O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

2.

 

O‘quvchi shaxsini ma’naviy, axloqiy va intellektual taraqqiyotiga 

ta’sir etuvchi omillar. 

Ochiq  axborot  tizimlarida  axboriy-psixologik  xavfsizlikni  ta  minlash  hozirgi 

kunning dolzarb talabidir. Har bir davlat buning ustida bosh qotirmoqda. Bu jahondagi 

yangi  geosiyosiy  taqsimot,  yangi  mintaqaviy  nizolarning  yuzaga  kelishi,  millatchilik, 

shovinizm,  din  niqobidagi  ekstremizm,  ekologik  halokatning  tahdidi  kuchayishi,  spid, 

parranda  gripi  va  boshqa  yuqumli  kasalliklarning  tarqalishi  bilan  bog'liqdir.  Mana 

shuning uchun ham  mazkur  muammolarni o'rganishda axborotning shakli  va  mohiyati; 

axborot  xavfsizligini  ta'minlash;  ochiq  axborot  tizimlarining  o'ziga  xosligi;  shaxs, 




 

397 


 

jamiyat  va  davlat  axboriy-  psixologik  xavfsizligini  ta'minlash  manbalari  va  turlari; 

axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta'minlashning ahamiyati va tamoyillari; OAV va 

axboriy  qarama-qarshilik;  axboriy-psixologik  xavfsizlikni ta'minlashda  asosiy  yo'nalish 

va  usullari;  ochiq  axborot  tizimlarda  shaxsning  o'z-o'zini  himoya  qilishi;  jamoatchilik 

fikri  va  jamiyat  axboriy-psixologik  xavfsizligi  va  jamiyatning  psixologik  xavfsizligi 

kabi mavzularni oydinlashtirish talab etiladi. 

Psixologiya,  sotsialogiya,  falsafa,  OAV  nazariyalaridan  olingan  bu  tushuncha  va 

terminlar fanni chuqurroq tushunishga, uning asosiy mazmunini, usullari va yo'sinlarini, 

ya'ni  ochiq  axborot  tizimlarida  foydalanayotgan  usullarni  idrok  etishga,  demak,  ijobiy 

g'oyalarni salbiy g'oyalardan farqlay olishga ko'maklashadi. Ma'lumki, har qanday dalil, 

hodisa  yoki  voqea  turlicha  talqin  etilishi  mumkin,  shunga  bog'liq  tarzda  auditoriya 

tomonidan  qabul  etilishi  ham  mumkin.  Shuning  uchun  avvalboshidanoq,  tushunchaviy 

apparatni belgilab olish, uni sharhlash lozim, shundan kelib chiqqan holda biror hadisa 

yoki voqeani biz qanday idrok etishimiz va talqinimizni berishimiz darkor. 

Jamoatchilik  fikri,  bu  hozirgi  payt  uchun  dolzarb  bo'lgan  turmush  muammolariga 

kishilarning  munosabatini  ifoda  etuvchi  ijtimoiy  ong  shaklidir.  Aslida  tezkor  bo'lgan 

ongning  bu  shakli  yuqori  darajada  jamiyat  turli  institutlari  tomonidan  ko'rsatilayotgan 

ta'sir ostidadir, demak, bu manikulyativ ta'sirga ham chalingandir. 

Jamoatchilik fikrini manikulyattsiya qilish (chalg'itish) muayyan maqsadni ko'zlab 

amalga oshiriladi.  Bunda  chalg'itish  (manikulyattsiya)  qilish  tushunchasining nisbiyligi 

haqida aytib o'tish kerak, chunki istalgan tomon jamoatchilik fikriga har qanday ta'sirni 

chalg'itish  (manikulyattsiya)  deya  baholashi  mumkin.  Shuni  alohida  ta'kidlash  joizki, 

holzirgi  jamiyatda  yagona  bo'lgan  ijtimoiy  fikr  ehtimoldan  yiroqdir.  Demokratiyaning 

tamoyillaridan  biri  mana  shudir.Auditoriyada  ochiq  axborot  tizimlarida  aylanuvchi 

axborotlarni  bohalashga  psixologik  immenitut  va  ongli  ravishda  oqilona  yondashishni 

tarbiyalash maqsadida ochiqaxborot tizimlaridagi dolzarb axboriy psixologik xavfsizlik 

muammolarini  idrok etish hisoblanadi. Mazkur  muammoning muhimligini yana  yuqori 

texnologik  kommunikatsiya  vositalari  amalqilayotgan  sharoitlarda  ayrim  kishilar, 

jamiyat  davlat,  jahon  hamjamiyati  xulq-atvori  va  harakatinim  hatto  birgina  axborot 




 

398 


 

kanali yordamida boshqarishni amalga oshirishning ulkan imkoniyati paydo bo'lganligi 

bilan izohlash mumkin. Bugungi kunga kelib, iqtisodiy, siyosiy va boshqa maqsadlarga 

erishish uchun harbiy ustunlik yoki kuchning o'zi etarli emas. Raqib tomonga axboriy- 

psixologik  tazyiq  o'tkazish  ham  zarur  bo'ladi.  Axborot  moddiy  dunyoning  organizmda 

yoki organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof -muhit o'zgarishlariga 

moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo ob'ektlarining aksidir. U ma'lumotlar, 

xabarlar  shaklida  namoyon  bo'ladi.  Ma'lumotlar  moddiy  dunyo  ob'ektlari 

organizattsiyasi  aksi  natijasida  hosil  bo'ladi.  Xabarlar  esa  boshqa  organizmlarga  xabar 

etkazish  uchun  yuzaga  keladi.  Ochiq  axborot  tizimlarida  «xabar»  termini  kishilar, 

ijtimoiy  guruhlar,  umuman  jamiyat  qurshab  turgan  olamda  mo'ljal  topa  bilishi  uchun 

ijtimoiy  ahamiyatga  ega  xabar  ma'no  ifodasini  beradi.  Shuningdek,  muayyan  jamiyat 

ijtimoiy  tabiati  belgilab  beradigan  ma'naviy  qadriyatlarni  qaror  topdirish  uchun  xizmat 

qiladi.  Jamiyatning  axboriy  xavfsizligi  uning  ma'naviy,  iqtisodiy,  siyosiy  sohalariga, 

madaniy  qadriyatlariga,  insonlar  hulq-atvorini  ijtimoiy  tartibga  soluvchilarga  ,  axborot 

infra tuzilmalariga va bular yordamiga uzatilayotgan xabarlarga zarar etkazish mumkin 

emasligidan iboratdir. 

«Axboriy  qurol»  ni  tarqatish  va  bu  sohada  «qurollanish  poygasi»  ni  kuchaytirish 

ham  axborot  sohasidagi  davlat  manfaatlari  uchun  xavf  manbai  hisoblanadi.  Bunday 

xavflar  davlat  siri  hisoblangan,  boshqa  maxfiy  axborotlardan  iborat  bo'lgan 

ma'lumotlarga qonunga xilof tarzda ega bo'lishdan iboratdir. Ma'lumki, bularning oshkor 

bo'lishi shubhasiz, davlat manfaatlariga zarar etkazadi. 

Ochiq  axborot  tizimlari  bo'lib  axborot  agentliklari,  gazetalar,  jurnallar,  jurnal 

tarzdagi  nashrlar,  boshqa  nashr  mahsulotlar,  radio,  televidenie,  audio  va 

vediomahsulotlar  hisoblanadi.  Internet,  matbuot  xizmati,  jamoatchilik  bilan  aloqalar, 

davlat, jamoatchilik va boshqa tashkilotlar va muassasalar, reklama agentliklari bo'yicha 

tuzilmalar ham shular jumlasidandir. 

OAV  lari  bo'lib,  vaqtli  matbuot,  axborot  tarqatishning  audio  vedio  vositalari, 

axborot  agentliklari,  internet-  jurnalistika  hisoblanadi.  OAV  ochiqaxborot  tizimining 

muhim asosiy qismini tashkil etadi. 




 

399 


 

 

3. 



Axboriy  qarama-qarshilik,  bu-  auditoriyaga  atrof  dunyodagi  biror  hodisaga 

nisbatan  munosabatda  bo'lishga  o'z  qarashlari,  fikrini  tiqishtirish  hamda  qarshi  tomon 

g'oyasi va nuqtai-nazarini inkor etish roli bilan ta'sir etishga intilishdir. 

Axboriy-  psixologik  kurash,  bu-  boshqa  mamlakat  yoki  mamlakatlar  guruhida 

mavjud  ijtimoiy  tuzimni  bo'shashtirish,  jamiyat  axloqini  izdan  chiqarish,  rivojlanish 

milliy  pragrammasiga  putur  etkazish,  shuningdek  o'z  qadriyatlari  va  turmush-tarzini 

to'g'ridan-  to'g'ri  eksport  qilish  maqsadida  axborot  xizmati  va  qo'poruvchilik  bilan 

shug'ullanuvchi xizmatlarni o' zaro hamkorligidir. 

Qo'yilgan  topshiriq  -  individning  e'tibor  qaratishiga,  munosabat  bildirishiga, 

jumladan  kelayotgan  axborotga  ham  psixologik  jixatdan  tayyor  ekanligi  hamdir. 

Psixologik  jixatdan  topshiriq  u  yoki  bu  qarorga  kelish  yo'lida  shakllanadi.  Bunda 

konkret xolat bilan unga bog'liq bo'lgan turli faktorlar xisobga olinadi. 

Omma  ongiga  u  yoki  bu  qadriyatlarni  psixologik  jixatdan  ta'sir  ko'rsatishida 

axboriy  vositalardan  foydalanish  -  axborot  manipulyatsiyasi,  axborotni  ishlatib 

maqsadga  erishishdir.  Ko'pchilik  bunda  o'zi  anglamagan  holda,  hatto  o'zlarining 

manfaatlariga zid bo'lsa ham ta'sir qilish manbaiga, ob'ektiga aylanganlarini bilmaydilar. 

Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va 

siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab 

kishilar  tomonidan  og'zaki,  keyinroq  yozma  yoki  boshqa  shakllar  uzatilgan 

 



 

400 


 

ma'lumot; XX asrning o'rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat 

o'rtasidagi ma'lumot hamda hayvonlar va o'simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada 

hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. 

Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar 

va  shu  kabilar  haqidagi  ma'lumot  (ma'lumotlar  majmui)ni  anglatadi..  Axborotlashuv 

jarayoni  jamiyatdagi  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy-madaniy  o'zgarishlarga  jiddiy  ta'sir 

ko'rsatadi.  G'arb  sotsiologlari  fikriga  ko'ra,  axborotlashgan  jamiyattexnika  sohasida- 

ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta'lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng 

joriy etilishi; iqtisodiy hayotda-axborotning tovarga aylanishi; ijtimoiy hayotda-axborot 

turmush,  hayot  darajasi  o'zgarishining  asosiy  omiliga  aylanishi;  siyosiy  sohada-keng 

miqyosda  fikr  almashishga  zamin  yaratuvchi  xilma-xil  axborotlarni  erkin  olishga  yo'l 

ochilishi;  madaniyat  sohasida-axborot  almashinuvi  davr  ehtiyojlariga  javob  beradigan 

normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilanxarakterlanadi. 

XX  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  ayrim  rivojlangan  davlatlar,  xususan,  AQSH 

boshqa  mamlakatlarga  ta’sir  ko‘rsatishda  nohukumat  notijorat  va  xalqaro  tashkilotlar 

hamda  ommaviy  axborot  vositalaridan  keng  foydalangan.  Bu  vositalar  orqali  aholi  va 

ayrim shaxslarning ongiga ta’sir qilingan 

Maxsus  markazlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  axborot-psixologik  tahdidlar  inson 

tabiatining  nozik  xususiyatlari  va  jamiyat  taraqqiyotining  o‘ziga  xos  jihatlari  o‘ta 

ustamonlik bilan qamrab olingan. 

“Psixologik  urush”,  “axborot  urushi”,  “psixologik  operatsiyalar”,  “axborot-

psixologik  kurash  olib  borish”,  “psixologik  himoya”  singari  atamalar  o‘zida  axborot-

psixologik ta’sir ko‘rsatishning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. 

AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan XX asrning 50-60-yillarida 

«odamlarni  qayta  dasturlash»,  “ongni  yuvish”  borasida  keng  ko‘lamli  tadqiqotlar  olib 

borilgan.  Ijtimoiy  ongga  ta’sir  etuvchi  samarali  usullarni  o‘ylab  topish  va  ular  orqali 

odamlarni boshqarish maqsadida bu sohaga katta mablag‘ sarflangan. Shunday loyihalar 

ustida  ishlagan  olimlardan  biri  doktor  Iven  Kameron  1946  yil  chop  etilgan  “Ijtimoiy 

psixiatriyaning  chegaralari”  asarida  ijtimoiy  psixiatriya  fuqarolar  ustidan  nazorat 




 

401 


 

o‘rnatishga  xizmat  qiladigan,  ularda  ijtimoiy  fikr,  e’tiqod  va  hayot  tarzini 

shakllantiruvchi usullarni ishlab chiqishga yordamlashishi zarurligini ta’kidlagan. 

Psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik urush olib 

borishga keng imkoniyatlar yaratdi. 

A.Karayani  “Zamonaviy  urushlarda  axborot-psixologik  qarshilik  ko‘rsatish” 

sarlavhali maqolasida AQSHda hozirgi paytda FM 100-6 “Axborot operatsiyalari”, FM 

33-1 “Psixologik operatsiyalar” singari dala dasturlaridan foydalanilayotgani va axborot 

urushini  olib  borish  sohasida  mutaxassislar  tayyorlanayotgani  haqidagi  ma’lumotlarni 

keltirgan. 

Strategik  darajada  psixologik  operatsiyalar  muayyan  siyosiy  yoki  diplomatik 

qarashlarni,  rasmiy  bayonotlarni  yoki  davlat  rahbarlarining  xabarlarini  tarqatish  va 

targ‘ib qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot-psixologik ta’sir o‘tkazishda siyosiy va 

harbiy rahbarlar, shuningdek, OAV, madaniyat va san’atning ko‘zga ko‘ringan vakillari 

asosiy obyekt bo‘lib hisoblanadi. 

Shu  o‘rinda  aytib  o‘tish  joizki,  keyingi  paytlarda  mamlakatimizga  nisbatan  ham 

axborot-psixologik  tahdidlar  sodir  etilmoqda.  Bu  jarayonga  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  quyidagicha  izoh  bergan:  “Jahon  geosiyosatida  xalqlarni  ma’naviy-

mavkuraviy  jihatdan  tobe  etishga  intilish  va  bugungi  kunda  dunyoni  shunday  asosda 

bo‘lib  olishga  urinishlar  davom  etmoqda.  Buning  uchun  ular  hozirgi  zamon  ommaviy 

axborot  vositalari,  ularning  yutuqlaridan  hamda  turli  xil  markazlar,  ayni  paytda  o‘zaro 

hamkorlikka  yo‘naltirilgan  ijtimoiy,  madaniy,  iqtisodiy  vositalardan  foydalanish  orqali 

dunyoning  turli  hududlarida  o‘zlariga  mos  mafkuraviy  muhitni  shakllantirish 

maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar. Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir 

achchiq  haqiqatning  ma’no-  mazmuniga  yetib  borishimiz  zarur.  Bu  achchiq  haqiqat 

shundan  iboratki,  agarda  kimda-  kim  bizning  mustaqil  taraqqiyot  yo‘limizni,  orzu-

maqsadlarimizga  erishish  yo‘lini,  yangi  jamiyat  qurish  yo‘lini  to‘smoqchi  bo‘lsa, 

avvalo,  hali  suyagi  qotmagan,  mustaqil  dunyoqarashi  shakllanib  ulgurmagan 

yoshlarimizning  qalbi  va  ongining  mo‘rtligidan  foydalanib,  ularning  ma’naviyatini 

buzib,  bizning  azaliy  tabiatimizni  va  muqaddas  odatlarimizga  mutlaqo  zid  bo‘lgan 




 

402 


 

g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida 

qurol qilib olishga urinadi”. 

Bu  esa  ularga  qarshi  jiddiy  kurashishni  taqozo  etadi.  Buning  uchun  axborot 

xavfsizligi  bo‘yicha  keng  qamrovli  tadbirlarni  amalga  oshirish  zarur.  Milliy  istiqlol 

mafkurasini  keng  targ‘ib  etish,  aholini  to‘g‘ri  axborot  bilan  tez  va  o‘z  vaqtida 

ta’minlash,  jamoatchilik  fikrini  to‘g‘ri  shakllantirish  ana  shunday  vazifalar  sirasiga 

kiradi. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 

1.

 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari sohasida 

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori. //Xalq so’zi, 2005 yil. 

2.

 

O’zbekiston 



Respublikasi 

Prezidentining 

«Bozor 

islohotlarini 

chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  yanada  erkinlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi 

Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet. 

3.

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Tadbirkorlik  sub’ektlarini 



huquqiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi 

Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet. 

4.

 

Kelvin  Seifert  va  Rosemary  Sutton.  Educational  Psychology  Copyright  © 



2009 

Kelvin Seifert. 

5.

 

W.Bruse  Walsh.  Mark  L.  Savickas.  Handbook  of  Vocational  Psycnoligy. 



Mahwah, 

New Jersey London.2005. 

6.

 

Contemporary  modelsin  vocational  psychology^  Volume  in  Honorof 




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish