Boshdan-oyoq qurol-yarog` taqqan bir kimsa,
Otangizga o`xshash zalvor qadamlar bilan
Goh u yoqqa yurgan, goh bu yoqqa yurgan.
Eshitganlarimni atay tasdiq etganday
Paydo bo`ldi o`sha soya, humoyun suvrat…(227-bet)
Hamlet xiyonatkor qirolning mayxo`rlini taomilga aylantirib olganini shunday
nafrat bilan ta`riflaydi:
Garchi menga ko`pdan tanish, odatiy bir hol,
Lekin manfur bu odatni yo`qotmoq darkor…
Chet ellarda laqabimiz – sharobxo`r to`ng`iz… (235-bet)
Ma`lumki, sifatlash mantiqiy aniqlovchining aynan o`zi emas. Agar
mantiqiy aniqlovchi bir narsa-buyum belgilarini boshqasinikidan oddiy farqlasa,
sifatlash yozuvchi tasvirlayotgan narsa-hodisa haqida yaxlit, bir butun , ko`chma
ma`noli tasavvur uyg`otadi.
22
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sifatlashlar badiiy asar tilini jozibador,
borliq tasvirini ta`sirli holda yaratishga xizmat qiluvchi lingvistik va poetik omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |