Ijtimoiylashuv (socialization) — bolalarning ijtimoiy me‘yorlar va
qadriyatlarni o‗zlashtirish jarayoni bo‗lib, bu jarayonda ular shaxs sifatida
shakllanadilar. Ijtimoiylashuv jarayoni individ uchun bolalikda ayniqsa zarur
bo‗lsa ham, bu jarayon uning butun umri bo‗yi davom etadi. Birorta ham
inson o‗ziga boshqa insonlarning o‗tkazadigan ta‘sirisiz mavjud bo‗la
olmaydi va bu uning xulq-atvorida turli hayotiy davrlarda ifodalanadi.
Ijtimoiylashuv agentlari — ijtimoiylashuvning eng muhim jarayonlari
yuz beradigan guruhlar yoki ijtimoiy kontekstlar.
Ihotalangan patriarxal oila — Yevropada XVII asr oxiridan to XIX
asr o‗rtalarigacha mavjud bo‗lgan oilaning o‗tish tipi; unda jamoaning tashqi
olami keskin ihotalanadi va oilada ota hukmronligi asosiy o‗rin tutadi.
Ikkinchi dunyo — sanoatlashgan jamiyatlar, ularga avvalo Sharqiy
Evropadagi kommunistik jamiyatlar va Sovet Ittifoqi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |