159
axloqi
rivojlanadi.
Kontning
fikricha,
sotsial
dinamika
insoniyat
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini ochishga qaratilgandir; rivojlanish
qonunlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Kont sotsial
organizm barcha elementlarining uzviy bog‗liqligini alohida ta‘kidladi,
ma‘naviy sohaning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini
asoslashga harakat
qildi. Jamiyat taraqqiyoti ongning bir bosqichdan yangi bir bosqichga o‗tishi,
go‗yo uch bosqich qonun (teologik, metafizik, pozitiv)ning amal qilishi
sifatida ro‗y beradi. Kont ta‘limotiga ko‗ra, tartib va taraqqiyot yaxlit jamiyat
borlig‗ining turlicha namoyon bo‗lishidir. SHuning uchun ham S.ning
predmeti sotsial organizm sifatidagi yaxlit jamiyatdir. S.ning predmeti butun
ijtimoiy hodisalar majmuasini qamrab oladi, S.ning o‗zi esa barcha ijtimoiy
fanlarning yig‗indisi sifatida namoyon bo‗ladi. S.ning Angliyada rivojlanishi
Gerbert Spenser (1820-1903) nomi b-n bog‗liq. U birinchi bo‗lib
―Sotsiologiyaning asoslanishi‖ asarida S.ning predmeti, vazifalari va
muammolarini sistemali ravishda bayon etdi. S.ning vazifasi eng umumiy
evolyusiya qonunlari amal qilishini ochib beradigan tipik hodisalar sotsial
faktlar va jarayonlarni o‗rganishdir, deb hisobladi. Spenser konsepsiyasida
sotsial in-tlar alohida o‗rin tutadi. Sotsial in-tlar kishilarning birgalikdagi
hayotini tashkil etish mexanizmlari bo‗lib, o‗z tabiatiga ko‗ra, nosotsial
bo‗lgan insonni sotsial mavjudotga, birgalikda faoliyat ko‗rsatish qobiliyatiga
ega bo‗lgan mavjudotga aylantiradi. Spenserning sotsial in-tlar naz-yasi
jamiyatni sistemali tadqiq etish yo‗lidagi muhim qadam bo‗ldi. Jamiyatning
barcha in-tlari yaxlit bir butunlikni tashkil etadi, ulardan har birining aniq
ishlashi boshqasining normal va to‗g‗ri ishlashiga bog‗liqdir. Har qanday
jamiyatda asosiy in-tlarning faoliyati bir-biriga muvofiq ravishda ro‗y beradi,
aks holda ―sotsial organizm‖ inqirozga yuz tutishi mumkin. Spenserning
ta‘kidlashicha, davlat vakolatining kengayib borishi jamiyatning boshqa in-
tlarini vazifalari o‗rtasidagi teng mehnat taqsimotini izdan chiqarishi, sotsial
organizmdagi muvozanatni buzishi mumkin. Klassik S.ning shakllanishi va
rivojida buyuk fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymning asarlari alohida o‗rin
tutadi. Uning asarlarida sotsiologizm konsepsiyasi o‗zining to‗la ifodasini
topdi. Dyurkgeym ―Sotsiologiya metodi‖ (1899) asarida S.ning predmeti
sotsial faktlar ekanligini ko‗rsatdi. Uning fikricha, sotsial faktlar individlarga
bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗lib, ularga nisbatan majbur qiluvchi
kuchga ega. Dyurkgeym sotsial jarayonlarni o‗rganishning metodologik
qoidalarini ishlab chiqar ekan, ―sotsial faktlarga xuddi narsa sifatida qarash
lozim‖, degan shiorni ilgari surdi. Dyurkgeymning ta‘kidlashicha, S.ning
maqsadi ob‘ektiv kuzatiladigan sotsial faktlarni tasvirlash va tartibga
solishdan iborat emasdir. Sotsial faktlarni ob‘ektiv kuzatish orqali sababiy
aloqa va qonunlar ochiladi. Sotsial olamdagi qonunlarning mavjudligi xuddi
ana shu qonunlarni o‗rganuvchi fanning ilmiyligidan dalolat beradi. Sotsial
160
xodisalarning ob‘ektiv qonunlarini bilishga intilish S.da statistikadan
foydalanishga imkon berdi. Dyurkgeymning muhim xizmatlaridan biri uning
S.ga
―funksiya‖ tushunchasini olib kirganligidir. Dyurkgeymning
ko‗rsatishicha, mehnat taqsimotining asosiy funksiyasi ijtimoiy birdamlikni
qo‗llab-quvvatlashdir. Mehnat taqsimotini jamiyatdagi birdamlikni (mexanik
tipidan to organik tipigacha) shakllantirish mexanizmi sifatida tasvirladi.
Dyurkgeymning S. rivojidagi asosiy xizmat jamiyatning qadriyatli normativ
sistemalarini tahlil qilishi va sotsial faktlarni tadqiq etishning qat‘iy
metodlarini ishlab chiqqanligidir.
S.ning rivojlanishiga nemis sotsiologi Maks Veber, rus sotsiologi P.A.
Sorokin, amerikalik olimlar Parsons, Mertonlar salmoqli hissa qo‗shdilar
sobiq sovet jamiyatida S. mustaqil fan sifatida rivojlana olmadi. Unga
―burjua fani‖ sifatida yot ko‗z b-n qaraldi. Mustabid tuzum mafkurasining
inqirozga
yuz o‗girishi va jamiyatni demokratlashtirish, milliy
mustaqillikning qo‗lga kiritilishi b-n jamiyatni ilmiy asosda o‗rganish, uning
istiqbollarini oldindan ko‗rishga va etilgan muammolarni hal etishga imkon
beradigan S. fanini har tomonlama rivojlantirish imkoniyati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: