Maxsus pedagogik faoliyatdagi talablar.
O’qituvchi shaxsiga bir qancha jiddiy talablar taqdim etiladi. Qaysiki yashayotgan
va ishlayotgan pedagog uchun, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyat, malakali pedagog uchun
asosiy va qo’shimcha psixologik xossasidir. Bosh va kundalik talabi pedagogik
faoliyatda bolalarga bo’lgan muhabbat, bolalarga ta'lim berishi uchun bu soha bo’yicha
maxsus bilim; keng bilimdonlik, pedagogik hissiyot, ko’p qirrali intelekt, umumiy
axloq qoidalar va madaniyat, bolalarni turli xil uslublar bilan ta'lim berishda kasbiy
qobiliyat. Bu barcha xususiyatlar tug’ma hisoblanmaydi. Bu xususiyatlar yillar
128
davomida mas’uliyatli mehnatning va o’z ustida ishlashning natijasi hisoblanadi.
Pedagogga
qo’yiladigan
qo’shimcha
va
barqaror
talab
o’zining
tashqi
ko’rinishi,aktyorlik mahorati, muloqotga kirisha olishi, xush kayfiyati
va
boshqalar.
Bu sifatlar keraklisidir, ammo bulardan tashqari o’qituvchi alohida-alohida
munosabatda bo’ladi. Misol qilishimiz mumkin, tez muloqotga kirisha olmaydigan
matematika o’qituvchisi bilimi va o’qituvchilik jihatdan qobiliyati yaxshi rivojlangan,
insonlarga nafi tegish darajasi yo’qligi bo’lsa ham , u yaxshi o’qituvchi bo’lib
qoladi.Yoki bo’lmasa aksini ko’rishimiz mumkin. Bosh va ikkinchi darajali pedagogik
sifatlarning jami pedagogning individualligini xosil qiladi, qaysiki o’qituvchi ulkan va
o’ziga xos shaxsni taqdim etadi. Pedagogning o’zgarmas sifati masalasida, hozirgi
vaqtda va hozirgi ish joyida jamiyat tarixi haqida ma'lumotga ega bo’lishi kerak.
O’quvchini shaxs darajasiga keltirish uchun-hozirda bizga aynan shaxs kerak
vaqtda,quyidagi talablar - pedagog mustaqillikka ega bo’lishi, savodxon bo’lish i,
o’ziga xosligi, erkin bo’lishi va boshqa sifatlarni o’zida rivojlantirishi kerak. O’zini
ishini yaxshi yo’lga qo’shish uchun pedagog pedagogik qobiliyatga ega bo’lish i kerak.
Pedagogik qobiliyatda bolaning tarbiyasi va ta'limi uchun o’qituvchi katta natijalarga
erishishi lozim.
Quyidagi pedagogik qobiliyatlarni keltirish mumkin:
•
Didaktik qobiliyat- o’quvchilarga ta'lim berishning mazmun va metodlarini
tanlab olishi, o’quvchilarda ijobiy faollikni oshirish maqsadida o’quv materiallarini
to’g’ri taqdim eta olish;
•
Ekspressiv qobiliyat- o’qituvchi dasturdagi materialni xissiy va tasviriy
ifodasini topish;
•
Perseptivlik qobiliyati- o’qituvchining o’quvchilarga psixologik kuzatuvlari
natijasidagi munosabatda ko’rinadi, ularning ichki ma'naviy holatini, yosh va yakka
xususiyatidan kelib chiqqan holda tarbiyalanuvchini tushunish;
•
Tashkilotchilik qobiliyati, sinfda tartib-intizomni ta'minlash; darsning xar bir
minutidan foydalanish,o’quvchilardan ahil va jipslashgan jamoani tashkil etish;
•
Suggestiv va boshqaruv qobiliyati-o’quvchilar ko’z o’ngida kuchli hissiy-
129
irodali o’qituvchi timsolini shakllantirish asosida uning avtoritetini namoyon etish;
bilimlarni egallash, ko’nikma va fanlarni bilish bilan akademik qobiliyat bir-biriga
bog’liq.
Maxsus pedagogik qobiliyatga pedagogik takt kiradi, u bolalar tarbiyasi va
pedagogik muloqot qobiliyatidir.P edagogik takt o’qituvchi shaxsining psixologik
tomonlarini baholabgina qolmasdan, quyidagi talablarni o’z ichiga oladi.O’qituvchi
o’zini harakatlari bilan darsda ijobiy psixologik atmosferani muqarrarlashtirishi,barcha
ta'lim oluvchilarning faoliyati va muloqoti uchun barcha shart-sharoitlarni
yaratishi,bolalar bilan do’stona munosabatni rivojlantirishi lozim.Buning uchun
quyidagilar zarur:
•
Biror bir o’quvchining yutuqlari bilan boshqalarning omadsizligini ta'kidlash
kerak emas;
•
Kuchli va kuchsizlarni qarama-qarshi qilmaslik;
•
Bolani butun sinf oldida tanqid qilmaslik, ko’pincha alohida suhbatlashish;
•
Kuchsizlarning kichkinagina yutug’ini anglash;
•
Bolalar bilan nima bo’layotganini jiddiy qabul qilish;
•
Tushunishni shakllantirish, shaxsning ko’pgina sifatlari orasida yaxshi o’qish bu
qobiliyatligini singdirish.
“Ko’pgina omillarni ko’zdan kechirar ekanmiz, aytishimiz mumkinki
o’qituvchilik kasbi uchun davr o’zgardi. Ammo o’qituvchilik kasbi hali ham o’ziga
jalb qiluvchi, mamnuniyat ulashuvchi muhim kasb bo’lib qolaveradi. Hozirgi zamon
talablari shuni anglatadiki, o’qituvchilar endi o’z ishiga bo’lgan tayyorgarliklarini
avvalgilariga qaraganda, yoki siz o’zingiz o’qigan maktabdagi o’qituvchilardan farqli
o’laroq boshqacha, ya’ni mukammal tayyorlanishingizni talab qiladi. Baxtimizga buni
amalga oshirishning turli usullari bor. Bu usullar maktablarda o’qitish uchun
amaliyotga ko’p vaqt ajratadi. Misol uchun o’qituchi tayyorlash insturktorlari hozirgi
kundagi eng zo’r ta’lim tarbiya amaliyotida ta’lim tarbiya to’g’risidagi tushunchalar va
g’oyalarni psixologiya bilan boshlashga muttasil ravishda urinishadi. Demak
zamonaviy o’qituvchilikka tegishli bo’lgan turli tamoyillar nafaqat siz o’zingiz
xohlagan o’qituvchi bo’lishingizni xohlash uchun balki siz bo’lishingiz lozim bolgan
130
o’qituvchi bo’lishingizga katta ko’mak beradi.
O’qituvchilik to’g’risida juda ko’p narsalarni o’rganishimiz mumkin va buning
ko’p qismi ta’lim-tarbiya psixologiyasidan kelib chiqadi. Hozirgi kunda
o’qituvchilikning ilgari bo’lmagan o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Joriy
o’zgarishlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, bizga shunisi ma’lum bo’ldiki hozirgi kunga
kelib biz o’qituvchilik uchun yangi zamon talabiga mos ko’nikmalarga ega bo’lishimiz
kerak hamda, bizga bu yo’lda psixologiya hamroh bolib qoladi”.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |