179
davlat siyosatiga bo‗lgan munosabatlarida hamfikrlilik tamoyili asosidagi
umumiylikni anglatuvchi tushunchadir. T. ijtimoiy taraqqiyotda katta ahamiyat
kasb etadi. shu bois insoniyat tarixida sotsial taraqqiyot uchun kurashgan
kuchlarning asosiy ezgu g‗oyalaridan biri jamiyat ahli o‗rtasida t.ka erishishi
bo‗lgan. T.ka erishgan jamiyatda kishilar o‗rtasida samimiyat, mehr-muruvvat,
oqibat o‗zaro yoradam, hamkorlik, ahillik kabi munosabatlar ustivor bo‗ladi.
Davlat boshqaruvida barcha fuqarolarning manfaatini ko‗zlab ish yuritish,
tabiiyki, ijtimoiy hayotda T. qaror topishining muhim omilidir. T. tinchlik,
barqarorlik, yagona maqsad yo‗lida milliy birlashuvning ham muhim shartidir.
Toynbi (Toynbee) Arnold Jozef — (1889.14.4, London — 1975.22.10,
York) — ingliz tarixchisi, faylasufi va sotsiologi. London un-ti (1919-24) va
London iqtisod fanlari maktabida (1925—55) prof. Xalqaro munosabatlar
qirollik in-ti rahbarlaridan biri (1925—55). ―Tarix tadqiqot‖ 12-j., (1934-64)
asari b-n mashhur. Tadqiqotlarida iatidoiy jamoa hayotini tahlil qilgan. 1922
y.dan madaniyat rivojining umumiy tarixiga oid ilmiy esh olib borgan. Asarida
ta‘kidlashicha, hech qaysi bir xalqda alohida madaniy kurtak, embrion iavjud
emas. Madaniy yuksalish va tanazzul barcha xalqlarga oos. Lekin bu jarayon
turli xalqlarda turli shakl va ko‗rinishlarda yuz beradi. Madaniy taraqqiyotni
hech qanday sxema va jadvallarga solib bo‗lmaydi. Chunki sivilizatsiyalarning
paydo bo‗lishi va tanazzuli turli mintaqalarda, turli xalqlarda turlicha kechadi.
T. bashariyat tarixini o‗rganishga sivilizatsion yondashuvning asoschisi
hisoblanadi. Uning fikricha, tarix o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lgan alohida
sivilizatsiyalar tarixidan iborat. ―Tarixni bilish‖ asarida u insoniyat tarixida ―!
sivilizatsiya bo‗lganini ko‗rsatib, ularning iiqdorini 13 taga keltirdi.
Sivilizatsiyalar orasida O‗rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o‗rin ajratgan.
Asarda ko‗rsatilishicha, har bir sivilizatsiya o‗z taraqqiyotida bir necha
bosqichdan o‗tadi. Ular paydo bo‗lish, o‗sish, tanazzul va barham topish
bosqichlarini boshdan kechiradilar va o‗z o‗rinlarini yangi sivilizatsiyalarga
bo‗shatib beradilar. T. ijtimoiy taraqqiyotdagi qaytarilishlarning empirik
qonunlarini asoslashga harakat qildi. Sivilizatsiyalarni
rivojlantiruvchi kuch, T. talqinida ijodiy elita yoki ozchilikdan iborat. Bu
ozchilik tarixning chaqiriqlariga javob berar ekan, befarq ko‗pchilikni o‗z
ortidan ergashtiradi. Tarix chaqirig‗iga o‗z vaqtida va to‗g‗ri javob bera olgan
elita ko‗pchilikning olqishlariga erishadi va shu to‗lqinda u hokimiyat tepasiga
keladi. Vaqt o‗tishi b-n hokimiyat tepasidagi elita tarix chaqiriqlariga
javob bera
olmay qoladi. Endi u jamiyatni o‗z obro‗si b-n emas, kuch yordamida
boshqarishga o‗tadi. Bunday elita urushlar, tabiiy ofatlar yoki ko‗pchilikning
noroziligi nababli hokimiyat tepasidan ag‗darib tashlanadi. T., jamiyat
tarahhiyotining asosiy sabablaridan biri, deb ma‘naviy yuksalishni ko‗rsatgan
edi. Insoniyat ibtidoiy animistik dinlardan olamshumul dinlarga, ulardan esa
yagona sinkretik dinga o‗tish orhali tarahhiyotga erishadi. T. ta‘limoti moqiyat
e‘tibori b-n evropotsentrizmga harshi haratilgan edi. Rivojlangan g‗arb b-n
180
rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rtasidagi tafovut va ziddiyatni ma‘naviy
yangilanish, merkantilizm va moddiyunchilik fal.sidan voz kechish orhali qal
hilish mumkin. T.ning fal-iy harashlari 20-a. 2-yarmidagi ijtimoiy fal-iy ohimlar
rivojiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: