O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Seksual  ta‘qib  —  bir  individning  boshqa  individga  nisbatan,  uning 
qarshiligiga qaramay, nomaqbul jinsiy xatti-harakatlar qilishi. 
Seksual faollik — jinsiy lazzat olishga yo‗naltirilgan faollik. 
Seksuallik  —  odamzodning  jinsiy  xulq-atvori  va  jinsiy  tavsiflarini 
ifodalovchi, keng tarqalgan atama. 
Sekta — asosiy ortodoksal yo‗nalishdan chetga chiqqan diniy oqim. 
Sekulyar  (lot.  secularis  -  dunyoviy)  —  nimanidur  cherkov  va  diniy 
idoralar tasarrufidan olish, davlatni dindan ajratish, dunyoviy jamiyat qurish. 
Sekulyarizatsiya (lot. dunyoviy) — ijtimoiy, siyosiy sohalarning diniy 
ta‘siridan  xalos  bo‗lishi,  dunyoviyligi.  Cherkov  va  monastr  mulkini  tortib 
olish hamda uni davlat ixtiyoriga topshirish 
Semiotika  —  tilga  oid  (masalan,  svetofor  signallari)  bo‗lmagan 
hodisalar ma‘nosini vujudga keltiradigan usullarni o‗rganish. 
Sen-Simon  (Saint-Simon)  Klod  Anri  (1760,17.10.-1825,19.5.)  — 
fransuz  faylasufi,  sotsiolog,  utopik  sotsial  loyiha  muallifi.  Fransiyaning 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotida 
faol 
qatnashdi. 
SHimoliy 
Amerika 
mustamlakalarining  Buyuk  Britaniyaga  qarshi  milliy  ozodlik  kurashida 
ishtirok  etdi.  1789  y.gi  Fransuz  revolyusiyasining  ozodlik,  tenglik  va 
qardoshlik  shiorlarini  keng  targ‗ib  etdi.  o‗zining  dvoryanlik  va  graflik 
titullaridan  voz  kechdi.  1797  y.dan  boshlab  qizg‗in  ilmiy  faoliyat  b-n 
shug‗ullana  boshladi.  Fransiyaning  Politexnika  va  Madaniyat  maktablarida 
ma‘ruza tingladi, ilm olish maqsadida, Angliya va Germaniyada bo‗ldi. S.-S. 
hayotining  so‗nggi  yillarida  sen-simonizm  ilmiy  to‗garagini  shakllantirdi, 
unda B.P. Anfantek, S.A.Bazar, O.Rodrig singari faylasuflar ishtirok etdilar. 
O.Kent ma‘lum muddat S.-S.ning ilmiy kotibi sifatida faoliyat ko‗rsatdi. S.-
S.  o‗zidan  boy  ilmiy-fal-iy  meros  qoldirdi.  Muhim  asarlari:  ―Jenevalik 
kishining  zamondoshlariga  maktubi‖  (1802),  ―Inson  to‗g‗risidagi  fan 
ocherki‖  (1813-16),  ―Sanoat  sistemasi  to‗g‗risida‖  (1821),  ―Sanoatchilar 
katexizisi‖  (1823-24),  ―YAngi  xristianlik‖  (1825).  Fransiya  revolyusiya 
orqali o‗z maqsadiga erisha olmaganligini  ko‗rgan  S.-S. qashshoqlik tufayli 
kelib  chiqqan  va  ijtimoiy  mulkni  mulksizlar  o‗rtasida  teng  taqsimlashga 
intilgan  revolyusiyalar  jamiyatni  parokandalik  va  boshboshdoqlikka  olib 
keladi,  degan xulosaga  keldi.  S.-S.  kelgusida  bunday  parokandaliklarga  yo‗l 
qo‗ymaslik uchun ilmiy ijtimoiy tizim yaratishni va uni hayotga tatbiq etishni 


 
154 
o‗z  oldiga  maqsad  qilib  qo‗ydi.  Bu  maqsadga  erishish  yo‗li  S.-S.ning 
fikricha,  ko‗pchilik  uchun  foydali,  qashshoq  sinf  ahvolini  yaxshilaydigan 
jamiyatga ega bo‗lishdir. Bu maqsad S.-S.ni tarixiy rivojlanish muammolari 
b-n  shug‗ullanishga  majbur  etdi.  U  fransuz  mutafakkirlari  izidan  borib, 
―sotsial  fizika‖  qonunlarini,  ayniqsa,  I.Nyutonning  butun  jahon  tortish 
qonunini  ijtimoiy  hodisalar  mohiyatini  tushunishga  ham  tatbiq  etish  lozim, 
degan  xulosaga  keldi.  Tabiat  va  jamiyat  rivojlanishining  qonuniy  va 
ob‘ektivligi g‗oyasi va insoniyat rivojlanishining progressivligi g‗oyasi S.-S. 
fal-iy  qarashlarining  tub  mohiyatini  tashkil  etadi.  S.-S.  fikricha, 
taraqqiyotning  bosh  mezoni  ilmiy  bilimlar,  axloq,  dinning  rivojlanishidir. 
Uning yana bir ko‗rsatkichi jamiyat a‘zolari ko‗pchilik qismining farovonligi 
va  baxtidir.  Tarix  ijtimoiy  shakllarning  quyi  bosqichdan  oliy  bosqichga 
tomon  rivojlanishida:  teologik;  metafizik;  pozitiv  bosqichlardan  o‗tdi. 
Kelgusidagi  jamiyat  o‗zida  sanoat  sistemasini  mujassamlashtirgan  ijtimoiy 
idealdir. Sanoat sistemasiga o‗tish universal tarixiy qonuniyat. S.-S. fikricha, 
sanoat sistemasining bosh prinsipi — ―har qanday parazitizmni bartaraf etish 
va jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini har tomonlama rivojlantirishdir. 
Bu  esa  jamiyat  boyligining  ko‗payishiga,  ishlab  chiqarish  sistemasida  band 
bo‗lgan barcha  kishilar  (er  egalari,  fabrika  egalari,  injener,  ishchi, savdogar 
va  h.o.)ning  manfaatlari  uchun  xizmat  qiladi.  S.-S.  o‗zining  ―sanoat 
sistemasi‖ni ―yangi xristianlik‖ konsepsiyasi b-n to‗ldirdi. Oddiy xalq ijobiy 
fal.  mohiyatini  tushuna  olmaydi,  shuning  uchun  ham  ijobiy  (pozitiv)  fal.ga 
diniy  his-tuyg‗u  kuchini  berish  lozim,  deb  hisobladi.  S.-S.ning  tarixiy-fal-iy 
qarashlari  tarixiy  rivojlanishning  ma‘nosi  va  uning  harakatlantiruvchi 
kuchlarini  tushunishda  olg‗a  tomon  tashlangan  muhim  qadam  bo‗ldi.  S.-S. 
fransuz  ensiklopedistlari  b-n  birga  birinchi  bo‗lib  ―garjdanlik  jamiyati‖  va 
―davlat‖  tushunchalarini  bir-biridan  farqladi,  nazariy  jihatdan  tahlil  qildi; 
―industrlashtirish‖,  ―industrial  jamiyat‖  atamalarini  ilmiy  muomalaga  olib 
kirdi.  U  birinchi  bo‗lib  jamiyat  rivojlanishida  tashkilot  va  boshqarishning 
ahamiyatiga e‘tiborni jalb etdi. S.-S.ning ijtimoiy fal-iy g‗oyalari sotsiologik 
tafakkur rivojiga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish