O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

O‘qituvchi  professiogrammasi.  Professiogramma  -

  kasbning  turli  ob’ektiv 

xarakteristikalarining  tasnifi  ya’ni  Kasb  tanlashga  yo‘naltirilgan  shaxsning  qiziqishi, 

mayli,  xohishi,  o‘zini  o‘zi  baholashi,  nufuzi  kabilarga  oid  materiallarni  o‘zida 

mujassamlashtirishdir.  

O‘quvchilarni  professiogramma  bilan  tanishtirishda  bosh  maqsad  quyidagi 

tarkibiy qismlari o’z aksini topadi:: 

A)

 



asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - xayoli - 

xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; 

B)

 

asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga 



oshirish  imkoniyati  mavjudligini  aniqlash  va  qaysi  sohalarda  ishlatish  mumkin 

ekanligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini to‘g‘ri tasavvur 

qila olish; operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf qilish uchun harakat 

qilish; 


V) asosiy qurollar va vositalar: qo‘l aslahalaridan - slesar, xirurg, skripkachi, 

g‘ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; 

G) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o‘rab turgan tabiiy muhit va 

sharoitlar,kishilar va hokazo. 

O’qituvchilik professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

1)

 



O’qituvchi shaxsining xususiyatlari; 


 

120 


 

2)

 



O’qituvchining ruxiy-pedagogik tayyorgarligiga qo’yilgan talablar; 

3)

 



Maxsus tayyorgarlik xajmi v amazmuni; 

4)

 



Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni. 

Professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq: 

1.

 

Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi  



2.

 

Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar; 



3.

 

Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi; 



4.

 

Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari; 



5.

 

Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 



6.

 

Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi; 



7.

 

Mehnat mahsullarini baholash mezonlari;  



8.

 

Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari. 



9.

 

Ish  qanday  vositalar  yordami  bilan  bajarilish  imkoniyati  va  uning 



motivirovkasi. 

10

 



.Ishning bajarilish shart va sharoitlari; 

11

 



.Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 

12.


 

Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilanhamkorlikda?); 

13.

 

Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar; 



14.

 

Mehnat  faoliyatida  mas’uliyatning  va  xavf  –  xatarning  qaysi  daqiqalari 



(holatlari) uchrashi; 

15.


 

Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, 

ma’naviy  ozuqa,  imtiyoz,  ijtimoiy  moyillik,  altruizm  xislati,  maqtov,  jamoatchilik 

bahosi va boshqalar);  

16.

 

Ish  yoki  faoliyatning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ko‘ra  qanday  talablarga 



va cheklanishlarga ega ekanligi. 

Insonning  mehnat  faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash  maqsadga 

muvofiq: 

-

 



F.Gilbertning  “Ish  kuni  fotografiyasi”  metodikasi  (rasmlarda  ifodalangan 

ishchining  harakatini  kuzatish,  ko‘zdan  kechirish  orqali  ularni  tahlil  qilish  (sa’i- 

harakatlar  bo‘yicha  tizim  vujudga  keltirish,  ulardagi  o‘zgarishlarga  binoan  muayyan 



 

121 


 

ketma-ketlikda joylashtirish); 

-

 

A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va 



smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish); 

-

 



o’quvchilarda  dars  boshida,  o‘rtasida  va  oxirida  yoki  boshqa  vaziyatlarda: 

yordamchi  yumush  bilan  shug‘ullanish  holati,  dam  olish,  uyqu  va  shu  kabilar. 

Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning 

har  biridan  foydalanish  mumkin:  kuzatiluvchining  psixologik  portretini  yaratish 

(o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hakazo. 

Bu  kuzatishda  empatiya  ya’ni  insonning  o‘zini  xayolan  suhbatdoshi  o‘rniga 

qo‘yish  orqali  uning  kechinmalari  va  hissiyotlarini  tushunishga  intilishi.  Bunda 

insonning  emotsional  muammolariga  yondashishi  tushuniladi.  Bu  boshqa  odam 

hissiyotlari  va  kechinmalariga  hamdard  bo‘la  olishdir.  Bir  tomondan  ob’ektni 

tushunishda  uni  o‘rniga  o‘zini  qo‘ya  olishi  muhim  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  uning 

ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo‘la olish ham muhimdir. 

Insonning  inson  tomonidan  idrok  etilishida  yo‘naltirishning  roli  kattadir.  Bu 

ayniqsa  inson  haqida,  noma’lum  inson  haqida  ilk  fikrlarni  olishda  muhimdir.  Bu 

borada  A.A.Bodalevning  o‘tkazgan  tadqiqotlari  nihoyatda  ahamiyatlidir.  Ikki  guruh 

o’quvchilariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, 

ikkinchi  guruhda  esa  rasmdagi  kishi  yirik  olim  deb  e’lon  qilinib,  ularga  portretni 

yozma  ifodalash  vazifasi  beriladi.  Birinchi  holatda  quyidagi  tavsiflar  beriladi,  ya’ni 

ko‘zlarini  ichiga  kirib  ketgani,  ichki  alam,  qasosdan  uzun  dahan,  boshlagan  ishi, 

jumladan jinoyatni yakuniga etkazish kabilar ekanligi qayd etiladi. 

Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda 

uzun  dahan  qiyinchiliklarga  bardoshlilik,  irodalilik  sifatida  baholangan.  Keltirilgan 

mulohazalardan  ko‘rinadiki,  insonni  inson  tomonidan  idrok  qilinishida  tashqi 

tomondan  berilayotgan  ko‘rsatma,  shaxsning  bu  boradagi  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalari muhim rol o‘ynaydi. 

Psixogramma professiogrammaning asosiy qismi hisoblanadi, chunki u kasb eki 

mutaxassislik  bo'yicha  xodimga  qo'yiladigan  psixologik  talablar  sifatini  belgilaydi. 

Uning  xajmi  va  mazmuni  kasbiy  o'qitish,  kasbiy  tanlash,  kasbiy  yo'naltirish, 



 

122 


 

shuningdek  korxona  kadr  siyosatiga  binoan  bir  joydan  ikkinchi  joyga  o'tkazish 

maqsadlariga muvofiq belgilanadi. 

 



Psixogramma  quyidagi  xaqqoniy  ma'lumotni  taqdim  etuvchi  manbaalar 

yordamida tuziladi: 

 

xronometraj  jadvallari,  yo'riqnomalar,  instruksiyalar,  izoxlar  muhim  o'rin 



egallagan hujjatlar; 

 



xodimlarni 

shaxsiy 


kuzatishlari, 

anketalar, 

tabiiy 

va 


laboratoriya 

eksperimentlarini o'z ichiga oluvchi yozma va og'zaki so'rovlari; 

 

maqsadli tadqiqotlar ma'lumotlari; 



 

xodimlar 



ish 

joylarida 

o'tkaziladigan 

ergonomik 

tadqiqotlar 

elektrookulografiya,  elektroensefalografiya,  kinosiklografiya,  fiziologik  parametrlar 



telemetriyasi, telexronorefleksometriya va boshqalar. 

Kasb  yoki  ish  joyi  va  mutaxassislik  psixologik  xarakteristikasi  strukturasi 

quyidagi ko'rsatgich va talablar bilan belgilanadi: 

 



tashkilot, jihoz va mehnat sharoitiga talablar; 

 



mehnat psixologo-pedogogik jihatlarini boshqarish va tashkil etilishiga talablar; 

 



ishchi  guruh  rahbariga  talablar:  pedagogga,  tashkilotchiga,  mutaxassisga, 

shaxsga; 

 

ijtimoiy-psixologik ko'rsatgichlari va mehnat jamoasi parametrlari; 



 

shaxs  psixikasiga  qo'yiladigan  kompleks  talablar-psixofiziologik,  intellektual, 



neyropsixik va shaxs xususiyatlari; 

 



shaxs  psixik  holatiga  qo'yiladigan  kompleks  talablar  —  ish  qobiliyati, 

emosional-iroda ustanovkasi, o'zgaritirilgan holatlar talablari 

 

adaptasiya, qabul qilish, o'qitish, ritm jaraenlariga kompleks talablar.    




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish