Qayta tarbiyalash uchun harakat — o‗z oldiga hozirgi holatga
nisbatan yaxshiroq deb hisoblanuvchi o‗tmishga qaytishni maqsad qilib
qo‗ygan ijtimoiy harakat.
Qiyosiy tahlil — 1) tarixiy rivojlanishning turli davrlarida; 2) turli
ijtimoiy tizimlar (institutlar, guruhlar, hududlar va h.k.) da; 3) turli mualliflar
va tadqiqotchi jamoalarda; 4) turi o‗lchovlarda va to‗plash usullarida olingan
axborot qiyoslanadi. Qiyosiy tahlilda o‗xshashlik va farqni aniqlash va
tavsiflash yoki analitik, ya‘ni tushuntirish, bashorat, tavsiyalar ishlab chiqish
vazifalarini hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |