pog‘onaliligini kiritadi.
Shaxsning ijtimoiy tabiati ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi: ishlab
chiqarishdagi munosabati, moddiy boylikni ishlab chiqarish va iste'mol qilish hamda
muayyan ijtimoiy guruhga bo'lgan siyosiy munosabati.
Shaxsning bir butunligi uning normal va har tomonlama rivojlanishini
belgilovchi tashqi ta'sirlar majmuidir.
Pog'onalilik - insonning shaxs sifatida ma'lum davrlarda yosh va ijtimoiy
shakllanishi.
Shaxs va uning rivojlanishi muammosi ko‘plab psixologlar, sosiologlar va
pedagoglaraing tadqiqot obekti bo‘lib kelmoqda. Bu tadqiqotlar tahlili unga bo‘lgan
bir qator yondashuvlarni keltirib chiqardi:
1.Sotsiogenetik
yondashuv
shaxs
rivojlanishini
jamiyatning
tuzilmasi,
ijtimoiylashuv usullari, uning atrof-muhit bilan aloqasidan kelib chiqqan holda
tushuntiradi. Bunday yondashuvda ijtimoiylashuv, o'rganish, ijtimoiy vazifa
nazariyalari amal qiladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasi ta'kidlaydiki, inson biologik hosila sifatida dunyoga
kelib, ijtimoiy shart - sharoitlar ta'siridagina shaxs bo‘lib yetishadi.
O‘rganish nazariyasi (ye. Torndayk, B. Skiner va b.) ga ko‘ra shaxs hayoti, uning
munosabatlari, tahsil ko‘rish, o‘rganishni mustahkamlash, bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish natijasidir.
Rol bajarish nazariyasining mazmuni shundan iboratki, shaxsga jamiyatda
muayyan ijtimoiy rol (barqaror xulq usullari to‘plami) tayin qilinadi. Bu rol shaxs
xulqining xarakterini, uning boshqa insonlarga bo‘lgan munosabatini belgilaydi.
Bu nazariyalarning kamchiligi shundaki, u inson hayotining obektiv, ijtimoiy-
tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olmaydi.
284
2.
Biogenetik yondashuv shaxs rivojlanishida organizm yetilishidagi
biologik jarayonlarni asos qilib oladi. Bu yo‘nalishda Z.Freyd tadqiqotlari ajralib
turadi. Uningcha, shaxs xulqi insonning fiziologik, beixtiyor mayllari, havaslari bilan
bog‘langan. ye.Krechmer shaxs tiplarini insonning gavda tuzilishi xususiyatlaridan
keltirib chiqaradi. S.Xoll ta'kidlashicha yesa, shaxsrivojlanishi doira shaklida, ya'ni
yig‘inlar, ishtiyoqlar shaklidagi jamiyatning bosqichli rivojlanishidir.
3.
Psixogenetik yondashuv na biologiya va na muhit ahamiyatini inkor
yetmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu
yondashuvda psixodinamik, kognitiv va personologik nazariyalar amal qiladi.
Psixodinamik yo‘nalish (ye.yerikson). Bunda shaxs xulqi emotsiya, ishtiyoq va
boshqa psixikaning ratsional bo‘lmagan komponentlari orqali tushuntiriladi. Kognitiv
nazariya vakillari (J.Piaje, D.Kelli va boshqalar) shaxs psixikasining intellektual -
bilish doirasi xususiyatlariga suyanadilar.
B.
G.Ananev shaxsga 4 tomon birligi nuqtai nazardan qaraydi: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: |