O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet60/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Spazmofiliya sindromi.Ta’rifi:

Spazmofiliya – bu asab mushak qo‘zg‘atuvchanligi oshib ketishiga olib keluvchi, minerallar almashinuvi va buzilishi bilan bog‘liq toksik va kloniko –toksik talvasalarga moyillik bilan farqlanuvchi kasallikdir.

Etiologiyasi.

Spazmofiliya ko‘pincha raxit bilan og‘rigan, maktabgacha yoshdagi (3 oylikdan 2 yoshgacha) bolalarda kuzatiladi. xamda bu kasallik paydo bo‘lishida bolaning onasi xaddan tashqari vitamin D qabul qilishidandir.

Patogenez.

Katta miqdordagi faollashtirilgan vitamin D qalqonsimon oldi bezini faoliyatini susaytiradi, ichakda kalsiy va fosforning so‘rilishini, siydik kanalchalarida reabsorbsiyani kuchaytiradi. Spazmofiliyada kalsiyni suyaklarda yig‘ilishi kuzatiladi va qonda kalsiy miqdori kritik daragacha kamayib ketadi. Bu esa asab tizimini qo‘zg‘aluvchanligini oshib ketishiga olib keladi va natijada talvasalar paydo bo‘ladi.

Klinik manzarasi.

Klinik kechishiga qarab latent va aniq (yaqqol) shakli farqlanadi. Latent spazmofiliya bir necha oy davom etadi va qo‘zg‘atuvchi omillar natijasida (yig‘lash, qusish, tana xarorati yuqori, yuqumli kasallik) yaqqol shakliga o‘tadi.

YAqqol spazmofiliya laringospazm, karpopedal spazm va eklamsik xurujlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Laringospazm birdan paydo bo‘ladi va qisman yoki to‘liq ovoz yorig‘ining yopilishi bilan kechadi.

Karpopedal spazm – tovon va kaft mushaklarining tonik qisqarishidir. Ko‘pincha 1 yoshdan katta bolalarda kuzatiladi.

Eklapsiya kasallikning og‘irroq ko‘rnishidir va kuchini yo‘qotish barcha silliq va ko‘ndalang targ‘il mushaklarni qamrab olish bilan namoyon bo‘ladi.

Laborator taxlil.

Qonni bioximik tekshiruvda gipokalsiemiya, giperfosfatemiya alkaloz aniqlanadi.

Davolash:

Talvasada qo‘llaniladi seduksen, natriy oksibutirat eritmasi, kalsiy glyukonatni 10% li eritmasini vena ichiga yuboriladi.

Xamshiralik parvarishi:

(1) Toniko- klonik talvasalar, laringospazmda, nafas to‘xtashi natijasida xushni yo‘qolishida reanimatsiya (jonlantirish) o‘tkazish lozim.

(2) Laringospazmda nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash

(3) Teriga sovuq suv sepish, tish ildizini va yutqinning orqa devorini shpatel bilan ta’sirlash, zaruriyat bo‘lganda birinchi nafas paydo bo‘lguncha sun’iy nafasni o‘tkazish.

(4) xurujdan keyin xo‘l mevali sharbatlarni choy ko‘rinishida ichish lozim. Sun’iy ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarga donor yoki kordon sutli aralashmalar tavsiya qilinadi.

. Konstitutsiya anomaliyalari.Ta’rifi.

Konstitutsiya anomaliyalari (diatezlar)

Konstitutsiya anomaliyalari – bunda ma’lum bir patologik xolatlar va kasalliklar rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi, oddiy ta’sirlanishlarga bola organizmining noadekvat javob reaksiyalariga olib keluvchi xolatlardir.

Diatezning 3 ta asosiy turi farqlanadi.

(1) Ekssudativ kataral diatez (EKD)

Ta’rifi:


Ekssudativ – kataral diatez (EKD) bu erta yoshdagi bola reaktivligini o‘ziga xos xolati bo‘lib teri va shilliq pardalarning retsidivlanuvchi infiltrativ – deskvamatoz zararlanishiga allergik reaksiyalar rivojlanishiga, yalig‘lanish jarayonini cho‘ziluvchan kechuviga limfoid to‘qimaning giperplaziyasiga, suv –tuz almashinuvining norasoligiga moyillik tug‘diradi.

Etiologiyasi.

Bola xayotining 1 – 2 yilida EKDning namoyon bo‘lishi ko‘p uchraydi va 50-60% bolalarda kuzatiladi. xomiladorlik davrida noxush sharoitlar, onaning noratsional ovqatlanishi, xomiladorlik davrida noadekvat medikamentoz terapiya diatez rivojlanishiga moyillik tug‘diradi. Bola tug‘ilgandan keyin EKDning paydo bo‘lishida oziqaviy allergenlar va sigir sutidagi oqsil muxim o‘rin tutadi.

Klinik manzarasi.

EKD ning 2 turi farqlanadi: pastoz va erektik. Pastoz turida bolalar ortiqcha tana vazniga moyil, bo‘sh, kam xarakat bo‘ladilar. Teri va shilliq pardalar rangpar, diatez elemntlari yaqqol, ko‘pincha namlanuvchi ekzema kuzatiladi. Erektik turiga esa ishtaxaning pastligi, bezovtalik bo‘ladi. Teridagi toshmalar quruq, qichituvchi. Teri va shilliq pardalarning zararlanishi diatezning xususiyatli belgilaridir. Gneys, eczema, bichilishlar, profulyus va qichima terining zararlanishiga kiradi.

Laborator taxlil.

Jarayonni o‘tkirlashuvida qonda eozinofillar miqdori oshib ketadi, qonning oqsilli tarkibi buziladi (gipo va disproteinemiya, albuminlar va gamma – globullinlar miqdorining kamayishi).

Davolash:

Nospetsifik giposensibilizatsiyada antigistamin preparatlar, kislorod, absorbentlar, biologik faol qo‘shimchalar bilan ovqatlar, vitaminlar qo‘llaniladi.

xamshiralik parvarishi.

1) Ochiq xavoda etarli miqdorda bo‘lishni ta’minlaydigan kun tartibini o‘rnatish muximdir.

2) Ovqat ratsionidan barcha turdagi allergenlarni chetlatish

3) Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bolalarga yuqori miqdorda uglevod tutuvchi maxsulotlarni qabul qilishni cheklash (bo‘tqa, kisel, unli maxsulotlar).

4) Essudativ kataral diatezi bo‘lgan bolalarni iloji boricha ko‘proq ko‘krak suti bilan boqish tavsiya qilinadi. Ko‘kragi bilan boqayotgan ona allergiklar tutuvchi oziq – ovqat maxsulotlarini qabul qilshdan o‘zini tiyish kerak.

5) Teri qoplamlarini maxalliy davolash uchun xar kuni cho‘miltirishni o‘tkazish kerak.

(2) Limfatiko – gipoplasik diatez – LGD.

Ta’rifi:

LGD konsitutsiya anomaliyasi bo‘lib, ayrisimon bez va limfa tugunlarining generalizatsiyalangan kattalashishi, immunologik etishmovchilik bilan bir qator endokrin a’zolarning disfunksiyasi, atrof muxitning ta’siriga moslashuvni pasayishi xamda allergik reaksiyalarga moyillik bilan farqlanadi.

Etiologiyasi.

Diatezning rivojlanishida nasliylik, ona kasalliklari va og‘ir gestozlar, xomiladorlik davrida ortiqcha ovqatlanish, bolalardagi cho‘ziluvchan yuqumli kasalliklar, ortiqcha uglevod va yog‘lar kiritish bilan bolani noratsional ovqatlantirish.

Klinik manzarasi.

Diatez paydo bo‘lishi ko‘pincha 2 yoshdan - 7 yoshgacha kuzatiladi. Bolalar ortiqcha tana vazniga va disproporsional tana tuzilishiga ega bo‘ladi: nisbatan kalta tana va bo‘yin, qo‘l – oyoqlar uzun, toraygan ko‘krak qafasidir.

Tizimli va generalizatsiyalashgan xususiyatga ega miokard to‘qimalarning giperpiaziyasi xususiyati belgisidir. Barcha guruxdagi limfa tugunlari kattalashadi. YUtqindagi adenoid o‘smalar yaqqol rivojlangan bo‘ladi. Bodomcha bezlari kattalashgan bo‘ladi. Rentgenda ayrisimon bez involyusiyasi to‘xtagani sekinlashadi. qonda yuqori limfatsitoz aniqlanadi.

Davolash:

Ovqatlanishning to‘g‘ri tashkillashtirish muxim axamiyatga ega. Ovqatlanish ratsionidan yog‘lar va oson so‘riladigan uglevodlar cheklanadi. Dorili davolashda organizmni etarli miqdorda vitaminlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.

Nerv – artritik diatez NAD

Ta’rifi:

NAD – konstitutsiya anomaliyasi bo‘lib, purin almashinuvini buzilishi, MNS yuqori qo‘zg‘atuvchanligi xamda ba’zi ichki a’zolarni faoliyatini o‘zgarishi bilan farqlanadi.

Etiologiya:

NAD asosan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda rivojlanadi. Kasallikni shakllanishiga purin almashinuvi kasalliklariga nasliy moyillik,og‘ir gestozlar, xomiladorlarda buyrak va gepatobiliar tizim kasalliklari, onaning ovqatlanishi ratsionida yuqori miqdorda purin tutuvchi maxsulotlarni ko‘p bo‘lishi, bolani noratsional ovqatlantirish moyillik tug‘diradi.

Klinik manzarasi.

Diatezning paydo bo‘lishi yoshga bog‘liq. Bola xayotining birinchi yilida nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, notinch uyqu, ishtaxaning pastligi, tana vaznining noraso oshib borishi. Purin almashinuvi maxsulotlari bilan MNS doimiy ta’sirlanishi erta ruxiy va emotsional rivojlanishiga olib keladi.

NAD bilan og‘rigan bolalar semizlikka qandli diabetga, bronxial astma xafaqon kasalligi, almashinuvchi artritlar, o‘t va siydik tosh kasalliklari rivojlanishiga moyil bo‘ladi. Buzilgan almashinuv uzoq muddatli parxez va tarbiyalash bilan kompensansiyalanadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish