O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

3.

 

O‘quv muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi axloq - adob qoidalari. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  Orta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan  oliy 

ta;lim muassasa(OTM)lari uchun odob-axloq qoidalari ishlab chiqilgan. Bu qoidalar 

ichidan quyidagilar o'rin olgan: 

O'quvchilarning  OTMga  odamlar  diqqatini  tortadigan  tanani  shaffof  ko’rsatib 

turadigan,  elka,  ko’krak  va  qorin,  shuningdek  tizzadan  yuqori  qismlari  ochiq 

qoladigan  hamda  haddan  ziyod  tor  kiyimda  yoki  diniy  ibodat  libosida,  metall 

zanjirlar,  to‘g‘nog‘ichlar,  tanaga  turli  munchoqlar  qadagan  holda,  sport  kiyim  va 

poyabzalida kelishi taqiqlanadi.  Jamoa  a’zolari  OTMga orasta  bo’lib, unga  monand 

kiyimda kelishi lozim. 

Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning 

ma’naviy  merosini  avaylab  asrash  maqsadida  jamoa  a’zolari  bir-  biriga  nisbatan 

hurmatsizlik  qilishi,  behayo  so’zlar  ishlatishi  qat’iy  taqiqlanadi  hamda  OTMda 

o’zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim. 

OTM  jamoa  a’zolari  turli  tadbirlarda  (majlislar,  tantanali  yig’ilishlar,  amaliy 

uchrashuvlar,  bayramlarda)  so’zga  chiquvchilarga  nisbatan  hurmat  bilan 

munosabatda  bo’lish  ,  maishiy  tinchlikka  rioya  etishi  shart.  Zarurat  taqozo  etsa,  bir 

notiq  o’z  so’zini  tugatib,  boshqasi  so’z  boshlashiga  qadar  yuzaga  keladigan  uzilish 

vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin. 

Binolarga  kirish  joylarida  tirbandlik  yuzaga  kelsa,  o’quvchilar  professor- 



 

410 


 

o’qituvchilar  va  xodimlarni,  erkaklar  esa  ayollarni  o’zlaridan  oldin  o’tkazib 

yuborishlari lozim. 

Binoga  kirayotgan  har  bir  kishi  binolarga  kirib-chiqishni  nazorat  qilish  uchun 

tayinlangan  mas’ul  shaxs  yoki  navbatchiga  o’z  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatni  ochiq 

holda ko’rsatishi shart. 

Jamoa  a’zolari  OTM  hududida  yo’lning  o’ng  tomonidan  yurishlari  kerak.  Bir-

biriga  duch  kelganda  albatta  salomlashishlari,  bunda:  o’quvchilar  professor- 

o’qituvchilar  va  xodimlarga,  erkaklar  xotin-qizlarga,  yoshlar  kattalarga  birinchi 

bo’lib  salom  berishlari  tavsiya  etiladi.  Bundan  qo’l  berib  so’rashish  istisno  bo’lib, 

yoshi  katta  shaxslar  birinchi  bo’lib  qo’l  uzatganidan  keyingina  unga  javoban  qo’l 

uzatish mumkin. 

Milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  xos  bo’lmagan  yoki  OTMning  ichki 

muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog’iga joylashtirish yoki undan turli 

maqsadlar yo’lida foydalanish taqiqlanadi. 

Kompyuterlarda  OTMga  tegishli  bo’lmagan  ma’lumotlarni,  shuningdek,  turli 

kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy 

adovatni  targ’ib  qiluvchi  har  qanday  materiallarni  tayyorlash,saqlash,  tarqatish  va 

targ’ib etish qat’iyan man etiladi. 

O’quv  mashg’ulotlariga  va  ishga  hamda  jamoa  a’zolarining  osoyishtaligiga 

halaqit  beradigan  xatti-harakatlar  (radiopriyomnik,  televizor,  magnitofon  va  boshqa 

ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi. 

OTM  jamoa  a’zolari  dars  mashg’ulotlari  va  ishga  belgilangan  kun  tartibiga 

ko’ra o’z vaqtida kelishlari shart. 

OTMda  har  qanday  huquqbuzarlik  sodir  etish  ta’qiqlanadi,  shu  jumladan, 

tuhmat  qilish,  haqorat  qilish,  jamoa  a’zosiga  ma’naviy  yoki  moddiy  zarar  etkazishi 

mumkin bo’lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqorolik muomalasidan 

chiqarilgan  vositalarga  oid  munosabatlarga  kirishish  (giyohvand  moddalar, 

psixotropik  vositalar  va  hokazo),  ichkilikbozlik,  kashandalik,  maishiy  tinchlikka 

tajovuz  qilish,  janjallashish,  qimor  va  tavakalchilikka  asoslangan  boshqa  o’yinlar 

o’ynash qat’iyan man etiladi. 



 

411 


 

Professor-o’qituvchilar  va  o’quvchilarning  ta’lim-tarbiya  jarayonidagi  o’zaro 

munosabatlari 

Professor-o’qituvchilar  va  o’quvchilarning  ta’lim-tarbiya  jarayonidagi  o’zaro 

munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an’analariga asoslanishi lozim. 

Professor-o’qituvchi  auditoriyaga  kirganida  barcha  o’quvchilar  o’rinlaridan 

turib salomlashishlari, so’ngra o’z joylarini egallashlari lozim. 

Dars mashg’ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun 

taqiqlanadi. 

O’quvchi o’zining nojo’ya harakatlari bilan dars mashg’ulotlariga xalaqit bersa, 

professor-o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning 

ruxsati bilan bunday o’quvchini mashg’ulotlardan chetlatishi mumkin. 

O’quvchida professor-o’qituvchi bilan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda 

muloqot qilish zarurati bo’lsa, unda o’quvchi quyidagi qoidalarni, ya’ni: -professor-

o’qituvchi o’quvchi bilan dars jadvaliga muvofiq mashg’ulotlarda, maslahat 

soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o’zaro kelishuv 

bo’yicha belgilangan vaqtda shug’ullanishini; 

-o’zi  muloqot  qilmoqchi  bo’lgan  professor-o’qituvchining  lavozimi,  ismi, 

otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart. 

O’quvchi  oldindan  kelishilmagan  holda  professor-o’qituvchining  huzuriga 

kelsa,  umumiy  yoki  o’zaro  kelishilgan  maslahat  soatiga  kech  qolib  kelgan  yoki 

kelmagan  bo’lsa,  professor-o’qituvchidan  hatto  qisqa  vaqt  suhbatlashishni  talab 

qilishga ham haqli emas. 

Ayrim  hollarda  o’quvchilar  professor-o’qituvchini  almashtirish  iltimosi  bilan 

murojaat  qilishlari  mumkin.  Buning  uchun  jiddiy  sabablar  (qo’pollik,  ta’magirlik, 

professor-o’qituvchining aybi bilan mashg’ulotlar o’tkazilishidagi muntazam uzilish 

hollarini  isbotlovchi  dalillar)  ko’rsatilishi  va  u  bo’yicha  guruhning  yagona  fikri 

mavjud bo’lish i shart. 

Professor-o’qituvchi  bilan  o’quvchi  o’rtasida  reyting  nazoratini  topshirishga 

doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, o’quvchi reyting nazoratini maxsus komissiyaga 

topshirish  uchun  ruxsat  berish  iltimosi  bilan  kafedra  mudiriga  murojaat  etishi 



 

412 


 

mumkin.  Bunda  murojaat  asoslangan  bo’lish  i  shart.  Bunday  masalalar  kafedra 

mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi. 

Professor-o‘qituvchilarnmg o’zaro munosabatlari Professor-o’qituvchilarning 

o’zaro munosabatlarida - yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, 

hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. 

Professor-o’qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik 

qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib olish, 

qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki 

jismoniy ziyon etkazish qat’iyan man etiladi. O’quvchilarning o’zaro munosabatlari 

O’quvchilarning  o’zaro  munosabatlarida  —  yagona  jamoa,  o’zaro  hurmat  va 

e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. 

O’quvchilar  munosabatlarida  inson  qadr-qimmatiga  hurmatsizlik  qilish, 

shaxsiyatini  kamsitish,  o’zganing  intelektual  mulkini  o’zlashtirib  olish,  qo’pollik, 

behayo  so’zlar  ishlatish,  mushtlashish,  o’zgalarga  ma’naviy,  moddiy  yoki  jismoniy 

ziyon etkazish qat’iyan man etiladi. 

Professor-o‘qituvchilarnmg odob-axloqqa oid majburiyatlari 

-

 



odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o’quvchilarga namuna bo’lish ; 

-

 



OTM manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyish; 

-

 



biror  -  bir  noxush  voqea  yoki  hodisa  ro’y  bersa,  zudlik  bilan  u  haqida 

ma’muriyatga xabar berish; 

-

 

OTM  sha’ni  va  nufuziga  dog’  tushiradigan  har  qanday  holatlarning  oldini 



olish; 

-

 



OTM  to’g’risidagi  axborotlardan  uning  manfaatlari  va  obro’siga  ziyon 

etkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik; 

-

 

dars jarayonida o’quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat 



va qadriyatlarimizni targ’ib qilish; 

-

 



yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va 

giyohvandlik  illatlaridan,  boshqa  turli  halokatli  tahdidlar  hamda  biz  uchun  yot 

bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan 

ogoh etib borish; 




 

413 


 

-

 



ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy  ishlarning 

samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish. 

O’quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari 

a)

 



OTM hududida: 

-

 



hududga kirishda o’quvchilik guvohnomasini ko’rsatib kirish; 

-

 



hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash; 

-

 



ustozlar bilan duch kelganda salom berish; 

-

 



o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; 

-

 



OTM  mulki  (ko’char  va  ko’chmas  mulki,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi  va 

hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish ; 

-

 

kiyinish va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish; 



-

 

mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik; 



-

 

maishiy tinchlikka rioya qilish; 



-

 

narkotik  va  psixotrop  moddalar,  alkogol  va  tamaki  mahsulotlar  iste’mol 



qilinishi  hamda  tarqatilishiga  qarshi  kurashish.  O’zbekiston  Respublikasi 

qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida 

xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo’lish i alohida qayd etiladi. 

b)

 



auditoriyada: 

-

 



uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish; 

-

 



dars vaqtida gaplashmaslik; 

-

 



jihozlarga madaniy munosabatda bo’lish , partalarga yozmaslik; 

-

 



qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik; 

-

 



ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik. 

v) umumiy ovqatlanish joylarida: 

-

 

taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish; 



-

 

tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko’rsatish; 



-

 

ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; 



-

 

umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish. 



g) axborot resurs markazida: 

-

 



ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo’lish ; 


 

414 


 

-

 



kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish ; 

-

 



baland ovozda so’zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik; 

-

 



qog’oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; 

-

 



kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish. 

d)

 



o’quvchilar turar joylarida: 

-

 



mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar etkazmaslik; 

-

 



elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish; 

-

 



sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish; 

-

 



o’quvchilar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’i rioya qilish. 

e)

 



sport majmualarida: 

-

 



sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda kirish; 

-

 



sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish ; 

-

 



mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta 

topshirish; 

-

 

sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish. 



j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazish joylarida: 

-

 



o’rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish ; 

-

 



ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan 

oldin sababsiz chiqib ketmaslik; 

-

 

uhlab  o’tirmaslik,  o’rindiqlarga  yotib  olmaslik,  bir-biri  bilan  gaplashmaslik, 



yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik. 

SHuningdek, 

-

 

turli davralarda o’zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak 



ijobiy taassurot hosil qilishga intilish; 

-

 



doimo  komillikka  intilish,  halollik  va  adolat  bilan  hayot  kechirish  kabi 

olijanob fazilatlarni chuqur anglash; 

-

 

OTM  manfaati,  uning  sha’ni  va  shonli  an’analari,  obro’si  hamda  nufuzi 



to’g’risida  qayg’urish,  ularni  saqlab  qolishga  jonkuyarlik  qilish  va  ularga  hurmat 

bilan munosabatda bo’lish . 

Professor-o’qituvchi va o’quvchilar odob-axloqida man etiladigan holatlar 



 

415 


 

Professor-o’qituvchiga: 

-

 

jamoa  a’zolarining  shaxsiyatini  va  qadr-qimmatini  kamsitish,  o’zgalarning 



shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish; 

-

 



jamoa  a’zolari  va  boshqalar  ustidan  turli  ig’vo,  g’iybat  va  bo’htonlar 

uyushtirish; 

-

 

o’quvchilar  bilan  o’z  hamkasabalarining  kasbiy  va  shaxsiy  kamchiliklarini 



muhokama qilish; 

-

 



o’quvchilarni asossiz o’quv mashg’ulotlardan chiqarib yuborish; 

-

 



o’quv mashg’ulotlarida tijorat reklamasi o’tkazish; 

-

 



o’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib borish; 

-

 



o’quv mashg’ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya 

qilmagan holda kelish; 

-

 

binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi. 



O’quvchiga: 

-

 



professor-o’qituvchilarga  qo’pollik  qilish,  mashg’ulotlar  vaqtida  asossiz 

gapirish; 

-

 

professor-o’qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish; 



-

 

yolg’on  gapirish,  g’irromlik  yoki  professor-o’qituvchilarni  chalg’itish  bilan 



bog’liq har qanday xatti-harakatlar qilish; 

-

 



xodimlar va o’z o’rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish; 

-

 



yozma  ishlarni  himoya  qilish  va  reyting  nazoratiga  doir  boshqa  tartib- 

taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o’zgalarga yordam ko’rsatish; 

-

 

boshqa  shaxslar  tomonidan  tayyorlangan  topshiriqlar  yoki  yozma  ishlarni  o’z 



nomidan topshirish; 

-

 



mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish yoki kechikib kelish; 

-

 



mashg’ulotlar vaqtida professor-o’qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib 

ketish; 


-

 

boshqa o’quvchining sa’y-harakatlariga qasddan ziyon etkazish; 



-

 

moddiy  jihatdan  yaxshi  ta’minlanganligini  turli  yo’llar  bilan  ko’z-ko’z  qilish 



qat’iyan man etiladi. 


 

416 


 

Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi odob- axloqqa oid 

munosabatlar 

Ma’muriyat,  professor-o’qituvchilar  va  xodimlar  o’rtasidagi  munosabatlar, 

o’zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag’rikenglik, insonparvarlik, g’amho’rlik va 

adolat tamoillariga asoslanadi. 

Ma’muriyat,  professor-o’qituvchilar  va  xodimlarning  ish  faoliyatiga  doir 

masalalar  bo’yicha  hamkorlik  qilishida  bir  tarafning  boshqa  tarafga  tazyiq 

o’tkazishiga  yoki  unga  harakat  qilishiga,  shuningdek  adolat  tamoillariga  va  OTM 

manfaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga yo’l qo’ymaydi. 

Lavozim  darajalari  teng  bo’lgan  xodimlar  o’rtasidagi  muammolarni  ishchi 

tartibda  hal  etish  tavsiya  etiladi.  Lavozim  darajalari  teng  bo’lgan  xodimlarning  ish 

jarayonidagi turli muammolarni o’z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan 

holda hal etishlari ma’qullanadi. 

Jamoada  biror  bir  masala  bilan  ma’muriyatga  murojaat  qilish  tartibi 

subordinatsiya tamoili asosida tashkil etiladi. 

Professor-o’qituvchi  va  xodimning  OTMda  ma’naviy-ahloqiy  muhitni  yanada 

yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi. 

Ma’muriyat  professor-o’qituvchilar  va  xodimlarning  kasbiy  va  intelektual 

jihatdan  rivojlanishlari  uchun  qulay  ish  joyi,  zamonaviy  kompyuterlar,  internet 

tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish shuningdek 

hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni 

yaratib beradi. 

Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi. 

O’quv yili davomida “Qoidalar”ga to’la rioya qilgan, OTMda yuksak ma’naviy-

axloqiy  muhitning  yanada  qaror  topishiga  va  mustahkamlanishiga  xizmat  qilgan 

jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga 

binoan  OTM  ichki  tartib  qoidalariga  muvofiq  moddiy  yoki  ma’naviy 

rag’batlantiriladi. 

Jamoa  a’zolari  ushbu  “Qoidalar”ni  buzganida,  OTM  ichki  tartib  qoidalarining 

“Intizomiy ta’sir choralari” bo’limida keltirilgan holatlar bo’yicha choralar ko’riladi. 



 

417 


 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO’YXATI. 

1.

 

Timothy P. Melchert. Foundations Professional Psychology: The end of 



Theoretical  Orentations  and  the  Emergence  of  the  Biopsychosial  Approach.USA 

2011 


2.

 

Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology Copyright 



© 

2009 Kelvin Seifert. 

3.

 

W.Bruse Walsh. Mark L. Savickas. Handbook of Vocational 



Psycnoligy. 

Mahwah, New Jersey London.2005. 

4.

 

Contemporary modelsin vocational psychology^ Volume in Honorof 




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish