Ijtimoiy to‗siqlar — odat va marosimlar bo‗lib ular yordamida bir
guruh o‗zini boshqa guruhlardan ajratib oladi.
Ijtimoiy cheklovlar — bizning xulq-atvorimizga o‗zimiz mansub
bo‗lgan guruh va hamjamiyatlar tomonidan yaratilgan sharoitlarning ta‘sir
o‗tkazishi ko‗zda tutiladi. Dyurkgeym ijtimoiy cheklovlarni «ijtimoiy
faktlarning» o‗ziga xos xususiyatlaridan biri deb hisoblagan edi.
Ijtimoiy o‗zgarishlar (social change) — ijtimoiy guruh yoki ja-
miyatning tayanch tuzilmalaridagi o‗zgarishlar. Ijtimoiy o‗zgarishlar —
jamiyat hayotida doimiy hodisa bo‗lib, hozirgi davrda unga aloxida
intensivlik xos. Sotsiologiya vujudga kela boshlagan davrdan boshlab
dramatik kolliziyalarni, an‘anaviy ahkomlarning o‗zgarishlarini va ijtimoiy
tartibning yangi shakllari vujudga kelishini tushuntirishga xarakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |