Sotsiologiyada geografik maktab — xalqlar va mamlakatlar
taraqqiyoti ularning geografik, tabiiy joylashuvlariga ko‗p jihatdan bog‗liq,
deb hisoblaydigan yo‗nalish. Maxanik geografik determinizm tarafdorlari
inson faoliyatini to‗liq tabiiy muhitga bog‗langan va shundan kelib chiqadi,
deb hisoblaydilar. S. g. m. tarafdorlari insonning tabiiy muhitni o‗zgartirish,
tabiatni
muhofaza
etish,
atrof-muhit
shart-sharoitlarini
yaxshilash
imkoniyatlarini tan olmaydilar. Mazkur oqim ta‘sirida 20-a. oxirlariga kelib
jahondagi eng nufuzli mamlakatlar b. davlatlarga siyosiy, iqtisodiy va
ma‘naviy tazyiq ko‗rsatuvchi ―hayotiy zarur makon‖, ―milliy manfaatlar
hududi‖ singari talablarni ilgari surdilar. Keyingi o‗n yilliklar mobaynida
mazkur oqimdan sotsiogeografiya hamda ijtimoiy ekologiya oqimlari ajralib
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |