181
faoliyat shakllari, ongi va xulqining dialektik birligini taqozo etadi. SHaxs,
ijtimoiy guruh T.t. mavjud bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy davrdagi shart-
sharoitlarning butun majmuasi b-n belgilanadi, binobarin, T.t. odamlarning,
ijtimoiy-etnik birliklarning muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sharoitlarda
shakllangan hayotiy faoliyat uslubi bo‗lib, ularning kun kechirish muomalasi,
xulq-atvori va tafakkur tarzida namoyon bo‗ladi. T.t. ijtimoiy kategoriya bo‗lib,
turmush darajasi, deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir.
―Turmush darajasi‖ asosan miqdor ko‗rsatgichiga ega. T.t.ning mohiyati,
mazmuni va namoyon bo‗lish shakllari ko‗p holatda kishilarning hayot
kechirishi, mehnati, sog‗ligi va hatto xulq-atvori b-n ifodalanadi. Ma‘lumki,
ijtimoiy turmush, shahar va qishloq turmushi, oilaviy va individual turmush bir-
biridan farq qilinadi. o‗zbek xalqida insonlarning kundalik amaliyot ishlaridagi
eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, to‗g‗rilik,
sofdillik kabi qoidalarga alohida e‘tibor bergan. o‗zbek xalqidagi bunday
fazilatlar milliy odat-an‘analarda, hayot tarzida va millatlararo muomala
munosabatlarida aks etgan. o‗zbek milliy T. t.ning nisbatan barqaror holatida
quyidagi shakl va tarkibiy qismlarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 1) milliy hudud,
madaniy yashash sharoitlari, iqtisodiy asos va ijtimoiy rivojlanish b-n bog‗liq
hodisalar,
2)
millatning tabiiy
betakrorligi, o‗ziga xosligi, tarixiy
o‗zgaruvchanligi va ijtimoiy rang-barangligi; 3) millat tarixi, o‗tmishi; 4) urf-
odatlar, an‘analar, marosimlar, yashash tarzi, ma‘naviy merosi va boshqalardagi
milliylik, ular b-n bog‗liq o‗ziga xos xususiyatlar; 5) milliy til, milliy madaniyat
va ma‘naviy tuyg‗ular va g‗oyalar hamda milliy mafkuralar. o‗zbek xalqi T.
t.dagi asosiy xususiyatlardan biri SHarq xalqlariga xos bo‗lgan ruhiy-psixologik
hayot tarzidir. Xalqimiz hayotida odob-axloq me‘yorlari asosidagi rasm-
rusumlar, an‘analar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. Inson jamoada tug‗ilib,
o‗sib, kamolga etar ekan, uning tavallud topgan davridagi rasm-rusumlari, irim-
sirimlari, to‗y-tomoshalari, o‗smirlik davri urf-odatlari, bayramlari, hashar,
ko‗mak yumushlari, dafn va ta‘ziya marosimlari, xullas, hayotining barcha
yaxshi-yomon kunlaridagi turfa eskirmas qoidalari jamoaning faol ishtirokida
o‗tgan. Xalqimiz azaldan jamoa bo‗lib yashab, qo‗ni-qo‗shnichilik udumiga
qat‘iy rioya qilgan. Oilada tug‗ilgan har bir go‗dakka yaxshi niyat b-n ism
qo‗yilgan va savodini chiqarish uchun ustoz-muallim qo‗liga topshirilgan.
Farzandlarni hunarli va uy joyli qilish, ota-onalar hayot faoliyatining eng
muhim vazifasiga aylangan. Kundalik yurish-turish salom-alikdan tortib,
insoniylikning barcha tamoyillari jamoa nazarida bo‗lgan. Muayyan xalq, elat
va millatning T. t. ularning yashash joylari b-n bog‗liq holda shakllanib,
taraqqiy qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: