Bob bo`yicha xulosa
“Hamlet” tragediyasi leksik-semantik jihatdan o`ziga xos bo`lib, asar matnida
atoqli otlar, Angliyada XVI-XVII asrlarda qo`llangan diniy-mifologik tushunchalar
bilan bog`liq so`zlar, kasb-hunar, amal-martabani ifodalovchi so`zlar ko`p uchraydi.
Bu esa asar tarjimonidan katta mahoratni talab qiladi. Jamol Kamol tarjimasida ana
shu leksik qatlamlar asliyatga muvofiq tarjima qilingan. Shekspirning “Hamlet”
tragediyasidagi kasb-hunar, amal-martabaga oid xos so`zlarning ma`no-mohiyati
butun bir davrning tarixiy kolorini aks ettirishda qanchalik muhim ahamiyat kasb
etishini ko`rish mumkin. Demak, bunday xosliklarni qayta yaratish tarjimondan
katta mahoratni talab qiladi.
Tragediyada qo`llangan murojaat ifodalovchi birliklar personajlar ruhiyati va
o`zaro munosabatini yanada ta`sirliroq ochib berishga xizmat qilgan.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |