O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Agressiya  (lot.  aggressio  –  xujum)  –  bir  davlat  tomonidan  o‗zga 
davlatga  mustaqillikdan,  hududiy  yaxlitlikdan  va  taraqqiyotdan  mahrum 
qilish  maqsadida  birinchi  bo‗lib  xujum  qilinishi  yoki  kuch  ishlatilishi. 
Davlatlarga  biror  bir  boshqa  maqsadlar  b-n  qurolli  kuch  ishlatilishi  qam  A. 
qisoblanadi.  Mas.,  fashistlar  Germaniyasining  sobiq  Ittifoqqa  xujumi, 
AQSHning  Gvatemala  va  xujumi,  sobiq  SSSRning  Chexoslovakiya  va 
Afg‗onistonga  xujumi  A.  deb  baholanishi  mumkin.  20-a.  boshlarida  A. 
insoniyatga  qarshi  hilingan  jinoyat  deb  e‘tirof  etildi.  Turli  mamlakatlar 
orasida  tuzilgan  shartnomalarda,  xalqaro  xujjatlarda  A.ni  ta‘qiqlash  prinsipi 
o‗z ifodasini topa boshladi. A.ni ta‘qiqlagan va uni qonundan tashqarida deb 
e‘lon qilgan birinchi xalqaro xujjat 1928 yilgi Parij pakti bo‗ldi. Pakt ilk bor 
A.ga  qarshi  kurashishni,  agressiv  siyosat  olib  borgan  mamlakatlarni 
javobgarlikka  tortishni  belgilab  berdi.  Shu  davrdan  boshlab  xalharo 
munosabatlarda  kuch  ishlatmaslik  g‗oyasi  umume‘tirof  etilgan  qoidaga 
aylana  bordi.  20-a.ning  o‗rtalarida  xalqaro  vaziyatning  keskinlashib  ketishi 
BMT  Bosh  Assambleyasining  sessiyalarida  A.  muammolarini  muxokama 
qilishga  majbur  etdi.  BMT  Bosh  Assambleyasining  1950-1951  y.larda 
o‗tkazilgan  5  va  6  sessiya-larida  A.ga  aniq  ta‘rif  berildi.  Shu  vaqtdan 
e‘tiboran  bir  davlat  tomonidan  boshqa  davlatga  nisbatan  qar  handay 
maqsadlarda  qurolli  kuch  ishlatilishi  A.  deb  e‘tirof  qilindi.  Ushbu  ta‘rif 
asosida A.ning uch ko‗rinishi ko‗rsatib berildi: bevosita A., bilvosita A., A.da 
ishtirok  etish.  o‗zga  davlat  hududiga  bostirib  kirish,  unga  nisbatan  birinchi 
bo‗lib  kuch  ishlatish,  anneksiya  siyosatini  amalga  oshirish  bevosita  A.  deb 
baholanadi.  o‗zga  davlat  hududiga  bomba  tashlash,  uning  qirg‗oq  va 
portlarini  ishg‗ol  qilish,  quruqlikdagi,  suvdagi  va  havodagi  qo‗shinlariga 
atayin xujum qilish, o‗zga davlat hududida o‗z qurolli kuchlarini joylashtirish 
haqidagi  xalqaro  shartnoma  va  kelishuvlarni  buzish  bevosita  A.ko‗rinishlari 
xisoblanadi.  Bilvosita  A.da  agressor-davlat  o‗zga  davlatga  nisbatan  yashirin 
tarzda  qurolli  kuch  ishlatadi.  Buning  uchun,  mas.,  qurollangan  jangari 


 

guruhlar  yoki  harbiy  bo‗linmalar  yollanishi  mumkin.  Biroh,  BMT 
Nizomining  7-moddasiga  muvofiq,  xalqlarning  milliy-ozodlik  harakatida 
ishtirok etgan harbiy tuzilmalar agressor hisoblanmaydi. Biror bir davlatga A. 
qilish uchun o‗z hududini, harbiy bazalari va inshootlarini taqdim etish A.da 
ishtirok  etish  deb  baholanadi.  A.ga  duchor  bo‗lgan  mamlakat,  BMT 
Nizomining  51-moddasiga  muvofiq,  yakka  tartibda  yoki  o‗zga  mamlakatlar 
b-n hamkorlikda o‗zini himoya qilishga xahlidir. Biroh, bu haqda avval BMT 
xabardor  etilishi  shart.  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  A.  akti  amalga 
oshirilganiga amin bo‗lsa, agressor davlatga nisbatan harbiy ahamiyatga ega 
bo‗lmagan  choralar  qo‗llaydi.  Mas.,  agressor  b-n  iqtisodiy  munosabatlar 
to‗xtatilishi,  uning  b-n  diplomatik  aloqalar  uzib  qo‗yilishi  mumkin.  Ushbu 
choralar ta‘sir qilmagan taqdirdagina harbiy harakatlarga ruxsat etiladi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish