Reijtimoiylashuv — shaxsiyat o‗zgarishining bir turi bo‗lib, unda etuk
individ oddin qabul qilganidan farqlanuvchi xatti-harakat turini qabul qiladi.
Reprezentativlik (fr. vakillik) — tadqiqot qilinayotgan birlikning
xususiyatlarini aks ettiruvchi tanlov belgisi. Masalan, mamlakat o'quvchi
yoshlari o'rganilayotgan bo'lsa, uning R.ligini ta'minlash uchun tanlovda
ishtirok etuvchilar sarasiga shu guruh nisbatidan kelib chiqib, o'quvchilardan
tortib aspirantlargacha kiritish va o'rganish kerak.
Reproduktiv oila — individ nikohdan o‗tganda yoki bola ko‗rganda
vujudga keladigan oila.
Resotsiallashuv — inson hayotining har bir bosqichida bir-birini
to‗ldirib boradigan ikkita sotsiallashuv jaroyonlaridan biri. R. yangi norma,
qadriyat, rol va xulq-atvorni qabul qilish hisoblanadi.
Respondent (ingl. javob berish) — anketa savollariga javob
berayotgan, intervyu berayotgan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |