O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–техnologiya instituti akademik litseyi «tasdiqlayman»



Download 250,5 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2020
Hajmi250,5 Kb.
#32051
  1   2   3
Bog'liq
KONFERENSIYA TAQDIMOTI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN

MUHANDISLIK–ТЕХNOLOGIYA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYI

«TASDIQLAYMAN»

Akademik litsey MMIBDO’

______ ________________


IJTIMOIY-GUMANITAR VA SOG’LOMLASHTIRISH” kafedrasi Tarix fani o’qituvchisi



SADRIDDINOV ABRORJONNING

TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING O’RNATILISHI. XALQ HOKIMIYATCHILIGI

UCHUN KURASH.

TURKISTON MUXTORIYATI.

mavzusidagi konferensiya
T A Q D I M O T I


2016-2017 O’QUV YILI

Mavzu:Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.
Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston muxtoriyati.


Reja:


  1. 1917-yilgi oktabr voqealari va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta 'siri.

  2. Turkistonda sovet hokimiyatining zo'rlik bilan o'rnatilishi.

  3. Turkiston Muxtoriyati.

4. Turkiston Muxtoriyatining halokati, uning saboqlari.

Turkistonda sovet hokimiyatini o'rnatish g'oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g'oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi sotsialistik o'zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan o'ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo'jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o'zgartirishni xohlamasdi.

Binobarin, bu begona maslak va g'oyalar bolsheviklar firqasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo'rlik bilan o’lka xalqlariga majbur qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryo yanglig' to'kilishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo'ldi. Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga o'tishni xohlamagan, uning maqsadi-mohiyatini yoqtirmagan ko'pchilik aholiga nisbatan o'lkaning ko'plab hududlarida ochiq-oshkor tarzda talon-torojlik, bosqin va xunrezliklar uyushtirdilar.

Aholini ma'naviy-ruhiy kamsitish, diniy e'tiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni haqoratlash, diniy kitoblarni tubdanda yondirish — bular sovet tuzumi zo'ravonlari uchun o'sha kezlarda odatiy tus bo'lib qolgandi. Aniq rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona vodiysida sovet hokimiyatini o'rnatish chog'ida Marg'ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Bozorqo'rg'on va Qo'qonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirg'in qilingan. Bunday qirg'inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet hokimiyatini o'rnatish chog'ida sodir etildi.

Sovet hokimiyati dohiylari o'zlarining qator rasmiy dasturiy hujjatlari va shiorlarida bor ovoz bilan olamga jar solib, barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiy tenglik, o'z taqdirini o'zi belgilash, milliy davlatchiligini tuzish va mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga qadar ularning haqli, huquqli ekanligini e'lon qilgan edilar.

«Rossiya va Sharqning hamma mehnatkash musulmonlariga» da'vatnomasi va boshqa hujjatlarda mazlum xalqlarning ozodlik va mustaqillikka erishuvini rasman qo'llab-quvvatlagan holda, amalda zimdan boshqacha siyosat tutib, bu jarayonning yuzaga chiqishiga butun choralar bilan to'sqinlik qildilar.

Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukumatini tuzish chog'ida to'la kuch bilan ayon bo'ldi. Gap shundaki, o'lka hududlarida sovetlar hokimiyatini zo'rlik bilan o'rnatish jarayoni davom etayotgan bir kezda Turkiston bolsheviklari o'zlariga o'xshagan boshqa siyosiy partiyalar namoyandalari bilan til biriktirib, mahalliy millat namoyondalarini bu ishdan mustasno tutib, o'z hukumatini tuzishga kirishadilar. Bu hiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlik mahal­liy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchilikning manfaatini ko'zlaydigan hukumat tuziladigan bo'lsa, bu turgan-bitgan adolatsizlik bo'ladi va ko'pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi, deb o'z nuqtai nazarlarini oshkora bayon qildilar.

1917-yilning 12—15-noyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston musulmonlarining III qurultoyi qabul qilgan qarorlarda: «hokimiyatning mahalliy aholi manfaati uchun deyarlik zid bo'lgan begona va o'tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi — harbiylar, ishchilar va dehqonlar tashkilotlari qo'lida bo'lishi demokratik qoidalar talabiga javob bermaydi va mahalliy aholiga xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilashi asosida to'g'ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi», deb qayd etilgan edi.

Biroq bu haqqoniy talab va ogohlantirishlar Turkistonda sovet hokimiyati mutasaddilari sifatida ish yuritayotgan,, joylarda esa bu hokimiyatni zo'rlik yo'li bilan qaror toptirayotgan bolsheviklar va ularning muvaqqat ittifoqchilariga zarracha ham ta'sir etmadi. Ular o'z muddaolariga erishish maqsadida Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III o'lka qurultoyini chaqirdilar. Mazkur qurultoy 1917-yil­ning 15—22-noyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Biroq uning ishida Turkiston musulmonlari vakillari teng huquqli asosda ishtirok eta olmadilar.

Qo'qon Muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo'qotish payti-da yana bir xatoga yo'l qo'ydik. Qurol-yarog'i deyarli bo'lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o'rniga, biz to'plardan o'qqa tutdik, keyin dashnoqlaming qurolli to'dalarini ishga soldik. Natijada talon-toroj, nomusga tegish, qirg'in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo'lmagan tinch aholi katta zarar ko'rdi».

Xuddi shuningdek, sovet Turkistoni organi — «Znamya svobodBi» («Ozodlik bayrog'i») gazetasi o'zining 1918 yil yanvar oyi sonlaridan birida: «Rus bolsheviklar hech qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o'z huquqlari va taqdirlarini haqiqatdan o'zlari belgilamoqchi bo'lganlarida bunga yo'l qo'ymadi», deb yozgan edi. Bu xil xolis fikrlarga izohning hojati bo'lmasa kerak.

Turkiston Muxtoriyati mag'lubiyatga uchrab, halokatga yuz tutgan bo'lsa-da, biroq u o'lka xalqlarining hayoti va tarihiy taqdirida o'chmas iz qoldirdi. Eng muhimi, u endigina mustaqillik sari yuz burgan, o'z erki, ozodligi va baxtini qurish yo’lida ilk qadamlar qo'ygan jafokash xalqning ko'zini ochdi, ongi, shuurini istiqlol nuri bilan yoritdi. Muxtoriyat tajribasi Turkiston xalqlarining milliy o'zligini anglashiga, do'stu dushmanning farqini chuqur bilib olishiga, mustaqillikka erishish jarayoni murakkab ziddiyatli kurashlar orqali shiddatli kechishiga, bu yo'lda murosayu madoralarga o'rin bo'lmasligiga, kerak bo'lganda beadad qurbonlar berishga to'g'ri kelishini tushinib yetishiga yordam berdi.

Muxtoriyat fojeasi ayni chog'da sovetlar hokimiyatining mazlum xalqlarning ularning huquqiy tengligi, o'z milliy davlatchiligini barpo etishga haqli-huquqliligi haqidagi shiqrlarining butun firibu soxtakorligini afkor omma nigohida ochiq-ravshan ko'rsatib berdi. Bu esa erk va ozodlikka intilib yashab kelgan turkistonliklar uchun katta hayotiy saboq bo'ldi.

Turkiston aholisi endilikda o'z erki, mustaqilligini birovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning «dohiylari» yordami bilan emas, balki faqat o'z kuchlari, o'z qadoq qo'llari bilan, o'z milliy rahnamolari yetakchiligida birgalikda kurashib, qo'lga kiritishlari mumkinligiga qat'iy ishonch hosil qildi.



ILOVALAR:


Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish