O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Inqiroz  —  ma‘lum  bir  voqelikning  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti 
ob‘ektiv qonuniyatlariga zid kelib qolishi, o‗z davrida progressiv hisoblangan 
jarayonlarning  vaqt  o‗tishi  b-n  yangicha  talablarga  javob  bera  olmasligi 
tufayli  yuz  beradigan  hodisa.  U  jamiyat  hayoti,  turmush  tarzining  barcha 
sohalarini  qamrab  olishi  mumkin.  I.ni  keltirib  chiqaruvchi  sabablar  turlicha 
bo‗ladi. Aytaylik, ma‘lum bir tuzumlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar avval 
boshdanoq  taraqqiyotning  ob‘ektiv  qonuniyatlarini  inkor  qilgan  holda  amal 


 
76 
qiladilar. Bu holat esa, o‗z navbatida mazkur tuzum va munosabatlar rivojida 
tanazzul  holatining  ro‗y  berishiga  sabab  bo‗ladi.  Shu b-n birga,  o‗z  vaqtida 
progressiv rol o‗ynagan tuzumlar, amal qilgan munosabatlar vaqt o‗tishi b-n 
taraqqiyotga  g‗ov  bo‗lib  qolishi,  taraqqiyotning  yangicha  talablariga  javob 
bera olmasligi mumkin bo‗ladi. Bu hol ham tabiiy tarzda I. holatlarini keltirib 
chiqaradi. Iqtisodiy I. jamiyat ob‘ektiv qonuniyatlariga zid bo‗lgan iqtisodiy 
faoliyat  zamirida  yuz  beradigan  bo‗lsa,  ma‘naviy  va  ruhiy  I.  inson 
kamolotining  ma‘naviy  va  ruhiy  jihatlariga  nomutanosib  bo‗lgan 
jarayonlarga,  voqea  va  hodisalarga  bog‗liq  bo‗ladi.  Jamiyatda  kechayotgan 
ayrim  sohalardagi I.li  holatlarning  oldi  olinmasa,  jamiyat  hayotining boshqa 
sohalariga  ham  o‗z  ta‘sirini  o‗tkazishi  tabiiy.  I.  miqyos  jihatidan  jamiyatni 
yoki  ayrim  bir  shaxsni  ham  qamrab  olishi  va  ayni  vaqtda  qat‘iy  iqtisodiy, 
siyosiy  ma‘naviy-mafkuraviy  choralar  ishlab  chiqilishi  b-n  I.li  holatlarning 
oldi olinishi mumkin bo‗ladi. Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy I.ning oldini olishda 
jamiyat  taraqqiyotiga  xos  bo‗lgan  ob‘ektiv  qonuniyatlardan  chetlashmaslik 
muhim shart bo‗lsa, ma‘naviy-ruhiy tanazzulning oldini olish uchun esa, har 
bir jamiyat a‘zosida ma‘naviy poklanish mezonlarini yaratish, ruhiy-axloqiy 
kamolot tamoyillarini ishlab chiqish zarur hisoblanadi. 
Inson  –  qar  handay  falsafiy  ta‘limotning  asosini  tashkil  etuvchi 
fundamental falsafiy kategoriya. I. tushunchasiga aniq ta‘rif berish uchun uni 
olamda mavjud bo‗lgan boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng 
muhim  xususiyatlarni  aniqlash  zarur.  Ta‘kidlash  zarurki,  eng  avvalo  I.  b. 
mavjudotlardan  o‗zining  xotirasi,  tafakkuri,  tili  borligi  b-n  ajralib  turadi. 
Ayniqsa,  til  uning  ajdodlari  va  avlodlari  orasidagi  vorisiylik,  aloqadorlik 
vazifasini  bajaradi.  I.  nasliga  xos  barcha  genetik  xususiyatlar,  axloqiy 
normalar,  uning  faoliyatini  boshqaruvchi  dasturlar  xuddi  shu  til  orhali 
ajdodlardan  avlodlarga  uzatiladi.  Boshqa  tirik  mavjudotlardan  I.ning  tub 
sifatiy  farqini  ifodalovchi  xususiyatlardan  yana  biri  uning  o‗z  amaliy 
faoliyatini  tartibga  sola  bilishidir.  Bu  qolat  I.ning  insoniyligini  belgilovchi 
eng  muhim  xususiyat,  madaniyat  ekanligini  ifodalaydi.  Shuningdek,  I.ning 
o‗z  turmushi  uchun  zarur  bo‗lgan  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni  ishlab 
chiqarish  malakasiga  egaligi  qam  ana  shunday  xususiyatlardan  biri 
hisoblanadi.  Inson  hayotida  mehnat  asosiy  rol  o‗ynaydi.  Mehnat  tufayli  I. 
o‗zi  yashayotgan  tabiiy  muhitni  o‗zgartiradi,  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklar 
yaratadi, o‗z-o‗zini o‗zgartiradi. I. organizmining sof fiziologik funksiyalari, 
qo‗l  va  oyoqlarning,  bosh  va  barmoqlarning,  tog‗aylar,  paylar,  suyak  va 
muskullarning  taraqqiy  etishi  ham  bevosita  mehnat  b-n  bog‗liqdir.  Bundan 
tashqari,  mehnat  I.ning  nafaqat  jismoniy,  balki  ma‘naviy,  madaniy 
taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli, 
I.  tabiatga  ta‘sir  etdi.  Buning  uchun  esa  mehnat  qurollari  yasab,  ushbu 
qurollarni  uzluksiz  takomillashtirib  bordi.  I.,amerikalik  olim  B.Franklin 


 
77 
aytganidek, mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir.  
Oilaviy  munosabatlar  va  axloqiy  normalar.  I.  hayvondan farq  qiluvchi 
eng  muhim  xususiyatlardan  biridir.  Mas.,  qadim  zamonlardan  buyon 
hayvonlarga xos quyidagi qiliqlar, odatlar mutlaqo ta‘qiqlandi: 
1. o‗zining yaqin qavm-qarindoshi b-n jinsiy aloqada bo‗lish; 
2. eng yaqin kishisiga qo‗l ko‗tarish, taniga jaroqat etkazish
3. o‗zining yaqin kishilariga suiqasd qilish. 
Bunday nomaqbul  qiliqlar hayvonlarga xos bo‗lgani uchun qam qattiq 
qoralangan. Qad. axloqiy normalar, turgan gapki, hali takomillashmagan, o‗ta 
oddiy  edi.  Shunga  qaramasdan,  bunday  normalar  insoniylikning  eng  oddiy 
ko‗rinishlari  paydo  bo‗layotganidan  dalolat  berardi.  Ular  asta-sekin 
rivojlanib,  umum-insoniy  qadriyatlarning  vujudga  kelishi  uchun  zamin 
yaratdi.  Ko‗rinib  turibdiki,  antroposotsiogenez  tufayli  I.  axloqiy  mavjudot 
sifatida ham shakllandi, biologik mavjudotning ijtimoiy mavjudotga aylanishi 
jarayoni sodir bo‗ldi. Oddiy axloqiy normalar yordamida ibtidoiy jamoa o‗z 
a‘zolarini barchaga maqbul bo‗lgan tartib va intizomlarni bajarishga majbur 
qildi.  Xuddi  shu  holat  I.ning  hayvondan  uzil-kesil  ajralib  chiqqanligidan 
dalolat berardi. o‗z navbatida, ushbu voqea ijtimoiy holatning biologik holat 
ustidan  qilgan  buyuk  g‗alabasi  edi.  Odamning  mehqnat  qilishni,  mehnat 
qurollari yasashni o‗rgangani, axloqiy normalarga rioya eta boshlagani ulkan 
neolitik  inqilob  edi.  Bunday  neolitik  inqilob  tufayli  odam  asta-sekin 
ijtimoiylashib  bordi.  Odamning  dastlabki  ajdodi  ov  qilib,  terib-tergilab 
yashashga asoslangan faoliyatdan ishlab chiqaruvchanlikka, yaratuvchanlikka 
asoslangan  turmush  tarziga  (dehqonchilik,  chorvachilik,  kosibchilik  va  b.) 
o‗ta  boshladi.  Xuddi  shu  holat  odam  ijtimoiy-tarixiy  mavjudot  bo‗lib 
shakllanayotganidan,  mujassamlanayotganidan  dalolat  berardi.  Bugungi 
kunda  fay.lar  inson  uchta  buyuk  qudrat  –  tana,  ruhiyat  va  ma‘naviyatning 
yig‗indisi ekanligini uqdirmoqdalar. Insonning biologik holati deganda uning 
tanasida  sodir  bo‗ladigan  morfofiziologik,  genetik,  miyasida  ro‗y  beradigan 
elektro-ximik  o‗zgarishlar,  uning  yoshi,  irqi  va  jinsini  ifodalovchi  alomatlar 
tushuniladi. Insonning ruhiy holati ha 
qida  fikr  yuritganda  uning  his-
tuyg‗ulari,  kayfiyati,  kechinmalari,  irodasi,  temperamenti  anglanadi. 
Insonning ma‘naviyati jamiyatda mavjud bo‗lgan ob‘ektiv shart-sharoitlar va 
sub‘ektiv  omillar  natijasida  shakllangan  fazilatlar,  xislatlar,  qobiliyatlar, 
malakalar  yig‗indisidir.  Yuhoridagi  fikr-muloqazalar  insonning  murakkab, 
bir butun biosotsial jonzod ekanligidan dalolat beradi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish