unchalik qiyin bo’lmagan matnlarni mustaqil qayta hikoya qilish, rasmlar seriyasi yuzasidan 3-4 gapli hikoya tuzish, keyinroq borib bir mavzuga qaratilgan mazmunli syujet rasmdagi voqea yuzasidan 3-4 gapishtirokida hikoya tuzishga o’rganadilar.Bunday mashqlar tobora murakkablashib, bolalarda asta -sekin ko’rganlari va o’z shaxsiy hayotiy kechinmalari yuzasidan mustaqil gaplar tuzish malakasi shakllantiriladi.
Bunday mashqlar vositasida bolalar gaptuzish va bayon, insho yozishda zarur bo’lgan ko’nikmalarni puxta egallab oladilar.
Dialogik va monologik nutq
Kishilarning nutqiy muloqoti ikki shaklda amalga oshiriladi:dialog-so’zlashish(di-ikki, logos-gapirish),ya’ni ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro suxbati,savol-javob almashishi va monolog -hikoya , ya’ni tinglovchilarga bir kishi (mono-bir, logos-gapirish)batafsil boshidan oxirigacha ma’lumot beradi, gapiradi.
Dasturning so’zlashuv nutqiga va gapirib berishga o’rgatish soxasidagi , ya’ni bog’lanishli og’zaki nutqni o’stirishga qo’yilgan talabi,asosan o’quvchilarni savol-javob , qisqa ma’lumotlar berish, kengaytirib gapirib berish, ya’ni dialog va monolog kabi og’zaki nutqning xar hil kerakli shakllaridan foydalana olishga o’rgatishdir. Dastur o’quvchilar oldiga bolalarni xar hil shakldagi nutqiy muloqotga:kattalar va bolalar bilan so’zlashish, o’qituvchining savollariga javob berish, atrofdagilarga savol berish va ular bilan so’zlashishga jalb qilish vzifasini qo’yadi. Keyinchalik o’qituvchining gaplarini tinglash va tushunish butun sinf uchun berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga ,jamoa bo’lib so’zlashishga, suxbatda qatnashishga,o’rtoqlarining javobini qunt bilan tinglashga va savol berishga o’rgatiladi.
So’zlashuv nutqining o’sishida “Oila” , “Maktab”, “O’quv qurollari”, “Transport” kabi va boshqa dasturda berilgan mavzu boyicha suxbat , o’yinlar katta ahamiyatga ega.Bunda suxbatlar, didaktik o’yinlar’ rasm ustida ishlash katta ahamiyatga ega .
Dialogni o'qitish nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biridir.
1. Lug'at va o'z fikrlarini ifoda etish qobiliyatini o'zlashtirish.
2. Muloqot o'tkazish qobiliyatini rivojlantirish so'zlar va sintaktik tuzilmalardan mustaqil foydalanishga yordam beradi.
3. Muloqotning dialogik shaklini o'rgatish jarayonida bayon qilishni, tavsiflashni o'zlashtirish uchun zaruriy shartlar yaratiladi. monolog nutq. Bunga dialogning izchilligi yordam beradi: suhbat mavzusi bilan izohlangan ketma-ketliklar ketma-ketligi, bayonotlarning o'zaro mantiqiy-semantik aloqasi.
Amaldagi o'quv mashqlari:
*Namuna bilan ishlashlik bo'yicha dialogni qurish.
*Taklif qilinganlar orasidan juft nusxalarini tanlash.
*Taklif qilinayotganlardan o'tkazib yuborilgan nusxasini dialog oynasiga kiritish.
*O'tkazib yuborilgan chiziq bilan kelishish.
*Muloqot boshida davom etishi.
*Berilgan vaziyat bo'yicha dialog tuzish.
*Xayoliy vaziyatda dialoglardan foydalanish, sahnalashtirish.
*Dialogik tuzilish matni bilan sodda kuylar.
*Dialogik shaklda she'rlar.
Dialogik nutqni shakllantirish bo'yicha ishlarda badiiy asarlarni o'rganishda mulohazali va maqsadga muvofiq dialoglar katta rol o'ynaydi. Matn ustida ishlashda asosiy narsa suhbatdir. Tadqiqot ko'plab so'z boyliklari, o'qishning mazmunli ishlashi, "o'qituvchi-talaba" suhbati, puxta o'ylangan savollar bilan birga keladi. Asar boy illyustratsion materialdan foydalangan.
Suxbat
Suxbat orqali bolalarning oilada, maktab , sinfda, turli faoliyat jarayonlarida va o’qituvchining raxbarligida o’tkazilgan kuzatishlar, ekskursiyalar, amali ishlar vaqtida egallagan tajribalari,kishilar hayoti va tabiat haqidagi tasavvurlari va bilimlarini maqsadga qarat aniqlaydi, mustahkamlaydi va ma’lum bir tizimga keltiriladi.
O’qituvchi bolalar bilan “oila , ota-onalarning mehnati, ona shahar haqida suxbatlashish orqali, ularda tevarak atrofga nisbatan to’g’ri munosabatlari , ota-onalar mehnatiga hurmatini, qariyalar va o’zidan kichuklarga g’amxo’rlikni , ota-onalarga , tug’ilgan joylariga muhabbat hislarini uyg’otadi va hokazo.
Suxbatning savol-javob harakteri bolalarda so’zlashuv,muloqot malakalarini tarkib toptirishga yordam beradi. Ularni sodda va tushunarli bayon etishga, so,zlashish vaqtida o’zini to’g’ri tutishga o’rgatadi. Suxbat deb o’qituvchining sinfdagi hamma bolalar bilan qandaydir bir mavzu yuzasidan tashkiliy so‘zlashuviga aytiladi.
Suxbat o‘tkazish o‘qituvchidan tayyorgarlikni talab etadi.
Suxbatni rejalashtirishda bolalarga tevarak atrof bilan tanishtirish bo‘yicha beriladigan dastur materialini belgilanishi, so‘ngra suhbat boshidan to oxirigacha izchil reja tuzishi zarur.
Suhbatning tuzilishi, mazmuni bolalar yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda mashgulotga nisbatan qiziqish, faol aqliy faoliyat uyg‘otish, ularning xislariga ta’sir etish uchun suxbatni aniq va emotsional bo‘lishini ta’minlash zarur. Suxbatni turlicha boshlash mumkin, masalan ma’lum voqea yoki xodisani eslatish ,so‘zlab berish; su’ratlar, o‘yinchoq, buyumlardan: gullar, sabzavotlar va boshqa narsalarni namoish etish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, transport haqidagn suhbatni boshlashda "Shaharda" mavzusiga oid suratni namoish etish mumkin. Bolalar o‘z kuzatishlariga tayangan xolda turli transport xillarini solishtiradilar, ekskursiyada ko‘rganlari va transportdan foydalanish qoidalari haqida so‘zlaydilar. Suhbatni she’r va topishmoq aytishdan boshlash ham mumkin.
Suhbatning mazmuniga bogliq holda javob berish, tushuntirish, ko‘rgazmali materiallar ko‘rsatish kabi turli usullardan foydalaniladi. Suhbatda bolalarning javoblariga katta e’tibor beriladi.
O‘quv yilining boshida xor bo‘lib javob berishga yo‘l qo‘yiladi. Lekin, o‘qkituvchi bu usuldan mumkin qadar kamroq foydalanishi kerak. Ko‘p xollarda suxbat vaqtida o‘qituvi bolalarning ko‘rgan-kechirganlariga asoslangan xolda yangi ma’lumotlar beradi, bolalar javobini to‘ldiradi, kengaytiradi.
1.2 Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar.
Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866–1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan. Ye.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillaridayoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida inqilobgacha 18 bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.I.Tixeyevaning pedagogik nazariyasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.I.Tixeyevaning «Ona tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim masalalarni til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xalqiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan. Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar singari oilada orttiriladi. Ye.I.Tixeyevaning fikricha, мaktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim»13. Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan olg‘a surilgan asosiy vazifasi – bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur. Ikkinchi vazifa – bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat. Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor. Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojlanishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi. Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishda Tixeyeva asosiy e’tiborni lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlan13 Тихеева Е.И..Развитие речи детей. – M.: Просвещение, 1976. 19 tirishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. U ko‘rgazmaviylik va kuzatishni bola nutqini rivojlantirish asosi deb hisoblaydi. Ye.I.Tixeyeva tomonidan ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan, ekskursiyalarni bunday tashkil qilish, uning fikricha, bolalarni bevosita tabiatga oshno qiladi, ularga jonli borliqni ularning tabiiy munosabatlari bilan birgalikda tanishtiradi. Ye.I.Tixeyeva nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlariga nisbatan qo‘yadigan asosiy talablari qatorida bolalar qiziqishlari va tajribalari, ularni jonli o‘tkazish, harakatlanish va sinab ko‘rish imkoniyatlari bilan aloqasini olg‘a suradi. O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.I.Tixeyeva quyidagilarni ishlab chiqqan: • bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi; • maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fikrlashini rivojlantirish; • original didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta’lim muassasasida foydalanish metodikasi. Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ishlarni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kungacha qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1889–1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika fanlari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan. Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida badiiy o‘qish muammolari bilan shug‘ullangan. Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun 20 birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir14. Ilmiy va amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50–60-yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo‘lim – grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan. A.P.Usova maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishning umumiy nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‘qitishga alohida o‘rin bergan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining o‘zi to‘g‘ri nutqiy rivojlanish kafolati bo‘lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy 14 Flerina Ye.A. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z. – M., 1933. 21 rivojlanishiga shunday sifatlarni kiritadiki, ular odatda, oddiy sharoitlarda zaif rivojlanadilar». Ta’lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta’minlaydi, hisoblaydi A.P.Usova. U bolalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo‘lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. A.P.Usova ona tili bo‘yicha dasturni o‘zlashtirish uchun barcha bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashg‘ulot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish uchun ham ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Tadqiqotchilarning asosiy e’tibori nutqiy mashg‘ulotlar mazmuni va metodikasiga qaratildi, bu asta-sekin Ye.A.Flerina ogohlantirgan «nutqni o‘rgatish» tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa – nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi. 60–70-yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini o‘rganish ishlari faollashdi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi bolalar o‘quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilnoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday o‘quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, M.Sh.Rasulova, N.U.Bikboyeva, A.G.Grigoryans, R.M. Qodirova, F.R.Qodirova, G.X.Jumasheva, S.G‘oziyeva kabi bir guruh olimlar tomonidan bazaviy umumta’lim dasturidan samarali foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |