mashg`ulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg`ulot-bu nazariya bilan amaliyotni bog`lovchi o`ziga xos dars
shakli bo`lib, u talabalar tomonidan o`zlashtirilgan turli xil o`quv-amaliy
masalalarni, bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Samarali o`tkazilgan
amaliy mashg`ulot nazariy bilimlarni mustahkamlanishiga va o`quvchida kerakli
malakalarni xosil bo`lishiga olib keladi. SHuning uchun fan o`qituvchisi amaliy
mashg`ulotlarni o`tkazishning samarali uslublarini izlab topishga va o`quv
jarayoniga qo`llashga mas`uldir.
Amaliy mashg`ulot bevosita o`qituvchining rahbarligida va talabalarning
mustaqil ishlari bilan o`tkazilishi lozim. Amaliy mashg`ulotlar davomida talabalar
pedagog rahbarligida mustaqil ishlaydilar, nazariy bilimlarini amaliy masalalarni
hal etishga qaratadilar va shu yo`l bilan nazariyani amaliyotga tatbiq etish
mahoratini egallaydilar. Amaliy mashg`ulotlarning o`quv jarayonida tutgan o`rniga
ko`ra ular bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega bo`lmay, nazariy ta`lim bilan
ishlab chiqarish ta`limi o`rtasidagi oraliq vaziyatni egallaydi va bu oraliq vaziyat
mutaxassislar tayyorlashda mazkur ikki tomon o`rtasida aloqa o`rnatishning eng
muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda dars o`tkaziladigan xona yorug` va shinam
bo`lishi, shaxsiy komp yuter yoki joriy komp yuter bilan jihozlangan bo`lishi,
nazariyaga oid adabiyotlar o`quv ko`rsatmalari, maxsus bildirgichlar, kataloglar
bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. Mazkur ta`minotning to`liq bajarilishi, amaliy
mashg`ulotlar o`tkazilishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishi aniqlangan.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda va unda yechiladigan masalalarni tahlil
qilishda quyidagi talablarni bajarish lozim bo`ladi:
1. Masala yechilishi davomida muayyan ishlarni bajarishga e`tibor berish,
talabaning mustaqil ishlashiga alohida ahamiyat berish;
2. Masalani yechishda xonadagi mashina yoki komp yuterlarning havfsiz
ishlashiga, xonada havfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishga e`tibor berish
lozim.
Talabalarning amaliy mashg`ulot ustida mustaqil ishlashini ta`minlash va
ularning amaliy mashg`ulotlarga ijodiy izlanishlar ruhida yondashishini vujudga
keltirish maqsadida har bir talabaga xususiy opshiriqlar berish maqsadga
muvofiqdir. Har bir amaliy mashg`ulot topshiriqlarini bajarish uchun talabalarga
taqdim etiladigan masalalar to`plami ishlab chiqiladi.
Amaliy mashg`ulotlarning muvaffaqiyatli o`tishi va tugashi talabalarda
«majburiylikka» xos vaziyatni vujudga keltirish bilan emas, balki yuqori madaniy
muhit va intilishlarni, ya`ni xonada sog`lom muhitni vujudga keltirish, talabalar
o`rtasida bir-biridan sog`lom o`zib ketish, sog`lom raqobat, hisoblash ishlaridagi
ishchanlik(ishtiyoq)ni rivojlantirish, natijalarni qisqacha tahlil qilish bilan bog`liq
bo`lishi kerak. O`quv xonasidagi sog`lom muhit-o`qituvchining ishbilar-monligi
va mahorati bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bunga u mazkur mashg`ulotga xos
qiziqarli topshiriqlar berish va amaliy jarayonni to`g`ri tashkil etish bilan erishishi
mumkin.
Umuman olganda, o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish
jarayonida quyidagi omillarni hisobga olish kerak.
-Har qanday bilimlar sezgilarimiz orqali xosil qilinadi.
-Bilimlar asosida malaka va ko`nikmalar shakllantiriladi.
-Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish darslarida har bir o`quvchi o`ziga xos
psixologik tabiatga ega ekanligini namoyish etadi.
-Har qanday malaka faqat tajribalar orqali hosil qilinadi.
“Informatika va AT” fanining dasturida mashg`ulotlarni ma`ruza, amaliy,
tajriba va mustaqil ta`lim shakllarida olib borish nazarda tutiladi. Amaliy
mashg`ulotlar jarayonida talabalar zamonaviy texnika va texnologiyalarni
o`rganishga
doir
muayyan
amaliy
topshiriqlarni
bajaradilar.
Amaliy
O`quv faoliyati
natijalarini
nazorat qilish va
mashg`ulot
natijalarini tahlil etish
Yo`l qo`yilgan kamchiliklarni
tuzatish va sabablarini aniqlash
va tuzatish yo`llarini
tahlil etish
Mashg`ulotni
yakunlash va
Uyga vazifa berish
O`quvchilar oldiga
amaliyot darsining
asosiy maqsadini
қo`yish
O`zlashtirish usullarini
tashkil etish va ularni
amaliyot
o`tkazishga tadbiq etish
;
Amaliyotni o`tkazish va
ijodiy
Yo`l bilan amaliy
malakalarga
ega bo`lish
Tashkiliy holat: o`quvchilarni
darsga ichki psixologik va tashqi
tayyorgarligini tekshiruv bilan
harakterlanadi.
Uy vazifasini
tekshirish
mashg`ulotning
samaradorligini
oshirish
maqsadida
yangi
pedagogik
texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniladilar.
“Informatika va AT” fanining amaliy dars jarayonlari quyidagi ketma-ketlikda
tashkil etiladi:
1. Qo`yilgan masala atroflicha o`rganib chiqiladi va uni hal qilish uchun lozim
bo`lgan boshlang`ich ma`lumotlar to`planadi;
2. Masalani hal qilishdagi natijaviy ma`lumotlar belgilab olinadi;
3. Qo`yilgan masalani yechish usullari o`rganiladi;
4. Tanlangan usullar bo`yicha aniq loyihalar ishlab chiqiladi;
5. Ishlab chiqilgan loyiha asosida amaliy topshiriq bajariladi;
7.Topshiriq natijalari olinadi va tahlil etiladi;
8. Olingan natijalarni to`g`riligi va aniqligi tekshirilib, baholanadi.
O`qituvchi dars jarayonini tashkil qilar ekan, avvalo uning samarali
bo`lishi, o`quvchilarning mavzuni to`liq o`zlashtirishini o`z oldiga maqsad qilib
qo`yadi. SHu sababli darslarni tashkil qilishning turli xil usullaridan foydalaniladi.
O`qituvchi dars tuzilmasini tuzar ekan, dars tuzilmasi darsning maqsadli kechishini
ta`minlovchi va uning turli elementlari orasidagi munosabatlarni tavsiflovchi
faoliyatlar zanjiridir.
Dars oldiga qo`yilgan maqsadlarga ko`ra turlicha tuzilmalarga ega bo`lishi
mumkin. Hozirgi kunda pedagogik amaliyotda dars tuzilmalarining har xil
variantlari qo`llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |