Ratsional (fr. rationalis – oqilona) — maqsadga muvofiq, asoslangan,
dalillangan (eng to‗g‗ri yo‗l ma‘‘nosida ham ishlatiladi).
Ratsionalizatsiya, ratsionallashtirish (lot. rationalis - aqlli, oqil) —
biron-bir
narsani
takomillashtirish,
yanada
maqsadga
muvofiq
tashkillashtirish (Masalan ishlab chiqarishni R. qilish).
Ratsionalizm (lot. ratio - aql, aql-idrok) — aqlni bilishning va kishilar
xulq-atvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy yo'nalish. Irratsionalizm va
sensualizmga qarama-qarshi turadi. XVII-XVIII asrlardagi klassik R. (R.
Dekart, B. Spinoza, N. Malbransh, G. Leybnits) o'rta asrlar sxolastikasi va
diniy aqidalarga qarshi chiqib, butun dunyoda cheksiz sabablar silsilasi
hukmron degan tabiiy tartibot g‘oyasini ilgari surgan. R.ga kura, ilmiy (ya'ni
ob'ektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va uning haqiqiyligi
mezoni - aql vositasidagina erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |