6.10.2.2. Qizamiq qizilchasi.
1) Etiologiyasi.
Infeksiyaning tarqalishi qizamiq qizilchasida havo-tomchi yo’li bilan amalga oshiriladi. Inkubasion davri 2-3 hafta davom etadi, yuqori kasallanish 5 yoshdan 14 yoshgacha hisoblanadi. Kataral davrda yuqumlilik juda yuqori va toshma toshish davrida tez pasayadi. Yuqumlilik kasallik boshlangandan 4 kundan boshlab toshma toshgandan so’ng 7 kungacha kuzatiladi.
2) Simptomlar, asoratlar.
O’tkir virusli kasallik bo’lib, toshma bilan harakterlanadi. Asosiy simptomlar dog’simon papulyoz toshma, tana haroratining ko’tarilishi, bo’yin limfa tugunlarining kattalashishi va konyuktiva giperemiyasi hisoblanadi. Toshma quyidagi tartibda paydo bo’ladi: bosh, tana, qo’l va oyoqlar. Agar asoratlar bo’lmasa toshma toshgan kundan boshlab bir necha kun ichida ahvoli yahshilanadi.
Trombositopenik purpura 3000 odamdan 1 tasida, ensifalit 6000 odamdat 1 tasida kuzatiladi va kam holatlarda gemolitik anemiya kuzatiladi. Shuningdek tug’ma qizilcha sindromi homiladorlikda birlamchi yuqishi sababli yuzaga keladi.
3) Davolash
Tomoqda og’riq, bosh og’rig’i va harorat ko’tarilishi bilan o’tuvchi yuqori nafas yo’llarining simptomlariga qarshi simptomatik davolash o’tkaziladi.
|
O’tkir davr
|
Toshma toshish davri
|
Sog’ayish davri
|
Davr
|
3-4 kun (kasallikning
1 kunidan 4 kunigacha)
|
4-5 kun (kasallikning
4 kunidan 8 kunigacha)
|
3-4 kun (kasallikning
8 kunidan so’ng
|
Tana harorati ko’tarilishi
|
38,5-39 C
|
37-38 C
|
37 C-o’rtacha harorat
|
Toshma
Limfa tugunlarini kattalashishi
|
+
+
|
+ +
+ +
|
_
+
|
Qizamiq qizilchasi kasalligining rivojlanish jarayoni. (Hamshiralik ishi kafedrasi 23 tom, Shifoxonada bolalarda hamshiralik parvarishi nazariyasi 138 bet.)
4) Hamshiralik parvarishi.
1. O’tkir davrida parvarish.
Bu davrning kechishi qizamiqqa o’hshash, lekin yanada engil kechadi. Harorat ko’tarilishidan va bosh og’rig’idan a’zob chekishini kamaytirishga choralar ko’riladi. Yuqori nafas yo’llarining kuchli rivojlangan holatlarida ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun og’iz bo’shlig’ini chayish o’tkaziladi.
2. Sog’ayish davrida parvarish.
Toshma toshgandan so’ng bir necha kundan keyin umumiy ahvoli yahshilanadi. Yuqishni oldini olish uchun boshqalar bilan kontakda bo’lmasdan toshma toshgandan so’ng 7 kun mobaynida 1 honada bo’lishi kerak. Tug’ma qizilcha sindromini oldini olish uchun homilador ayollarni bemorlar bilan kontakda bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Nazorat savollari.
1.Qizamiq va qizamiq qizilchasi kasalliklariga tariff bering?.
2.Qizamiq kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi qanday olib boriladi?
3.Qizamiq qizilchasi kasalligi etiologiyasi,klinikasi,oldini olishva davolash usullarini ayting?
4.Bolalarda emlash muddatlarina ayting?
Tayanch iboralar.
1.Limfadenit-limfa tugunlarining yalliglanishi.
2.Enantema-toshma.
3.Papulyoz-dogliu toshmalar.
4.Polimorfologik-toshmakarning turli kattalikda bo’lishi.
5.Virus-kasallik qozgatuvchisi.
6.MNS-markaziy nerv sistemasi.
7.Epidemiya-kasallikni bitta hududga tarqalishi.
8.Karantin-kasallik o’chogida kirish va chiqishning taqiqlanishi.
Uyga vazifa.
Internet tarmogidan foydalanib, Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi.
haqida ma’lumotlar yigish.Fan adabiyotlaridan foydalanib referat tayorlab kelish.Jihozlardan foydalanish, stentlar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Mavzuga oid didaktik vositalar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |